0 ‘rta asr muzeyi (Parij)
0 ‘rta asr muzeyi (fr. musee du Moyen Age - thermes et hotel de
Cluny), uning to‘liq nomi (Urta asr muzeyi- Klyuni termi va qasri) -
binoning qisqa tarixini o‘z ichiga oladi: XII asrda Rim termi o ‘miga
Klyuni ordeni monastiri quriladi, XV asr oxirida abbat Jak Ambuazkiy
monastir yonida qasr quradi. Fransiya inqilobi davrida monastir milli-
ylashtiriladi, 1832-yilda bu yerda shaxsiy muzey joy oladi va 1843-yil-
da davlat tomonidan sotib olinadi.
Muzey binosining o‘zi oxirgi eksponat emas, muzeyda XII-XIII
asrga tegishli yog‘och va toshdan yasalgan haykallar, gobelenlar, vit-
rajlar, miniatyuralar, fil suyagidan yasalgan buyumlar, Bibi Maryam
sobori haykallari va b. mavjud bo‘lgan.
Fransuz inqilobi davrida Bibi Maryam sobori diniy bino funksi-
yasini bajarishni to‘xtatadi. Shu bilan birga, Yakobin Konventi “yer
yuzidan barcha qirollik emblemalarini o ‘chirishni” buyuradi. Robes-
peraning alohida qarorida sobor fasadidan toshdan yasalgan qirollami
boshini olib tashlashni buyuradi.
1978-yilda tashqi savdo Fransiya banki yerto‘lasining ta’mirlash
vaqtida Iuda qirolining boshi topiladi. Shu vaqtda boshidan o‘rganiladi
va ta’mirlanadi. XIX asrda buzilgan haykallar nusxasi bilan sobomi
bezatishgan. Topilgan original buyumlar Klyuni muzeyida namoyish
etilgan57.
Gime Sharq san’ati muzeyi
Lion sanoatchisi Emil Gime (1836-1918) Misr, Osiyo xalqlari dini-
ga, shuningdek, antik davr dinlariga ham bag‘ishlangan muzey yara-
tishni o ‘ylaydi. B o‘lajak muzey uchun E.Gime tomonidan yig‘ilgan
kolleksiya asos bo‘ladi. Ya’ni uning Yunoniston, Misr, Yaponiya, Xitoy
va Hindistonga qilgan sayohati davrida yig‘ilgan. Bu kolleksiyalar bi
rinchi bo‘lib, 1879-yilda Lionda, 1889-yilda esa Parijda namoyish etil
gan.
Gime hayotligida muzey osiyocha tizimlashtirilgan. Antik davr dini
ikkinchi daraja bo‘lib, uning xonasini Shari Vara koreys kolleksiyasiga
berishadi, ikonografik zallari 1912-yilda Jak Bako tibet kolleksiyasi os-
tida ozod bo‘ladi.
1882-yilda Parijda Indokitay muzeyi Trokaderoda ochiladi, Kam-
badju va Siamda Lui Delaparta ekspeditsiyasi kolleksiyasini bir-
lashtiriladi. 1927-yilda Indokitay muzeyi Gime muzey kolleksiyasiga
kiritiladi.
1920 — 1930-yillarda muzeyni Afg‘onstondagi Fransiya arxeologi-
ya vakilligi boy hadyalar bilan to ‘ldiradi.
XIX
asr oxirida Luvr departamenti Xitoy va Yaponiya bo‘limlari
uchun san’at buyumlarini ajratadi, keyinchalik mustaqil departament-
ga aylanadi. Departament 1945-yilgacha bo‘lgan - fransuz muzeylari
umumtashkilotlarining kolleksiyalari Gime muzeyiga Misr kolleksi
yasi evaziga beriladi. Ushbu almashuv Parij muzeyini jahondagi Osiyo
muzeylari ichida eng yirik va boy muzeyga aylantiradi.
Doimiy kolleksiyalari: muzeyda bir necha Sharq san’ati buyumlar
kolleksiyasi o ‘rin olgan: Afg‘oniston va Pokiston san’ati, Ximolay
san’ati, Janubiy - Sharqiy Osiyo san’ati, Markaziy Osiyo san’ati, Xitoy
san’ati, Koreya san’ati, Hindiston san’ati, Yaponiya san’ati.
Afg‘oniston va Pokiston san’ati. 1900-yillar Luvrda Peshavara
(Pokiston) tumanidan olib chiqilgan yuzlab obyektlar namoyish etil
gan, ya’ni Alfred Fushening Indo-Afg‘oniston ekspeditsiyasi orqali
o ‘rganilgan. Shu bilan birga, Gandxar san’atining yorqin namunasi -
Bodxisatvaning mashhur haykali Gime muzeyiga tegishli. Bagrama
xazinasi Gime muzeyida ham saqlanadi.
Markaziy Osiyo san’ati. Markaziy Osiyo quruq iqlimi manuskript-
lar va shu hududning budda madaniyati suratlarini saqlab qolgan. Fran
suz arxeologi Dyutrey de Ran (fr. Dutreuil de Rhins), Pol Pellio i Jozef
Akan - Ipak Yo‘li shaharlarida, o ‘z davming qadimiy madaniy marka-
zlarida ko‘plab qazilma ishlarini olib borishgan.
Muzeyda Kuchi monastrining loydan yasalgan haykallari qo‘yilgan.
Mogao g ‘oridan 200 mingdan ortiq manuskriptlar va ko‘plab boshqa
asarlar topilgan, ushbu topilmalar Markaziy Osiyo budda san’ati
bo‘yicha ko‘plab m a’lumotlar beradi.
Xitoy san’ati. Gime muzeyida Xitoy san’atining 20000 dan ortiq
buyumlari saqlanadi. Neolit, bronza davri Shan va Chjou sulolari-
ning nefrit va kulolchilik buyumlari, haykalchalar, bronzadan yasal
gan ko‘zgular va taqinchoqlar, tangalar va lakli bezalgan qutichalar
- Gime muzeyi eksponatlari ichida Xitoy san’atining 7 ming yillik
san’atini ko‘rish mumkin: uning yaralishidan to XVIII asrgacha.
10 mingdan ortiq buyumlar Xitoy keramika kolleksiyasiga tegishli-
dir. Xitoy mashhur farfor va fayans ishlab chiqarish buyumlari namo
yish etilgan. Muzey kolleksiyasiga qarab, keramika ishlab chiqarish
texnikasi rivojini kuzatish mumkin, har bir davming o ‘z did-qarash-
lari bo‘lgan. Shuningdek, muzeyda Tan sulolasidan Sin sulolasigacha
bo‘lgan qimmat daraxtdan bo‘lgan buyumlar, minglab kartinalar va il-
lustratsiyalar o ‘rin olgan58.
Do'stlaringiz bilan baham: |