asrlarda Kapri orolining shifobaxsh iqlimi Yevropa amaldorlari orasida
mashhur bo‘lgan. Kapri oroli bilan bo‘lgan birinchi tanishuvdan so‘ng,
Munte dilida shu yerlarda o ‘zining shaxsiy uyini qurish orzusi tug‘iladi.
0 ‘z davrida Munte ajoyib inson edi. 0 ‘zining bemorlarini
noan’anaviy uslubda davolagan Munte,
amaldor shaxslar orasida
ma’lum va mashhur edi. Masalan, uning q o iid a shved qirolichasi
davolangan, shu bilan birga, Munte kambag‘allami bepul davolagan.
Neapolda xolera kassalligi aniqlanganda, Munte o ‘zining majburi-
yatini unutmasdan, birinchilardan bo‘lib yordamga oshiqqan.
Aynan
o'sha yerda uning adabiyotga b o ‘lgan iste’dodi ochildi. Munte ma-
halliy shved ro‘znomasiga maqolalar yozishni boshlaydi. Lekin unga
haqiqiy mashhurlikni, Aksel hayoti davomida villa qurilishi bilan
bog‘liq xotiralami aniq yozib o ‘tgan “San Mikele haqida Afsona”
nomli kitob-avtobiografiyasi keltirdi. Ana shu kitob tufayli Aksel
Munte ismi shved mualliflari ichida eng kitobxoni ko‘p uchlik ichiga
kiradi.
San Mikele villasi eng baland tepalikda joylashgan. Aksel Munte-
ni ziyorat qiluvchilar tog‘ yo‘lining eng qiya yo‘li
bilan muzeyga
ekskursiyaga borishadi. Lekin ana shu Kapri orolining panoramali
ko‘rinishi, villa galereyasidan Vezuviyga va dengiz oqimiga ochi-
ladigan k o ‘rinish dunyodagi eng go‘zal manzaralardan hisoblanadi.
Munte shaxsiy uy qurilishi uchun sotib olingan yer joyida qachon-
lardir imperator qasri bo‘lgan. Shuning uchun quruvchilar guruhi bir
necha bora turli xildagi buyumlami topib olishgan. Keyinchalik ular
Aksel Muntening San Mikele villasi kolleksiyalarining bir burcha-
gidan joy olgan. Tepalikda topilgan
eksponatlardan tashqari, minnat-
dorchilik sifatida bemorlar sovg‘a qilgan buyumlar, auksionda yoki
xususiy kolleksionerlardan sotib olingan va antik davr ajoyib buyum
lari Munte to ‘plamiga kiritilgan edi. Kolleksiya Munte chel el safar-
lai idan keltirilgan buyumlar bilan tez to‘lg‘izilar edi. Hozirgi vaqtda
Aksel Munte uy muzeyi turli davrlarga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar,
antik davrdan boshlanib to XX asr san’ati to ‘plamini namoyish etadi.
Freskalar va arxitektura elementlari ko‘rinishidagi
klassik asr
madaniyati (rim, misr, etrusk) juda boy tarzda ochib berilgan. Keng
ko‘lamdagi kolleksiyalar autentik interyer bilan faxrlansa bo‘ladi, ay-
niqsa, pushti marmardan ishlangan Misr sfinksi haykali San Mikele
villasining g ‘ururi hisoblanadi.
Haykal tashrif buyuruvchilarga teskari devorga yuz qilib
o ‘matilgan, shuning uchun sayyohlar uzoq dengizlar ortiga boqib tur-
gan sfinksning sirli yuzini ko‘ra olishmaydi.
Keyinchalik Aksel Munte tomonidan butun tepalik sotib olingan,
bunday ishga qo‘l urgani esa bu insonning go‘zal xarakterini ko‘rsatib
beradi. Tepalikda har yili to‘rg ‘ay ovchilari yig‘ilishar, qushlarni ov-
lab, tamaddixona va restoranlarga, eng mazali ovqat tayyorlash uchun
sotishar edi. Munte bir necha bora ovchilami to‘xtatmoqchi b o ig an ,
lekin uddalay olmagan. Faqatgina butun
tepalikni sotib olgan holda
bunga erishadi. Hozirgi vaqtda tepalikdagi restavratsiya qilingan qa
dimiy qasrda omitologlar markazi joylashgan.
San Mikele villasining qurilishi Aksel Munte 90 yoshligida tuga-
tilgan. 0 ‘sha paytda doktor Muntening ko‘zlari xiralashib qolgan edi.
Umrining oxirgi yillarini Gustav V ning shaxsiy mehmoni sifatida qi-
rollik rezedensiyasida o ‘tkazdi. Butun umr mehnatini — San Mikele
villasini shved hokimiyatiga topshirdi, shuning uchun shvedlar Kapri
orolida o ‘zining shaxsiy burchagiga — Aksel Munte uy muzeyiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: