O zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/75
Sana08.07.2022
Hajmi3,68 Mb.
#757456
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
Bog'liq
muzejshunoslik

Florensiya. Uffitsi galereyasi
Uffitsi galereyasi — Italiyaning nafaqat 1560-yilda asos solingan 
eng qadimiy muzeyi hisoblanadi, shuningdek, XIII asming Italiya mil- 
liy maktabining boshlanishidan to asrlardagi Italiya rassomchiligi uzoq 
va yirik ko‘tarilishlardan so‘ng, yiqilishlarga ko‘nika boshlagan payti
— XVIII asr asarlarigacha, dunyodagi italiya rassomchiligining yirik 
jamlanmasi hamdir. Uffitsida saqlanayotgan Italiya Uyg‘onish davrin- 
ing jamlanmasi o ‘zining to ‘la mukammalligi bilan beqiyos hisobla­
nadi. Djotto, Fro Beato Andjeliko, Bottichelli, Rafael, Leonardo da 
Vinchi, Filippo Lippi, Mantenya, Pero della Francheska, Karavadjo,


Titsian - barcha Apennada yorqin nur sochgan, rassomchilikning yirik 
titanlari mana shu ajoyib muzeyda shedevrlar qatorida taqdim etilgan. 
Bu muzeyda butun boshli Italiya san’ati tarixini o ‘rganish mumkin.
1560-yil 23-martda hozirda Uffitsi galereyasi - Italiya tilidan 
tarjima qilinganda “kanselyariya” yoki oddiygina “xizmat” degan 
ma’noni bildiradi, - joylashgan bino, magistrlar binosining qurilishi 
boshlandi. Franchesko Medichi 1581-yil bu binoni muzeyga aylan- 
tiradi. Muzey sifatida ommaviy e ’tibomi Uffitssi galereyasi XVIII 
asrda erishdi. Rassom va arxitektor-D jordjo Vazari qo‘l ostida mag­
istrlar binosi-ning loyihasi ishlab chiqilgan.
Medichi avlodi (bir necha yuz yildan bari taxtni boshqarib kela- 
yotgan) o ‘zining ilk kolleksiyasi bilan mashhur Florensiya muzeyiga 
boshlang‘ich qadamni qo‘yib bergan. Uffitssi galereyasi U yg‘onish 
davrining ko‘pgina ko‘rinarli shedevrlarini saqlab kelmoqda. Lekin 
ko‘pgina vaqtdan beri va hozirgacha Sandro Bottichelli (1445-1510) 
ning asarlari muzeyning tashrif qog‘ozi bo‘lib kelmoqda. Uni omad- 
siz zargar va “Xudodan berilgan” rassom va san’atshunos sifatida bil- 
ishadi. Eng asosiysi, Renessans muzeyi, U yg‘onish davri an’analari 
va gotika uslubida ishlagan ustalaming asarlarini omma e ’tiboriga 
havola etadi.
Ko‘pgina kartinalar buyuk Bottichelli qalamiga mansub, bizning 
davrimizgacha yetib kelganlari, injildagi his-tuyg‘ulami aks ettirgan 
bo‘lib (injildagi sahnalami aks ettirgan), ustaga Kvatrochento kabi 
unutilmas, go‘zal qilib tasvirlagan antik avliyolar obrazi mashhurlik 
keltirdi. Hattoki, Bottichellining, bizning davrimizgacha yetib kel­
gan, ko‘pgina kartinalarida injil sahnalari va qahramonlari aks ettiril- 
gan bo‘lsa-da, buyuk rassomni Rimning antik avliyolari tasvirlangan 
Kvatrochento mashhur qildi.
Sandro Bottichelli mashhur rassom b o ‘lgan va ko‘pgina beqiyos 
kartinalar yaratgan. U Buyuk Lorensoning q o ‘l ostidagi rassomlari- 
dan biri edi. Uni Sikstin IV kapellaning ichki devorlarini freskalar 
bilan bezash uchun Rimga taklif etgan. Keyinroq rassom Savo narola 
boshchiligidagi Papa va Medichiga qarshi bo‘ lganlar safiga qo‘ shiladi.


U avliyo ota bo‘lgan va Florensiyani shahar uslubidagi monastir qil­
ish orzusida edi. 0 ‘sha vaqtda Bottichelli ham antik davr xudolariga 
va qahramonlariga bag‘ishlangan kartinalarining ko‘p qismini y o ‘q 
qilib yuborgan. Ana shu kartinalar va san’at asarlari, kitoblar, kiyim- 
lar, zebu ziynatlar Sinori maydonida yoqilgan gulhanda yonib ketgan. 
Hozirgi vaqtda dunyo Bottichellini Uffitssi kolleksiyalari qatorida 
saqlanayotgan “Veneraning yaralishi”, “Bahor” asarlarining muallifi 
sifatida tanishadi.
Ana shu katta mifologik asarlar sikli ustida rassom, 1482-yil 
Rimdan qaytganidan so‘ng ishlay boshladi. Shu asarlarda kontuming 
aniqliligi, ranglaming go‘zal berilgani va gotika haykallarining odatiy 
gratsiyasi yuzaga chiqdi, eng sirli va baxslashuvga sabab b o ig an asar 
“Bahor” bo‘ldi.
Uffitssi galereyasi - Italiyadagi kabi, dunyoda ham eng qadimiy 
muzey hisoblanadi. U qadimiy Florensiya shahrining qoq marka- 
zida joylashgan. Bu shahar Renessansning, shuningdek, uning eng 
a ’lo asarlarining vatani bo‘lib qoldi. Shahami ko‘p yillar davomida 
boshqargan Medichi avlodining kolleksiyalari mashhur muzeyning 
yuragi hisoblanadi. Muzey yaratilish davrida XVI asming ikkinchi 
yarmida u eng boy va eng zo‘r kolleksiya bo‘lgan. Bottichelli, Djot- 
to, Leo-nardo da Vinchi, Mikelandjelo, Rafael, Karavadjo, Titsian... 
Aynan shu muzey da Mikelandjeloning Sikstin kapellasidan keyingi 
yagona yirik asari, avliyolar oilasi tasvirlangan mashhur tondosi 
saqlanadi.
Mana shu rassomlaming nomlari, ko‘p sonli go‘zallikni qadrlov- 
chilar yuraklarining go‘zallik oldida to ‘xtab qolishga majbur qiladi. 
Bu, albatta, antik davr san’ati, shuningdek, fransuz, olmon, flamand 
rassomlarining eng zo‘r asarlari qatoridagi eng zo‘r rassomlar, eng 
zo‘r asarlar.
Uffitsida ko‘pgina ajoyib va qimmatbaho kolleksiyalar hamda 
eksponatlar mavjud. Bu yerda mashhur rassomlaming g ‘aroyib avto- 
portretlari kolleksiyasi bor. Albatta, mashhur yoki kam mashhur mo- 
hir qalam ustalarining avtoportretlari har qanday muzeyda mavjud.


Lekin bu kolleksiya yillar davomida bir maqsadda to'plangan. Kolek- 
siya, bir so‘z bilan aytganda, “ijodiy yaratuvchilik” namoyandalari- 
ning “hurmat taxtachasi” hisoblanadi.
Bu qadimiy va zamonaviy mohir rassomlar portretlarining qadrli 
kolleksiyasiga, mashhur Medichi oilasining oxirgi vakili kardinal 
Leopoldo Medichi XVII asrda asos solgan. Kardinal nafaqat san’atni 
qadrlovchi bo‘lgan, balki o ‘z davrida ilm bilan ham shug‘illangan.
Avtoportretlar kolleksiyalarini to ‘play boshlaganda, Avliyo Luka 
Rim Akademiyasidan ana shu janrdagi ko‘pgina asarlar kolleksiya- 
sini sotib olgan (Evangel Lukani san’atni qadrlovchi va saqlovchi si­
fatida qadrlashgan, hattoki unga Bibi Maryamning birinchi tasvirini 
olib kelib berishgan). U qadimiy rassomlaming avtoportretlarini so­
tib olayotganda, zamonaviy rassomlami ham unutmagan. Mashhur 
/am ondosh rassomlaming avtoportretlari ham uning kolleksiyasini 
to‘ldirgan. Keyingi avlod ham galereya to‘g ‘risida qayg‘urishgan. 
XVIII asrda gersog Petro-Leopold kolleksiya uchun Abbat Patsiin- 
ing kartinalar to‘plamini sotib oldi. Shunga qaramay, rassomlaming 
o‘zlari kartinalar manbasi b o iib qoldilar. B a’zan ulaming o ‘zlari 
avtoportretlarini jo ‘natar edilar, odatda, galereya egalari buyurtma 
qilishar edi. Bunday buyurtma olish juda obro‘li edi, chunki m uallif 
tarixning bir qismiga aylanar edi. 
>i
Asarlari ana shu mashhur to ‘plamda mavjud bo‘lgan, .rassomlar 
ro‘yxati bir nechta sahifalarga uzayib ketgan. Dyurer, Rembrand, Ru­
bens, Velaskes kabi dohiylar tug‘ilgan ismlar oldida, XVLII asming 
san’ati kabi Bushe singari nom a’lum ismlar k o ‘p. Lekin mis ismlari 
alohida e ’tibomi tortadi: Ayvazovskiy, Kiprenskiy, Kustodiyev, Iva­
nov va boshqalar.
1819-yil Florensiya rassomchilik Akademiyasidan birinchi bora 
rus rassomiga Uffitsi galereyasi uchun avtoportretga buyurtma tushdi. 
Bu rassom Orest Kiprenskiy edi. Yana 12 yildan so‘ng bunday sharaf 
Karl Bryullovga berilgan. Lekin u nima uchundir ishiga sovuqqon- 
lik bilan qaradi va ishini tugallamadi. Hozirda ana shu portret Pe-


terburgdagi muzeyda saqlanadi. 1874-yil kolleksiya o ‘z davrining 
mashhur rassomi b o ‘lgan Ivan K onstatinovich Ayvazovskiy avto- 
portreti bilan to ‘ldirildi.

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish