O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Qayumov  A.,  I s ’hoqov  М.,  O taxojayev  A.,  Sodiqov  Q



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A



Qayumov  A.,  I s ’hoqov  М.,  O taxojayev  A.,  Sodiqov  Q.  Qadimgi  yozma  yod­

gorliklar.  Toshkent,  2000,  135—139-betlar.

39


giga  sabab  bo‘ldi.  Oqibatda,  Kashmir  va  Tibet  o‘lkalaridan  o ‘z 

vataniga  qaytgach,  Eron  shohi  Bahrom   I  ning  farmoni  bilan 

zindonga  tashlandi  va  277-yilda  og‘ir  qiynoqlardan  so‘ng  qatl 

etildi.  Uning  boshi  G undishopur  shahri  maydoniga  ilib  qo‘yildi. 

Moniyning  izdoshlari  ham  turli  qiynoqlarga  mahkum  qilindi. 

Hatto  Rim  imperatori  Diokletian  296-yilda  moniylikni  taqiqlovchi 

maxsus  farmon  e’lon  qildi.

Eramizning  V—VI  asrlarida  Yaqin  va  Olrta  Sharq  mamlakat- 

larida  keng  tarqalgan  Mazdakiylik  diniy-falsafiy  ta ’limotida  ham 

inson  to ‘g‘risidagi  fikr-m ulohazalar  bisyor  edi.  Mazdakiylik 

ta ’limotidagi  inson  to ‘g‘risidagi  qarashlar  moniychilik  ta’siri  ostida 

shakllandi.  Ushbu  ta ’limotning  asoschisi  Mazdak  ibn  Hamadon 

(470—529)  edi.  Zardusht  ta ’limotining  asosida  yakkaxudolik  yo- 

tgan  bo‘lsa,  Mazdak  ta ’limoti  ko‘pxudolikka  asoslangan  edi.

Mazdak  qarashlariga  binoan,  butun  borliq  suv,  olov,  havo, 

tuproqdan  tashkil  topgan.  Xuddi  shu  unsurlaming  qo‘shilib  turishi 

olamda  salbiy  hodisalar,  voqelarni  vujudga  keltiradi.  Bu  hodisa- 

lar,  voqealar,  o ‘z  navbatida,  yaxshilik  va  yomonlik,  ular  orasidagi 

to'qnashuvning  sodir  bo‘lishiga  olib  keladi.  Kurash  asta-sekin 

yomonlik  ustidan  yaxshilik  g‘alabasini  ta ’minlaydi.

Mazdak  ta ’limotiga  muvofiq,  olam da  bo‘layotgan  o ‘zgarishlar 

ongli  va  m a’lum  bir  maqsadga  qaratilgan  bo‘lmog‘i  lozim.  Ay­

niqsa,  insonning  ongli  faoliyati  ezgulikka  baxshida  etilsa,  ezgu- 

lik,  albatta,  yovuzlik  ustidan  g‘alaba  qiladi.  Mazdak  qarashlarida 

jamiyatdagi  ijtimoiy  tengsizlikni  bartaraf  etish  g‘oyasi  markaziy 

o ‘rinlardan  birini  egallar  edi.  Uning  flkricha,  jamiyatda  barcha 

odam lar  teng  bo‘lishi,  ular  orasida  sodir  bo ‘ladigan  turli  mu- 

nosabatlar  ijtimoiy  adolat  tamoyillariga  asoslanishi  darkor.  U 

mulkning  ayrim  kishilar  qo'lida  to ‘planib  borishiga,  oddiy, 

qashshoq  kishilarga  hukmdorlarning  zulm  o'tkazishlariga  qarshi 

chiqdi.  Birinchi  bo‘lib,  xotin-qizlar  va  erkaklar  tengligini  himoya 

qilib,  o ‘sha  zamon  ayollariga  bo‘lgan  munosabatlarni  qattiq 

qoraladi.  Xotin-qizlarning  aqliy  imkoniyatlari  erkaklarnikidan  kam 

emasligi  haqidagi  g‘oyani  olg‘a  surdi  va  uni  asoslab  berdi.  0 ‘sha 

zam on  amaldorlari-yu  boyvachchalarining  xotin-qizlarga  nisba- 

tan  amalga  oshirgan  qabih  ishlarini,  ularning  insoniy  haq-hu- 

quqlarini  oyoq  osti  qilayotganliklarini  fosh  etdi.  Xotin-qizlar 

maxsus  saroylarda,  xaramxonalarda  saqlanayotganligini  qattiq 

qoraladi  va  unga  qarshi  kurashga  d a’v^t  etdi.  Xuddi  shuning

40



uchun  ham  Mazdak  qarashlari  keng  mehnatkashlar  ommasi 

orasida  tez  yoyildi.

Eron  va  Turon  xalqlarining  islomga  qadar  b o ‘lgan  inson 

to ‘g‘risidagi  falsafiy  qarashlarini  qadimgi  Sug‘d  yozma  yodgor- 

liklaridan  ham  bilib  olish  m um kin1.  Ana  shunday  madaniy  yod- 

gorliklardan  biri  «Qilmishlarimizning  sabablari  va  oqibatlari»  sutra- 

sidir2.  Buddizm  ta ’limoti  ta ’sirida  vujudga  kelgan  ushbu  asarning 

yetakchi  g‘oyasi  odamlarni  yaxshilik,  ezgulik  tom on  boshqarish, 

ularni  m a’naviy  yetuk,  im on-e’tiqodli  qilib  tarbiyalashdan  ibo- 

ratdir.  Sug‘d  sutrasida,  y a’ni  diniy-axloqiy  pandnom asida 

ta’kidlanishicha  inson  ma’naviyatining  asosida  din-u  e’tiqodga  sado- 

qat  yotmog‘i  darkor.  D in-u  e’tiqodga  sadoqat  inson  hayotining 

m a’nosini  tashkil  etmog‘i  lozim.  Rahm -shafqat,  saxovatpesha- 

lik,  jaholatni  yaxshilik  bilan  yengish,  muslih  tabiatli  bo‘lishga 

chorlash,  tirik  jonzotlarga  ozor  yetkazmaslik,  miskin,  beva- 

bechoralarga  sidqidildan  yordam  berish,  din  va  dindorlaiga,  bilimli 

ziyolilarga  izzat-ikrom,  dinning  turli  belgilari,  ramzlari,  mu- 

qaddas  qadamjolariga,  ibodatgohlariga  va  ularning  turli  qismla- 

riga  hurmat,  muqaddas  kitoblarga  yuksak  ixlos  va  e’tiqod  va 

boshqa  ko‘plab  insoniy  xislatlarni  shakllantirish  sutraning  asosiy 

mazmunini  tashkil  etadi.

«Qilmishlarimizning  sabablari  va  oqibatlari»da  inson  taqdiri- 

ning  turli  ko'rinishlari:  «Birov  shodu-xandon,  birov  xonavay- 

ron,  yana  birov  past,  birovi  baland,  birov  qul,  birov  farmon 

etuvchi  butkul,  yana  birov  tuzalm as  dardm and,  boshqasi 

sog‘lom,  sarbaland,  birov  ulkan,  lekin  hukm -u  buyruqlarni 

bajaruvchi  m ute,  birov  kichkina,  lekin  u  hukm ron,  uning


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish