O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Toshkent,  1994,  61—77-betlar)



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

Toshkent,  1994,  61—77-betlar).

255


V.AJukovskiy  tomonidan  Sankt-Peterburgda  nashr  ettirilgan), 

«Ruqaot»  («Maktublar»)  kabi  asarlarida  bayon  etilgan.  Uning 

diniy-falsafiy  qarashlarida  Muhyiddin  Arabiy  asos  solgan  «vah­

dati  vujud»  nazariyasining  ta’siri  katta  edi.  «Fiqarot  Ahroriya» 

risolasida  ta ’kidlanishicha,  inson  barkamol  bo‘lishi  uchun,  av­

valo,  Xudoni  tanish,  uning  fazilatlari,  xislatlarini  bilish  uchun 

esa  zavq,  jazba  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Jazba  natijasida  vu­

judga  kelgan  muhabbat  tufayli  Xudo  tanib  olinadi.  Bunday  tani- 

shuvdan  ko‘ngil  taskin  topadi.  Uning  qayd  etishicha,  bunday 

sof  ko‘ngil  o‘zidan  hamisha  nur  tarqatib  turadi.  0 ‘sha  nur 

inson  qalbini  doimo  nurafshon  qilib,  tanasiga  tiriklik  ato  qiladi. 

Inson  o ‘sha  nurdan  uzilishi  bilan  uning  tirikligidan  hech  qan­

day  asar  qolmaydi.

Xoja  Ahror  Valiy  naqshbandiya  ta’limotida  olg‘a  surilgan,  har 

bir  kishi  foydali  yumush  bilan  shug‘ullanishi  lozimligi  haqidagi 

g‘oyani  yanada  boyitdi.  Fuqarolar  o‘zlarining  ijtimoiy  foydali 

mehnatlari  bilan  o‘zgalar  ko‘nglini  shod  etishlari  darkor,  deb 

hisobladi.  0 ‘zgalar  ko‘nglini  shod  qilmoq  chinakam  musul- 

monchilik  belgilaridan  biri  deb  tushuntirdi.  Odamlarning  turli 

yumushlarini  oson  qilish,  ijtimoiy  jihatdan  kishilar  uchun  foy­

dali  bo'lish,  ularga  rohat  va  xursandchilik  ato  etish  kabi  fazi- 

latlarni  inson  axloqining  ko‘rki,  deb  bildi.

Xoja  Ahror  Valiy  naqshbandiya  ta’limotini  jamiyat  hayotiga, 

xalqning  turmush  tarziga  joriy  etishga  harakat  qildi.  Kishilarni 

uzluksiz  ijtimoiy  faollik  ko'rsatishga  chorladi.  Fuqarolar  orasida 

katta  obro‘-e’tiborga  sazovor  bo'lgan  tasavvuf  arboblariga  turli 

maktublar  yozib,  ularni  jamiyatni  boshqarish  ishlarida  faol  ish­

tirok  etishlarini  iltimos  qildi.  Ulardan  maslahatlar  so‘radi.  Bun­

day  xayrli  ishlar  pirovardida  tasavvuf  namoyandalarining  davlat­

ni,  jamiyatni  boshqarish  ishlariga  faol  aralashuviga,  davlat 

boshliqlari  amalga  oshirayotgan  siyosatga  to ‘g‘ridan-to‘g‘ri  ta’sir 

o‘tkazilishiga  olib  keldi.  0 ‘sha  jarayonlarga  yo‘lboshchilik  qilgan 

Xoja  Ahrorning  o ‘zi  yirik  siyosiy  arbob  darajasiga  ko‘tarildi.

Xoja  Ahror  falsafasida  markaziy  o‘rinni  fuqaro  manfaatini 

himoya  qilish,  odamlarning  og‘irini  yengil  qilish  yotadi.  Odam- 

larni  zolimlar  zulmidan,  turli  noinsofliklardan  himoya  qilishga 

urinadi.  Musulmonlar  manfaatini  himoya  qilish  maqsadida  shohlar, 

hukmdorlar  bilan  uzluksiz  muloqotda  bo‘ladi.  Musulmon  bo‘lmoq



256


deganda,  fuqaro  manfaati  uchun  yashashni  tushunadi  va  o'zining 

butun  umri,  ongli  faoliyatini  fuqaro  manfaatini  himoya  qilishga 

qaratadiJ.  Fuqarolar  osoyishtaligi,  hunarmand  va  tijorat  ahli 

ishining  ravnaqi  yo'lida  har  qanday  muammolarni  urush  va  qon 

to'kish  yo‘li  bilan  emas,  balki  kelishuv,  tinchlik  va  osoyishtalik 

bilan  hal  qilishga  intiladi2.  Boshqacha  aytganimizda,  Xoja  Ahror 

falsafasida  birovlaiga  jabr-sitam  qiluvchilarga  qarshi  kurash,  odam­

larni  bu  dunyo  tashvishlaridan  asrash,  insonni  ulug'lash  asosiy 

o‘rin  egallaydi.  Uning  fikriga  ko‘ra,  olamdagi  barcha  tirik  mavju- 

dotlar  ichida  eng  ulug‘  qadriyat  insondir.  Inson 

0

‘zining 


ulug‘vorligi  bilan  o‘z  vaqtini  o‘tkinchi,  bachkana  narsalarga  sarf 

etmasligi,  foydali  ishlar  bilan  shug‘ullanmog‘i  lozim.

Xoja  Ahror  o‘z  ixtiyoridagi  yer  va  mulkdan  olingan  daro- 

madlardan  madrasa,  masjid,  xonaqoh  va  boshqa  imoratlar 

qurdirdi.  Uning  bunday  saxiyligi,  insonparvarligi  odamlar  orasi­

da  obro‘-e’tiborini  oshirib  yubordi.  Movarounnahr  va  Xuroson- 

ning  qishloqlarida  yashovchi  dehqonlar  o'zlariga  qarashli  yerlar- 

ni  Xoja  Ahrorga  nazr  qila  boshladilar.  Bunday  harakatning  avj 

olib  ketishining  sabablaridan  biri  —  o‘sha  davrdagi  Samarqand 

hukmdori  sulton  Abu  Sayid  Mirzoning  farmoni  bilan  Xoja 

Ahrorga  qarashli  yer  va  mulkdan  ushr  solig‘i  olinardi,  xolos. 

Boshqa  soliqlar  esa  olinmasdi.  Shuning  uchun  dehqonlar  o‘z 

yerlarini  Xoja  Ahroiga  nazr  qilishar,  o‘zlari  esa  o‘sha  yerlarda 

ishlashni  davom  ettirar  edilar.  Buning  natijasida  dehqonlar  or­

tiqcha  soliqlardan  ozod  bo‘lar  edilar.  Shunday  qilib,  XV  asr­

ning  ikkinchi  yarmida  Xoja  Ahror  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy, 

ma’naviy  hayotida  katta  obro‘-e’tiborga  ega  bo‘lgan  kishilardan 

biri  darajasiga  ko'tarildi.

Xoja  Ahror  shaxsidagi  eng  muhim  xislatlaridan  biri  —  sodir 

bo'layotgan  voqealaming,  hodisalarning  mohiyatini  zukkolik  bilan 

tahlil  qilar,  undan  o‘zi  uchun  zarur  xulosalar  chiqarardi.  Bunday 

zukkolikka  erishmoq  uchun  o‘zidagi  eng  nodir  qobiliyat  —  «tush 

ko‘rish»dan  foydalanardi.  Boshqacha  aytganimizda,  o‘z  kashfiyotlari 

va  karomatlarini  tushida  ko‘rganiga  asoslanib  bayon  etardi.  Shuning 

uchun  ham,  uni  «Valiy»,  ya’ni  Xudoga  yaqin  kishi,  deyishardi.


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish