O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Bahouddin  Balogardon.  Toshkent,  1993,  54-bet



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

1  Bahouddin  Balogardon.  Toshkent,  1993,  54-bet.

2  Bizning  zaminimizda  naqshbandiya  ta’limoti  ovrupolik  sharqshunos  olimlar 

X .Algar,  M .M ole,  F.Y ung,  E.Brovi,  O .P opovich,  B .G ordlevskiy,  V.Bartold, 

Ye.Bertels,  A.  Semenov,  P.Ivanov,  A.Boldirev,  S.D em idov,  shuningdek,  o ‘zbek 

o lim la r i  M .X ayru llayev,  X .A b d u llo h , 

M. M ah m u d , 

B .A kram , 

N . K ornilov, 

O .U sm onov,  E.Rustam ov,  S.Buxoriy,  M.  Oriflar  tom onidan  har  tom onlam a 

o ‘rganildi.

249


Birinchi  qoida  —  «Vuqufi  adadiy»,  deb  yuritiladi.  Ushbu 

qoidaga  muvofiq,  zikr  qilayotgan  har  bir  kishi  ma’lum  bir 

o ‘Ichov,  mezonga  rioya  qilish  jarayonida  zikrning  o‘zgarib  keti- 

shiga,  chalg‘ib  turishga  yo‘l  bermaydi.  Insonni  parishonxotirlik- 

dan  saqlaydi.  Butun  fikr-mulohazalar  Olloh  vasliga  intilish  sari 

yo‘naltiriladi.

Ikkinchi  qoida  —  «Vuqufi  zamoniy»ga  ko‘ra,  barkamollikka 

da’vogar  kishi  o‘z  ahvoli  to‘g‘risida  hamisha  o‘zi  aniq  ma’lumotga 

ega  bo‘lishi  lozim.  0 ‘tayotgan  umrining  har  bir  lahzasini  be’mani 

ishlarga  emas,  balki  xayrli  ishlarga  sarf  qilishi,  o ‘z  faoliyatini 

doimo  kuzatib,  tergab  bormog‘i  darkor.

  Uchinchi  qoida  —  «Vaqufi  qalbiy»,  deb  ataladi.  Bu  qoidaga 



kolra,  har  bir  kishi  qalbdan  hamisha  Xudo  bilan  birga  bo‘lmog‘i 

lozim.  Olloh  tomonidan  berilgan,  ya’ni  Olloh  uchun  zarur 

bo‘lgan  har  qanday  yumushni  bajarishga  fikran  tayyor  bo‘lib 

turmog‘i  zarur.

Naqshbandiya  ta’limoti,  kubraviya  va  yassaviyadan,  eng  avva­

lo,  tarkidunyochilikdan  voz  kechib,  odamlarni  halol  mehnatga 

chorlagani  bilan  tubdan  farq  qiladi.  Boshqacha  aytganimizda, 

naqshbandiya  birovlar  hisobiga  yashashni  rad  etadi.  Faqat  o‘zining 

peshana  teri  bilan  qilingan  mehnat  yordamida  topilgan  ne’matlami 

halol  deb  hisoblaydi.  Naqshbandning  fikriga  ko‘ra,  «inson  fayzi- 

ning  ibtidosi  —  halol  luqmada»,  ya’ni  inson  ma’naviy  qiyo- 

fasidagi  halollik  insoniy  fazilatlaming  asosini  tashkil  etadi.  Shuning 

uchun  inson  m a’naviy  yetuk  bo‘lmog‘i  uchun  halol  mehnat 

qilmog'i  lozim.  Halol  mehnat  ma’naviy-axloqiy  yetuklikning 

tayanch  nuqtasi  hisoblanadi.  Turli  mashaqqatlar  evaziga  yaratil- 

gan  halol  boylik  (luqma)  har  qanday  tubanlikdan  (xudbinlik, 

xasislik,  g‘arazgo‘ylik,  takabburlik,  makr,  riyo,  dimog‘dorlik) 

ozod  qiladi.  Mehnatsiz  orttirilgan  boylik  inson  qalbini  shubha  va 

taxlikaga  to‘ldiradi.  Shuningdek,  birovning  soyasida,  boshqalar­

ning  obro‘-e’tibori  hisobiga  yashashni,  ishlashni  qattiq  qoralaydi.

Naqshbandiya  ta’limotida  oIg‘a  surilayotgan  g‘oyalardan  yana 

biri,  o‘z  xohishi  bilan  kambag‘al  hayot  kechirish,  mol-mulk 

to ‘plashdan,  dabdabali  hayotdan  voz  kechish  g‘oyasi  edi.  Ush­

bu  g‘oyaga  amal  qilgan  Naqshband  turmushi  uchun  zarur  bo‘lgan 

bir  parcha  nonni  halol  mehnati  bilan  ishlab  topdi.  Har  yili 

arpa,  mosh  ekib,  dehqonchilik  qildi.  Olingan  hosildan  turli



250


taomlar  tayyorlab,  eski  bo‘yra  ustida  tanovul  qildi,  mo‘ndida 

suv  ichib,  kun  o‘tkazdi.  SoTiylarning  xizmatkor  —  cho‘ri 

yollashini  ma’qullamadi.

Naqshbandiyada  faqirlikni  o‘z  ixtiyori  bilan  qabul  qilish  eng 

muhim  g'oyalardan  biridir.  Faqirlik  haqida  fikr  yuritganda,  odam­

larni  qashshoqlikka  da’vat  etish  tushunilmaydi,  balki  inson 

ma’naviy  qiyofasidagi  muhim  alomat  nazarda  tutiladi.  Boshqacha 

aytganimizda,  «faqir»  inson  ma’naviy  qiyofasidagi  kamtarlik, 

soddalik  alomatidir.  Bahouddin  faqirlik  g‘oyasini  olg‘a  surib,  odam­

larni  M uhammad  payg‘am bardek  yashashga  undam oqchi, 

payg‘ambar  turmush  tarzini  qayta  tiklamoqchi  edi.

Naqshbandning  tushuntirishicha,  faqirlikning  shartlaridan  biri

—  qanoatdir.  Qanoat  —  halol  mehnat  qilish  malakasiga  ega 

bo‘lgan,  mehnat  qilish  kundalik  tabiiy  ehtiyojiga,  hayotiy 

ko‘nikmasiga  aylangan  kishida  hosil  bo‘ladi.  Qanoat  insonni 

ma’naviy  yuksaklikka  ko‘taradi,  qadr-qimmatini  oshiradi.  0 ‘zligini 

va  o‘z  qadrini  anglab  olishga  yo‘l  ochib  beradi.  Ko‘nglidan  turli 

noxushliklarni  haydab  chiqaradi.  Ta’ma,  xasislik,  tilamchilik  kabi 

illatlarni  bartaraf  etadi.  Qanoatli  kishining  ko‘zi  to ‘q  bo‘ladi. 

Bunday  kishi  hech  kimning  maqtoviga,  dasturxoniga,  bazmiga, 

hurmat-ehtiromiga  muhtoj  bo‘lmaydi.

Bahouddin  Naqshband  har  bir  fuqaroni  «zohirda  xalq  bi­

lan,  botinda  Xudo  bilan»,  («Dil  ba  yor-u,  dast  ba  kor»)  prin- 

sipiga  amal  qilib  ishlashga,  yashashga  da’vat  etadi.  Bunday 

gumanistik  prinsiplarni  odamlar  turmush  tarzidan  kengroq  o‘rin 

egallashi  uchun  butun  kuch-g‘ayratini  safarbar  etadi.  Uning 

fikricha,  insonning  ichki  (botiniy)  va  tashqi  (zohiriy)  olami 

biri  ikkinchisi  bilan  uzviy  aloqador.  Insonning  ichki  va  tashqi 

olamining  manbai  bitta,  xuddi  shuning  uchun  ham  zohiriylik  va 

botiniylik  har  bir  inson  siymosida  namoyon  bo‘ladi.  Inson  dilida 

Xudo  ishqini  mustahkam  joylashtirib,  shuhratparastlik,  o‘ziga 

bino  qo‘yish,  yolg‘onchilik,  makkorlik,  johillik  kabi  yaramas 

illatlarga  qarsi  tinimsiz  kurash  olib  borgandagina,  ruhiy-ma’naviy 

yetuklikka  erishadi.  Insonning  har  qanday  holatda  ham  qo‘li 

doimo  mehnatdan  ajralmasligi  zarur.  Melpiatsiz  topilgan  mol-u 

dunyo,  ma’naviy  yetuk  bo‘lib  shakllanish  jarayoniga  ziyon  yetka- 

zadi.  Inson  qalbida  joylashayotgan  Olloh  muhabbatiga  rahna  soladi. 

Insonning  ichki  olami  musaffo  bo‘lsa,  uning  tashqi  olami  ham



251


musaffo  bo‘ladi.  Insonning  ichki  olamida  biror  xiralik,  noqobil- 

lik  bo‘lsa,  shubhasiz,  bunday  holat  uning  tashqi  olamida  o‘z 

ifodasini  topadi.  Botinni  zohirsiz,  zohirni  botinsiz  tasawur  qilish 

mumkin  emas.  Ular  biri  ikkinchisi  bilan  chambarchas  bog‘liq.

Yuqoridagi  fikr-mulohazalardan  ko‘rinib  turibdiki,  Naqsh- 

band  ta’limotiga  asosan,  insonning  kundalik  amaliy  faoliyati, 

uning  botiniy  va  zohiriy  olami  bilan  dialektik  aloqador.  Botiniy 

va  zohiriy  yetuklik  insonning  kundalik  faoliyatiga,  o‘z  navbati­

da,  amaliy  faoliyat  ham  insonning  botiniy  va  zohiriy  olamiga 

o‘z  ta’sirini  o‘tkazadi.

Bahouddin  Naqshbandning  tushuntirishicha,  ruhiy-ma’naviy 

yetuk,  barkamol  inson,  eng  awalo,  o‘tkir  aqlga  ega,  idroki, 

sezish  qobiliyati,  his-tuyg‘ulari  yuksak  bo‘lmog‘i  lozim.  Xusu­

san,  zehn  o‘tkirligi  kengroq  mushohada  yuritish  uchun  real 

imkoniyatni  vujudga  keltiradi.  Barkamol  inson  o'zining  aql-xushini 

behudaga  sarflamasligi,  har  bir  so‘zi  aql-farosat  tarozisida 

o‘lchangan,  fikr-mulohazasi  pok  e’tiqodiga  mos  tushmog'i,  qil­

gan  har  qanday  ishidan  hijolat,  afsus-nadomatlar  chekmasligi, 

o‘zining  odobi  bilan  boshqalardan  ajralib  turmog‘i,  o‘ylovsiz, 

noo‘rin  so‘zi  bilan  birovning  qalbiga  shikast  yetkazmasligi, 

shirinsuxanligi  bilan  odamlar  dardiga  malham  bo‘lmog‘i,  andi- 

sha  va  ehtiyot,  beozorlik  va  zariflik,  chin  va  oz  so‘zlash  kundalik 

turmush  tarzida  barqaror  bo‘lmog‘i  darkor.

Naqshbandiya  ta’limotiga  ko‘ra,  axloqiy  poklik,  ayniqsa,  sav- 

do-sotiq  bilan  shug'ullanuvchi  kishi  uchun  buyuk  bezak  boim og‘i 

lozim.  Chunki  har  qanday  davlat,  har  qanday  mamlakat  iqti- 

sodiyotining  rivojini  tijoratsiz,  axloqiy  pok,  ishbilarmon  savdo 

xodimlarisiz  tasawur  qilib  bo‘lmaydi.  Tijorat,  savdo-sotiq  halol- 

likka,  ruhiy-ma’naviy  yetuklikka  asoslanmog‘i  zarur.

Naqshband  insonni  hamisha  ruhiy-ma’naviy  poklikka,  kun­

dalik  amaliy  faoliyatdan  uzilmay,  dilida  Xudo  bilan  birga  bo‘lishga 

chorlaydi.  Buning  uchun  inson  hamisha  yuksak  imon-u  e’tiqodga 

ega  bo‘lmog‘i  lozim.  Boshqacha  aytganimizda,  Naqshband 

ta ’limotiga  ko‘ra,  inson  faqat  moddiy  boylikka  emas,  ko‘proq 

ma’naviy  boylik,  e’tiqod  va  imon  tomon  intilishi  zarur.  E’tiqod 

va  imon  Xudoga  bo‘lgan  muhabbatning  o‘lchovidir.  Ollohni 

hamisha  yod  etib  yashaydigan  kishiga,  hatto  iblis  ham  ziyon- 

zahmat  yetkaza  olmaydi.  Imon-u  e’tiqodni  mustahkamlamoq



252


uchun  Qur’oni  Karim  va  Hadisi  Sharif  yo‘lidan  bormoq  kerak. 

Uning  tushuntirishicha,  bu  dunyodagi  podshohlarga,  haykallar- 

ga  e’tiqod  qilib  bo‘lmaydi.  Har  qanday  podshohlik  yemiriladi, 

haykal  qulaydi,  e’tiqod  esa  qoladi.  Shuning  uchun  ham  inson 

e’tiqodining  asosida  abadiy  mavjud  Xudo  yotmog'i  lozim.

Naqshbandiya  qoidalariga  muvofiq,  barkamol  inson  bo‘lishni 

orzu  qilgan  kishi  qalban  maxfiy  zikr  qilishi  (Olloh  nomini 

eslashi,  takrorlashi)  o‘z  ustozi,  piri-murshidi  bilan  xilvatda 

uchrashishi,  so‘zlashishi,  suhbat  qurishi  lozim.  Ustoz  va  shogird 

orasidagi  suhbat  davomida  ularning  fikr-mulohazalari  birlashishi 

shogird  kamolotining  muhim  shartidir.  U  Junayd  Bog‘dodiy  asos 

solgan  suhbat  usulini  har  tomonlama  rivojlantirdi.  Uning  suhbat 

usulining  metodologik  asosini  sunniylik  tashkil  etar  edi. 

Shuningdek,  suhbat  jarayonida  oshkoralik  bilan  xufyonalikni 

muvofiqlashtirishga,  uning  ma’nosi  va  mazmuni  shariat  doirasi- 

dan  chiqib  ketmasligiga  alohida  e’tibor  qaratadi.  Naqshband  inson 

ongi  va  faoliyatida  sodir  bo‘layotgan  turli  noxushliklami  suhbat 

vositasi  bilan  bartaraf  etish  mumkin,  deb  o‘ylaydi.  Suhbat  jara­

yonida  suhbatdoshining  fikr-mulohazasini  sabr-toqat  bilan  ting- 

lash,  ayniqsa,  tilga  ehtiyot  bo‘lish,  bahs-munozarada  axloq-odob 

doirasidan  chiqmaslikni  qayta-qayta  takrorlardi.

Naqshband  riyokorlarcha  yasama  xudojo‘ylik  va  rasm-rusum- 

larni,  xususan,  qirq  kun  ro‘za  tutish,  daydilik,  qashshoqlik, 

zikr  jarayonida  musiqa  chalish,  ashula  va  raqsga  tushib,  oshkor 

(samo’)  va  ovoz  chiqarib  (jahr)  zikr  qilishni  inkor  etadi. 

Avliyolarga,  mozorlarga  sig‘inib,  ulardan  madad  va  yordam 

so‘rashni  foydasiz,  deb  biladi.  Chunki  har  qanday  yordamni 

faqat  Olloh  berishga  qodir.  Uning  bandalari  bunday  ishlarga 

qodir  emas.  Ruhan  poklanib,  manfaatparastlik,  manmanlik,  kibr- 

u  havodan  tamoman  voz  kechib,  ixtiyoriy  faqirlikni,  hokimiyat 

bilan  butunlay  munosabatni  uzishni  targ‘ib  qiladi.  Naqshbandiya 

'tarafdorlari  hukmdorlar  bergan  turli  sovg‘alar,  hadyalarni  ol- 

mas,  Payg‘ambar  sunnalari,  shariat  qonun-qoidalariga  to‘la  rioya 

qilar  edilar.

Bahouddin  Naqshband  tasawufni  davlat  mafkurasi  darajasiga 

ko‘tarishni  va  bu  ta’limot  yordamida  jamiyatning  turli  ijtimoiy 

guruhlari,  qatlamlarini  tenglashtirmoqchi,  ular  orasidagi  turli 

ziddiyatlar,  mojarolarga  barham  bermoqchi,  Turon  zaminida



253


yashovchi  turli  tillarda  so‘zlashuvchi  xalqlar  madaniyati  — 

ma’naviyatini  bir-biriga  yaqinlashtirmoqchi  edi.  Turli  qavmlar, 

tabaqalarni  yagona  sunniylik  g‘oyasi  atrofida  birlashtirishni  orzu 

qilardi.  Xuddi  shuning  uchun  ham  bu  ta ’limot  turli  millatga 

mansub  kishilar  orasida  keng  tarqala  boshladi.

Shunday  qilib  tasawufning  ikki  yirik  oqimi  —  naqshbandiya 

va  yassaviya  — jug‘rofiy  va  milliy  chegaralami  yorib  o‘tib,  umum­

insoniy  qadriyatlar  darajasiga  ko‘tariIdi  va  inson  ruhiy-ma’naviy 

kamolotiga  xizmat  qildi.  Yassaviya  va  naqshbandiya  biri  ikkin- 

chisini  to ‘ldiruvchi,  biri  ikkinchisiga  doimo  ta’sir  o‘tkazib  tu- 

ruvchi,  kishilarni  ruhiy-ma’naviy  kamolot  tomon  boshlovchi, 

ijtimoiy  illatlarga  ayovsiz  o‘t  ochuvchi,  insonparvar,  xalqparvar 

ta’limotlardir.

Qadimiy  Turon  zaminida  paydo  bo‘lgan  tasawufning  bu  ikki 

yirik  oqimida  mulkka  bo'lgan  munosabat  turlicha  sharhlandi.  Xu­

susan,  Yassaviy  ta’limotida  mulk  insonning  Xudo  vasliga  yetib 

borishida,  barkamol  inson  bo‘lib  shakllanish  jarayoniga  xalaqit 

beruvchi  vosita  sifatida  talqin  etildi.  Foniy  dunyoda  mol-u  mulkka 

mehr  qo‘yish  Xudoga  bo'lgan  muhabbatning  shakllanishiga  zi- 

yon  yetkazadi.  Shu  boisdan  ham,  barkamollik  da’vosini  qiluvchi 

kishi  bu  dunyo  lazzatlaridan  voz  kechishi  kerak,  degan  g‘oya 

olg‘a  surildi.  Yassaviy  ushbu  g'oyani  targ'ibot  qilgan  paytda 

odamlar  turmush  tarzida  umummulkning  (jam°a  mulki)  hissasi 

salmoqli  edi.  Xudo  vasliga  yetish  orzusi  bilan  tarkidunyo  qilgan 

darvishni  odamlar  umumiy  mulk  hisobidan  qo‘llab-quwatlashardi. 

Naqshbandiya  g‘oyalarining  targ‘ibotchilari  va  tashviqotchilari 

faoliyat  ko‘satayotgan  hududlarda  esa  xususiy  mulk  ustuvorlik 

qilardi.  Ana  shunday  sharoitda  tirikchilik  qilish  uchun  har  bir 

kishi  mehnat  qilishga  majbur  edi.  Mehnat  yashash  vositasiga 

aylanayotganligi  uchun  ham  naqshbandiya  bu  dunyo  tashvish­

laridan  ajralmasdan  Xudo  vasliga  yetish  mumkin,  degan  g‘oyani 

odamlar  ongiga  singdira  boshladi.  «Dil  ba  yoru,  dast  ba  kor»  — 

naqshbandiya  ta’limotining  asosiy  qoidasiga  aylandi.

Yassaviyada  inson  Xudoga  yaqinlashish  uchun  xilvatda  ya- 

shashi,  ya’ni  ijtimoiy  muhitdan  ajralib,  yolg‘iz  kun  o‘tkazishi 

shart  qilib  qo‘yilgan  bo‘lsa,  naqshbandiya  tarafdorlari  Olloh 

vasliga  yetishni  orzu  qilgan  kishi  bemalol  odamlar  bilan  birga 

yonma-yon  yashashi,  suhbat  qurishi  mumkinligini  ta’kidladilar.



254


Chunki  tanho,  xilvatda  yashagan  odam  el-yurtdan  ajralib  qola- 

di,  o‘zining  Xudo  vasliga  yetishdek  olijanob  maqsadini  oshkor 

qilib  qo‘yadi.  Turgan  gapki,  xilvatda  yashovchi  o‘sha  darvish 

o ‘zining  maqsadiga,  e’tiqodiga  sodiqligi  bilan  boshqalarning 

hurmat-izzatiga  sazovor  bo‘ladi,  shuhrat  topadi.  Hurmat-izzat, 

shuhrat  bor  joyda  xavf  bo‘ladi,  undan  saqlanishning  eng  muhim 

yo‘li  odamlar  bilan  birga  bo‘lish,  yonma-yon  faoliyat  ko‘rsatishdir. 

Odamlar  orasida  faoliyat  ko‘rsatmoq  uchun,  shubhasiz,  ular 

bilan  suhbatlashish  lozim  bo‘ladi.  Suhbat  barkamollikka  intilayot­

gan  insonni  Xudo  vasliga  olib  boruvchi  muhim  shart  hisobla- 

nadi.  Buyuk  kishilar  suhbatidan  bahramand  bo‘lish  har  qanday 

maktab  va  madrasa  sabog‘idan  afzal  ekanligiga  e’tibor  qaratiladi.

Naqshbandiya  insonni  ulug‘lovchi  ta ’limot  bo‘lgani  uchun 

ham  XV  asrdan  e’tiboran  Movarounnahr  va  Xurosondan  Qohira 

va  Bosniyagacha,  Gansu  va  Sumatra,  Shimoliy  Kavkazdan 

Hindiston  janubigacha,  hatto  Arabistonning  Xijoz  viloyatigacha 

yetib  bordi.  Naqshbandiya  ta’limoti  Muhammad  Porso,  Mahdu- 

mi  A’zam,  Sa’diddin  Kashg‘ariy,  Abdurahmon  Jomiy,  Alisher 

Navoiy,  Boborahim  Mashrab,  Xoja  Muhammad  al-Boqiy  Qobu- 

liy,  Xoja  Ahmad  Farruh  Sirhindiy,  Imom  Rabboniy  asarlarida 

har  tomonlama  rivojlantirildi.  Naqshbandiya  ta’limotini  XVI  asrdan 

keyingi  davrlarda  Movarounnahr,  Sharqiy  Turkiston,  Afg‘oniston 

hududlarida  keng  tarqalishida  Mahdumi  A’zam,  ya’ni  Xoja  Ahmad 

Kosoniylar  sulolasining  xizmatlari  tahsinga  loyiqdir.

Naqshbandiya  ta ’limotining  XV  asrdagi  buyuk  namoyan- 

dalaridan  biri  shoshlik  Xoja  Ubaydulloh  Xoja  Ahror  Valiy  edi.1

Xoja  Ahror  olam  va  odam  to ‘g‘risidagi  qarashlarini  «Fiqarot 

ul-orifin»  (1910-yilda  Toshkentda  nashr  etilgan),  «Risolai  Vo- 

lidiya»  yoki  «Muxtasar»  (bu  asami  Bobur  o'zbek  tiliga  taijima 

qilgan), «Risolai  havroiyya»(1899-yilda  sharqshunos  olim




Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish