xoios. Horneming vaznli gaplari esa she’riy so ’zlar tusini olgan. Shuning uchun
Em pedoklning so’ziari hech qachon she’r bo’lolmaydi», - deydi allom a1.
Shuningdek, Ibn Sino o ’z risolasida, Yunon she’riyati bilan arab she’riyatini
solishtirib, she'riyatning vazifasi haqida fikr yuritadi va bu boradagi Yunonlardagi
ba’zi ustuniiklarga ishora qiladi. Uning aytishicha, Yunonlar she’riyatda fe’l-atvorga
qarab taqlid ishlatishni ko’zlaganlar. Arablar esa, ikki vajdan she’r yozganlar. Bir
tom ondan, ular she’r orqali odam lar ruhiga ta’sir etmoqchi bo’iganlar. Zero, she’r
idrok etuvchida hayajonli hissiyot, to ’lqinlanish uyg’otishi shubhasizdir. She’r
yozishning ikkinchi sababi - odam lam i taajjubga solish bo ’lgan. Arablar har bir
narsaga tashbeh ishlataverganlar, ular bu tashbehlari bilan odam lam i hayratga
solishni m aqsad qilib qo’yganlar. Yunonlar esa she’r vositasida odam lar fe’l-atvoriga
ta ’sir etishni, yo bo’lmasa, she’r orqali odamlami o ’zlari ko’zlagan hatti-
harakatlaridan tiyishni m o’ljallaganlar.
Bunday nazariy fikrlami Ibn Sino, eng avvalo, o ’z amaliyoti orqali tasdiqlaydi.
Allomaning «Salomon va Ibsol», «Hayy ibn Yaqzon», «Y usuf qissasi», «Qush
risolasi» singari nasrda yozilgan falsafiy-badiiy va majoziy asarlari bilan birga,
bizgacha etib kelgan she’riy asarlari ham katta ahamiyatga molik. Ayni paytda
allom a o ’zining o ’nga yaqin nazm da tizilgan ilmiy urjuza dostonlarini she’riy asar
deb bilgan emas.
Ibn Sino she’riyatida buyuk faylasuf va buyuk shoir bir tilda - she’r tilida
so’zlaydi. Bu uyg’unlik natijasi o ’laroq
shunday durdonalar yaratildiki, ular
an’anaviylik kasb etib, keyinchalik Umar Xayyom va M irzo Bedil singari Sharqning
buyuk ruboiynavislariga nam una b o ’lib xizm at qildi, desak adashmaymiz. Shoiming
mana bu ruboiysini she’riyat cham anining eng go’zal guli.deyish mumkin:
D ilda pinhon yig’i, kulamiz guldek,
B ir dam gina hayot qilamiz guldek.
O ’zimizni guldek o ’rtaga tashlab,
Sochilmoqni baxt deb bilamiz guldek2.
Darhaqiqat, inson ham qanday g ’am -g’ussa, fojealar oldida ham o ’z dardi bilan
o’zi o ’ralashib qoladigan m avjudot emas. U zamon va makon talabiga quloq tutib,
shabnam qatralarini gulbarglari bag’rida yashirib, olamga xandon boqqan guldek,
ko’z yoshlarini, yig’isini pinhon tutgan holda kula oladi. Shoir vaqt cheksizligi oldida
o ’zining bir damlikkina umr egasi ekanini ham, insondagi o ’zini o ’ziga, o ’zgalarga va
borliqqa ko’rsatish uchun oliy mavjudotga xos intilishini ham sertashvish hayot
ichida o ’sgan gul taqdiriga, g o ’zallikka taqqoslaydi. Gul nim a uchun o ’sadi? Borliqqa
nafosat ruhini, xushbo’y hidlarni bag’ishlab, oxir-oqibatda to ’kilish uchun o ’sadi.
Inson ham xuddi shu guldek o ’zini bu va u dunyoga bag’ishlab, oxir-oqibatda
zaminga sochilib, tuproqqa qo ’shilib ketishni baxt deb, xulqiy go’zallik deb biladi3.
M ashshoiyyunlik nafosat falsafasining yana bir namoyandasi shoir va faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: