O ’z b e k is t o n r espu bl 1k a si o L iy va o ’rta m a X su s ta 'lim V a z ir L ic I



Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/78
Sana19.02.2022
Hajmi3,18 Mb.
#457589
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78
Bog'liq
Etika,estetika va mantiq.2014

Abu
Nasr al-Forobiy
(873 — 950) mashhur bo’ldi. U Arastudan keyingi «Ikkinchi 
muallim» nomini oldi.
Forobiyning 
qarashlarida 
ezgulik 
bilan 
go’zallik 
m a’lum 
m a’noda 
aynanlashtiriladi, biri ikkinchisida yashovchi hodisalar sifatida talqin etiladi. Shuning 
uchun uning asarlarida «go’zal hatti-harakatlar», «go’zal qilmishlar» degan iboralarni 
ko’p uchratish mumkin. G o’zallikka etishishni u falsafa tufayli ro’y beradi, deb 
hisoblaydi. Uning fikriga k o ’ra, har bir narsa-hodisaning go’zalligi uning o’z 
borlig’ini to ’la namoyon etishi va mukammallikka erishuvi bilan bog’liq. Alloma 
faylasuf insonda ikki xil g o ’zailikni farqlaydi - ichki va tashqi. U ichki go’zallikni 
yuqori qo’yadi va bu boyning boyligini bezab, kam bag’alning kam bag’alligini 
yashiradigan g o ’zallikni «adab» deb ataydi. Bunday go’zallik yuksak axloqiy hatti- 
harakatlar va insoniy kom illikda o ’zini namoyon etadi. Tashqi g o ’zallikka kelganda, 
faylasuf tabiiy go’zallikni har qanday bezanish, yasanishlardan yuqori q o ’yadi.
Ikkinchi muallim san’atning taqiidiylik xususiyatga egaligini ta ’kidlaydi. Ana 
shu taqiidiylik idrok etuvchida hissiyot va tasavvur uyg’otadi. San’atkor o ’z xayolot 
kuchi, ijodiy qudrati bilan umumiy g ’oyalami yakka qiyofalarda in’ikos ettiradi. U 
nutqning turlarini mantiqiy nuqtai nazardan tadqiq etar ekan, 
she ’riy nutqni
- mutlaq 
yolg’on, 
sofistik nutqni -
asosan yolg’on, 
xitobiy nutqni
— bir xilda ham yolg’on, ham 
rost, 
dialektik nutqni
- asosan rost, 
isbotiy (apodiktik) nutqni
mutlaq rost deydi. 
She’riy nutqning m utlaq yolg’on deb atalishi kishiga dastlab erish tuyuladi. Lekin 
aslida Forobiy haq. Masalan, Oybekning mana bu ikki satrini olib ko ’raylik:
Bir o’lkaki, tuprog’ida oltin gullaydi,
Bir o ’lkaki, qishlarida shivirlar bahor...2
Oddiy mantiq nuqtai nazaridan qarasak, haqiqatan ham Oybek yolg’on 
gapirayapti: oltin - rangli metall, u hech qachon o ’sim likka o ’xshab gullamaydi, 
bahor esa odam emas, u — fasl, hech qachon shivirlab gapirm aydi. Forobiy bu o ’rinda 
san’at asari oddiy mantiq ilmi qonun - qoidalariga bo’ysunmaydigan o’ziga xos 
mantiqqa, badiiy mantiqqa ega bo’lishini ta’kidlamoqda. «She’r san’ati» risolasida u 
yuqoridagi fikrlarini davom ettirib, shunday deb yozadi: «... isbotda ilm, tortishuvda 
ikkilanish, xitobada ishontirish qancha ahamiyatli b o ’lsa, she’riyatda ham xayol va 
tasavvur shunchalik zarur b o ’ladi»2.
«Shoirlam ing she’r yozish san’ati qonunlari haqida» degan boshqa bir 
risolasida Forobiy san’atkom ing qobiliyati tug’m a bo’lishini alohida ta’kidlab o ’tadi: 
«... shoirlar chindan tug’m a qobiliyatli va she’r bitishga tayyor tabiatli kishilar 
bo’ladi...» Ayni paytda faylasuf birgina iste’dod bilan etuk shoir bo’lish mumkin 
emasligini ham ta ’kidlab o ’tadi. Shu bois «shoirlaming she’r ijod qilish borasidagi 
ahvoli kam olotga etishgani va etishmagani jihatidan turlicha bo’ladi».
Arastu izidan borib, muallimi soniy she’riyatni tasviriy san’at bilan qiyoslaydi 
va har ikkala san’at turi ham mohiyatan bir xil asosga - taqlidga borib taqalishini
1 Qarang: Sher A. A xloqshunoslik, -Т.: “Yangi asr avlodi”, 2003, 42-b.
2 Oybek. M ukam m al asarlar to ’plami. 8 tomlik, -T .:l. “Fan", 1975, 309-b.
2 Forobiy. Fozil odam lar shahri,- Т.: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993. 1 13-b.
40


aytadi: «...she’r san’atini bezaydigan narsalar - so’z, mulohazalar bo’lsa, rassomlar 
san’atini bezaydigan narsa bo’yoqlar sanaladi. Bularning ikkovi o ’rtasida farq bor, 
ammo ikkalasi ham odamlar tasavvuri va sezgilarida bir maqsadga - taqlid qilishga 
v o ’nalgan bo’ladi»1.
Forobiy ko’p jildlik «M usiqa haqidagi katta kitob» asarida musiqiy bilimni 
ikkiga - ijro san’ati bilan bog’liq bo’lgan musiqiy amalivotga va musiqaning «sof 
o ’zini», ijrochilikka bog’lanmagan holda o ’rganadigan nazariyaga ajratadi. Kitobda 
ohang tizimidagi uyg’unlik, zarb singari hodisalar tahlil etiladi. Shu munosabat bilan 
u tovushlami emas, balki tovushlar tasavvurini beruvchi raqqosalarning musiqiy 
g ’oyaga bo’ysungan ohangiy harakatini anglatuvchi ritmik mimika — ohangiy harakat 
tushunchasini kiritadi. Shuningdek, kitobda Yaqin va O ’rta Sharqda m a’lum bo’lgan 
musiqiy asboblar, ularni ijro etish yo ’llari, usullari haqida, umuman, musiqa tarixi 
to ’g ’risida atroflicha m a’lumot berilgan.
Yana bir buyuk qomusiy oiim, bobokalonimiz Ibn Sino (980 - 1037) Forobiy 
qarashlarini davom ettirib, musiqadan olinadigan lazzat musiqiy uyg’unlikning 
makonda yoyilishidan, pardalaming navbatma-navbat kelishidan deb biladi. 
Musiqada gap tovushning o ’zida emasligini, balki uni qanday chiqarish muhim 
ekanini aytadi, ya’ni bizda yoqimli yoki yoqimsiz sezgini tovushning o ’zi emas, balki 
uni paydo qilish usuli uyg’otadi. M usiqaning kelib chiqishini esa inson nutqining 
boyligi 
bilan 
bog’laydi: 
xushomad 
qilayotganda ovoz 
pasayadi, 
mag’rur 
so’zlayotganda qat’iy jaranglaydi va h.k.z. M usiqa inson kayfiyatiga taqliddir, deydi 
Ibn Sino. Shuningdek, alloma go’zallik borasida ham Forobiy izidan boradi, Uning 
fikriga ko’ra, jism oniy go’zallik bevosita qalb go’zalligi bilan belgilanadi. «Ishq 
risolasi» asarida muhabbatning asosida go’zallik yotishini «aslida muhabbat 
g o ’zallikni m a’qullashdir», degan fikr bilan ifodalaydi2.
O ’rta asrlar estetikasida Ibn Sinoning «Fan ash-she’r» («She’r san'ati») asari 
o ’ziga xos o ’rin egallaydi. U nda qomusiy alloma, Arastuning «She’riyat san’ati» 
risolasini 
sharhlar ekan, o ’ziga xos yangiliklar kiritadi va she’m ing keyinchalik 
mashhur bo’lib ketgan mana bu qoidasini keltiradi: «

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish