O ’z b e k is t o n r espu bl 1k a si o L iy va o ’rta m a X su s ta 'lim V a z ir L ic I



Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/78
Sana19.02.2022
Hajmi3,18 Mb.
#457589
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
Bog'liq
Etika,estetika va mantiq.2014

Fojeaviylik 
va 
kulgililik 
estetik 
tushunchalari 
yordamida 
hayot 
ziddiyatlari 
va to’qnashuviari baholanadi va mushohada qilinadi. Ular orqali 
insonning ijtimoiy hayot hodisalariga nisbatan estetik 
munosabati ifodalanadi 
va 
mustahkamlanadi. 
Aytish 
joizki, fojeaviylik 
va 
kulgililik 
go’zallik 
tushunchasidan torroq doirada amal qiladi.
Fojeaviylik va kulgililik - ijtimoiy xususiyatga molik tushuncha sifatida 
yolg’iz 
insonga 
xos 
his-tuyg’u 
ekanligi, faqat 
ijtimoiy 
munosabatlar 
jarayonidagina namoyon bo’lishlari bilan izohlanadi.
Fojeaviylik va kulgililik aslida bir-biriga zid tushunchalardir, lekin bu 
zidlik mutloq m a’noda amal qilmaydi. Ayni paytda ular bir-birining m ag’ziga 
singib, biri ikkinchisiga o ’tib turadi.
Fojeaviylik va kulgililik o ’zaro bog’liqligini hayotning murakkabligi, 
ziddiyatligi, harakatchanligidan 
kelib 
chiqib, san’at 
yordam ida 
yaxshiroq 
anglaymiz.
San’at asarlarida fojeaviylik va kulgililik yaxlit namoyon bo’ladi. Fojeali 
yoki kulgili holat insonning u yoki bu hatti-harakati natijasida paydo bo’ladi, 
bu hatti-harakat turli -tuman hayotiy kuchlar to ’qnashuvi jarayonida vujudga 
keladi, rivojlanadi. Shu tariqa ular voqelik va inson orzulari o ’rtasidagi nizoli 
munosabatlami ochib beradi.
Fojeaviylik va kulgililik boshqa estetik tushunchalardan qanchalik farq 
qilmasin, ulami go’zallik va xunuklik kabi ijtimoiy estetik orzular bilan bog’liq 
holda, ulaming tarixiy va nisbiy tabiatini inobatga olgan holda mushohada 
qilish zarur bo’ladi.
3. 
S a n ’at bu -
voqelikni badiiy tim sollar vositasi bilan ijtimoiy aks ettirish, 
ishni ko’zini 
bilish 
va 
m ahorat 
k o ’rsatish jarayonidir. Shuningdek, mazkur 
tushuncha 
har qanday ishning 
o ’zi 
va u talab qiladigan m ahorat 
darajasi 
m a’nolarida ham qo’llaniladi.
San 'at bu -
inson aql idroki, mehnati bilan vujudga kelgan, ijod qilingan 
narsa-hodisalar. San’at inson faoliyatinirig ijodkorlik turini anglatib, har bir san’at 
asarida shaxsning o ’ziga xos iste’dodi namoyon bo’ladi. San’at ob’ekti bo’lib 
butun ijtimoiy hayot o ’zining xilma-xil ko ’rinishlari bilan m aydonga chiqadi, unda 
kishilam ing faoliyati markaziy o ’rin egallaydi.
50


San’at juda qadim zamonlardan, mehnat taraqqiyoti natijasida namoyon 
bo ’lgan. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, g o ’zallik, qulaylik va 
foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jam iyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy 
taraqqiyotda katta o ’zgarishlar sodir bo’ldi: aqliy mehnat jism oniy mehnatdan 
ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san’at rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Professional san’at va san’atkorlar shu davrda paydo bo’ldi. San’at esa o ’zining 
spesifik xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinftning idialogiyasini 
targ’ib etuvchi kuchli g ’oyaviy qurolga aylandi, 
lekin shunga qaramay omma 
orasida yetishib chiqqan iste’dodli 
ijodkorlar mehnatkash xalq ommasinig orzu- 
istaklari, ulaming go’zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi 
tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratishdi. Xalqning turmushi, urf-odatlari, 
axloq-odobi, axloqiy qadriyatlari ulaming asarlarida o ’z ifodasini topdi. Har bir 
davrda mavjud bo’lgan ana shunday san’at asarlari hayot go’zalliklarini tasvirlab, 
odamlarda yuksak xislat va fazilatlarini kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, 
birodarlik, yorqin kelajakka intilish yo’lidagi kurashga da’vat etdi.
San’at tarixiy taraqqiyot jarayonida hamisha ijtimoiy ehtiyojlami qondirib 
kelgan. San’at 
ijtimoiy hayotning murakkab, rangorang munosabatlari bilan 
aloqador bo’lib, u bir vaqtning o ’zida ham mehnatning alohida turi, ham ijtimoiy 
ishlab chiqarishning maxsus sohasi, ijtimoiy ongning bir shakli, o ’ziga xos bilim 
sohasi, ijodiy faoliyatning bir ko’rinishi sifatida amal qiladi.
San’at, birinchi 
navbatda, ijtimoiy 
ong shaklidir, uning boshqa barcha 
tavsiflari ana shu sifatidan kelib chiqadi va shu tahlilga asoslanadi.
San’atning o ’ziga xosligi, rivojlanish xususiyatlari 
ijtimoiy jarayonlar 
yo’nalishi 
bilan bog’liq. Buni 
qadimgi odam lam ing 
moddiy 
va m a’naviy 
boyliklar yaratish faoliyatida, y a’ni o ’zlariga m a’qul, o ’zlariga xush keladigan 
narsalar yaratishga bo’lgan ishtiyoqlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ijtimoiy 
turmush san’atning rivojlanishiga bevosita tasir o ’tkaza bordi, keyinchalik esa 
ijtimoiy tuzilmalar falsafiy, diniy, siyosiy qarashlar, axloqiy qoidalar, m a’naviy 
qadriyatlar orqali ham ta’sir o ’tkazib bordi.
San’at ijtimoiy hayotning mustaqil bir sohasi bo’lib, o ’ziga xos qonuniyatlari, 
vazifalariga ko’ra u alohida jam iyat birligini ifodalaydi. San’at jamiyatning barcha 
tomonlariga ta ’sir o ’tkazadi, ijtimoiy ongning barcha shakllari bilan aloqaga 
kirishadi, 
hayotning 
turli 
jabhalarida 
odam lar 
faoliyat 
olib 
borishlarini 
rag’batlantiradi.
San’at bilan ijtimoiy hayotni bog’lab turadigan juda ko’p vositachi xalqalar 
mavjud. Har qanday badiiy hodisa- muayyan asar, uslubiy yo’nalish bo’lsin. ular 
vujudga kelishi va rivojlanishi diniy, axloqiy amallarning ta ’sir kuchi darajasi bilan 
belgilanadi, baholanadi, o ’lchanadi.
San'atning taraqqiyoti 
yoki tanazzuli, uning u yoki bu turi ko’rinishining 
yorqin ifoda topishi aniq ijtimoiy m unosabatlar tabiatiga, muayyan guruhiy kuchlar 
nisbatiga, mafkuraviy hayot xususiyatlariga, jam iyatda shaxslarning egallab turgan 
maqomiga bog’liqdir.
San’atning jam iyat hayotida nisbiy mustaqil amal qilishi 
vorisiylik 
qonuniyatining namoyon bo’lishi bilan bog’liq. Vorisiylik faqat san’atga xos bo’lgan 
hodisa emas. U ijtimoiy ongning ham ma shakllariga taa’lluqlidir. Vorisiylik jam iyat
51


moddiy asosi bilan bog’liq bo’lgan siyosiy va huquqiy ong 
sohalarida ko’proq 
namoyon bo’ladi.
San’at badiiy asar yig’indisi bo’lib, ularda voqeani badiiy 
in'ikos ettirish 
badiiy uslubdir, badiiy usul esa badiiy ijodiy qonunlar asosida ro ’y beradi. Usui 
tushunchasi uslub tushunchasidan ancha oldin paydo bo’lgan. Badiiy uslub mazmuni 
bilan tarkibiy birlikka ega hamda muayyan shakl, 
qism lar birligi 
va nisbiy 
m o’tadilligini taqozo etadi, uslub tushunchasi esa shakl va mazmunning ichki 
bog’liqligi bilan ham izohlanadi. Uslub shakl va mazmun orqali namoyon bo’lar 
ekan, u biror ijod usulini tanlab oladi. Badiiy uslub ijod usulidan mustasno tarzida 
amal qilolmaganidek, ijodusuli ham badiiy uslubsiz ifoda topa olmaydi.

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish