5-m avzu : M an tiq fan in in g p red m eti va rivojlan ish tarixi. M antiq
q onunlari.
Reja:
1. Mantiq fanining o ’rganish ob'yekti.
2. Mantiq fanining taraqqiyot bosqichlari.
3. Bilish va uning asosiy turlari.
4. Mantiq qonunlari.
5. Mantiq fanining fanlar tizimida tutgan o ’mi.
M avzu ga oid tayanch tu sh u nchalar:
bilish, hissiy bilish, aqliy bilish, sezgi,
idrok, tasavvur, tafakkur shakli, tafakkur qonuni, formal mantiq, dialektik mantiq,
matematik mantiq, qonun, ayniyat qonuni,
nozidlik qonuni, uchinchisi istisno
qonuni, yetarli asos qonuni.
56
F oydalanishga tavsiya etiladigan ad ab iyotlar r o ’yxati:
1. Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan. O ’zbekistonning 21 yillik mustaqil
taraqqiyot y o ’lida qo’lga kiritgan yutuq va natijalari, mamlakatimizning salohiyati va
qudrati, tub islohatlaming mohiyati va ahamiyatini aholining keng qatlamlariga
etkazish, joylarda tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, targ’ibot-tashviqot
ishlarini amalga oshirish uchun m o’ljallangan ilmiy-ommabop nashr. - Т.:
«Iqtisodiyot», 2012.
2. O ’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Т.: “O ’zbekiston”, 2010-yil.
3. I.A.Karimov. 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va
Senatining qo’shma majlisidagi “M amlakatim izda demokratik islohatlarni Yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik. jam iyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” mavzusidagi
ma’ruzasi.-“Xalq so’zi” gazetasi, 2010-yil 13-noyabr soni.
4. 1. A. Karimov. “Yuksak m a’naviyat yengilmas kuch”, - Т.: “M a’naviyat”, 2008-
yil-
5. Karimov
I
.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman.
«Fidokor» gazetasi, 2000-yil, 8-iyun soni.
6. I.A.Karimov. «Barkamol avlod orzusi», -Т.: “O ’zbekiston”, 2000-yil
7. S.I. Valieva, A.P. Bobotoev . Mantiq, -Т.: 2 0 1 1-yil.
8. M.Sharipov, D.Fayzixodjaeva .Mantiq, -Т.: 2001-yil.
9. Voyshvillo
E.
K., Degtyarev M.G. Logika, -М.: - М., 1999-yil.
10. Getmanova A.D. Logika, - М.: 1995-yil.
11. Yoqubov T. Matematik mantiq elementlari. - Т.: “O ’qituvchi”, 1996-yil.
12. Ivlev Yu. V. Logika. Uchebnik dlya vuzov. - М.: Logos, 1998-yil.
1.
«Mantiq» tushunchasi uch xil ma’noda qo’llanadi: birinchidan, u
o b ’e k tiv
reallikdagi narsa va hodisalar orasidagi eng umumiy, zaruriy, qonuniy aloqadorliklar
m a’nosida («dalillar mantig’i», «tarixiy taraqqiyot mantig’i»...); ikkinchidan, fikrlar
aloqadorligi va taraqqiyoti m a’nosida («fikrlash mantig’i», «tafakkur mantig’i»...);
uchinchidan, tafakkur to’g ’risidagi fan m a’nosida («Mantiq fani»). Biz «mantiq»
deganda, uning so’nggi m a’nosini nazarda tutamiz. Mantiq - tafakkur to’g ’risidagi
fan bo’lib hisoblanadi.
«Logika» grekcha «loguke» so’zidan olingan bo’lib, “so’z”, “fikr”, “aql”
m a’nolarini ifodalaydi. Yaqin va O ’rta Sharqda bu fan «mantiq» deb ataladi.
«Mantiq» arabcha so’zdan olingan bo’lib, so’z, fikr, degan m a’noni ifodalaydi.
Mantiq fanining o ’rganish ob’ekti tafakkur hisoblanadi. Mantiq boshqa
fanlardan farqli o ’laroq, tafakkumi olamni bilish usuli sifatida o ’rganadi. Demak,
Mantiq fani - tafakkur shakllari, usullari va qonunlari to’g ’risida bahs yuritadi.
Mantiq olamni bilish usuli sifatida abstrakt tafakkur va uning shakllari
(tushuncha, m ushohada va xulosa)ni, shuningdek, tafakkur jarayonida olamning
inson ongida aks etish qonunlari (ayniyat, ziddiyatlik, uchinchisi istisno, yyetarli
asos)ni o ’rganadi.
Hozirgi zamon mantiq fani tarkibiga dialektik va formal (shakliy) mantiq
kiradi. Dialektik va formal mantiq asosida ilmiy bilish mantig’i shakllanadi.
Mantiq ilmi taraqqiyotini ikki bosqichga bo’lib o ’rganish mumkin:
57
1) Aristotel asarlaridan boshlangan an’anaviy yoki klassik mantiq. Bu formal
m antiq deb yuritiladi.
2) M atem atik (simvolik) mantiq.
Hozirgi davrda mantiq fanining turli-tuman y o ’nalishlari mavjud: intuitiv
mantiq, konstruktiv mantiq, k o ’p belgili mantiq, modal mantiq, relevant m antiq va
h.k.z.
M antiq fanining o’ziga xos tomoni shundan iboratki, olam haqida olingan
axborotlami tafakkur qonun-qoidalari asosida qayta ishlash orqali yangi bilim hosil
bo’iadi.
Mantiqiy shakllar, qonun-qoidalar umuminsoniy xarakterga ega. Buning
m a’nosi shundan iboratki, inson qaysi tilda so’zlashi, fikr yuritishidan qat’iy nazar,
barcha uchun umumiy hisoblangan mantiq talablariga, qonun-qoidalariga amal qilishi
zarur. A na shu shartga rioya qilish olam haqida haqqoniy bilim hosil qilishga imkon
beradi.
Mantiqiy tafakkur shakliari deganda fikrning tuzilishi, uning tarkibiy
qism larining bir-biri bilan aloqadorligi nazarda tutiladi. Tabiiy tilda fikrlash uch
shaklda namoyon bo ’ladi: 1) tushuncha; 2) mushohada; 3) xulosa. Tafakkum ing
yuqorida ko’rsatilgan har bir shakli boshqasidan o’ziga xos xususiyatlariga ko ’ra
farqlanadiio
Do'stlaringiz bilan baham: |