O z b e k is t o n r es p u b L i k a s I o liy


Y A N G I   P E D A G O G I K   T E X N O L O G I Y A L A R



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/158
Sana11.01.2022
Hajmi4,55 Mb.
#351125
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   158
Bog'liq
hjacki 2119 pedagogika

Y A N G I   P E D A G O G I K   T E X N O L O G I Y A L A R
Pedagogik  texnologiya  nima? N e g a   bu  s o ‘z  birikmasiga  «yangi» 
s o ‘zini  q o ‘shim cha  qilib,  «yangi  pedagogik  texnologiya»  deb 
ataymiz?  U  nima  uchun  bugungi  t a ’lim-tarbiya jarayonida  zaruratga 
aylandi?  N eg a  endi  shuncha  yillardan  beri  kunimizga  yarab  kelgan 
t a ’limni  tashkil  etish  amaliyotidan  voz  kechishimiz  kerak,  o ‘quv 
jaray on ida  qoMlab  kelinayotgan  loyihalashga  yangicha  yondashish 
nima  uchun  zarur  b o ‘ lib  qoldi?
Bu kabi savollargajavob berish uchun, eng a w a lo , mamlakatimizda 
« T a ’lim  to ‘grisida»gi  qonun  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi» 
asosida  ta ’lim-tarbiya  sohasida  olib  borilayotgan  tub  islohotlaming 
asosiy  y o ‘nalishlarini  aniqlab  olmoq  lozim.  Bu  y o ‘nalishlar:
-   ta ’lim  mazmunini,  tizimini  isloh  qilish;
-   ta ’lim-tarbiya  boshqaruvini  isloh  qilish;
-   ta ’limning  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  mexanizmini  yara­
tish;
-   ota-ona,  o ‘qituvchi-o‘quvchining  ta ’lim  jarayoniga  boMgan 
yangicha  qarashlarini  shakllantirish;
-   va nihoyat,  bu tub  islohotlaming  bosh  harakatlantiruvchi  kuchi
-   yangi  pedagogik  texnologiyani  amaliyotga  tatbiq  etishdan 
iborat.
94


Xulosa  qilib  aytsak,  yangi  t a ’lim  tizimi,  mazmuni,  o ‘quv  rejasi, 
o ‘quvdasturlari, darsliklarasosida o ‘quvjarayonini  loyihalashtirishga 
ham  yangicha  yondashish,  uni  yangicha  tashkil  etish  zaruriyati 
tu g ‘ilmoqda.
Prezidentimiz 
Islom 
Karimov 
alohida 
t a ’kidlaganlaridek, 
biz  «M amlakatim izning  istiqboli  yosh  avlod  qanday  tarbiya 
topishiga,  qanday  m a ’naviy  fazilatlar  egasi  b o ‘lib  voyaga  yetishiga, 
farzandlarimizning  hayotda  n echog‘li  faol  munosabatda  b o ‘lishiga, 
qanday  oliy  m aqsadlarga  xizmat  qilishiga  b o g‘liq  ekanini  hamisha 
yodda  tutishimiz  kerak».  Shu  sababli  ham  birinchi  navbatda, 
ta ’lim  mazmuni  va  uning  tarkibini  kengaytirish,  chuqurlashtirish, 
takomillashtirish, xususan, ta ’lim m azm uniga nafaqat bilim, k o ‘nikma 
va  malaka,  balki  um uminsoniy  madaniyatni  tashkil  etuvchi  -   ijodiy 
faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g ‘oyasi 
kun  tartibiga  k o ‘ndalang  qilib  q o ‘yildi.
Bu  g ‘oyani,  fikrimizcha,  ijtimoiy  hayotning  quyidagi  kompo- 
nentlari  ro ‘yobga  chiqarishi  mumkin:
-   faoliyat  turlari  (moddiy-amaliy,  ijtimoiy,  m a ’naviy);
-   ijtimoiy  ong  shakllari  (axloq,  san’at,  siyosat,  falsafa,  fan  va 
boshqalar);
-   ijtimoiy  munosabatlar  tizimi  (moddiy  va  mafkuraviy);
-   moddiy  ijtimoiy  va  tabiiy  borliq  (keyingi  avlodlarga  meros 
qilib  qoldiriladigan  boyliklar).
D ars ja r a y o n id a ,  t a ’lim -tarb iy ada  o ‘quvchi  asosiy  harakatlan- 
tiruvchi  kuch,  t a ’lim  ja r a y o n in in g   subyekti  b o ‘lishi  kerak,  y a ’ni 
o ‘qish,  o ‘rganish,  m utolaa  qilish  o ‘quvchi  z im m a sig a   o ‘tishi 
kerak.
0 ‘qituvchining  vazifasi  esa  o ‘qitishdan  o ‘qishni  o ‘rgatishga, 
bilim  berishdan  o ‘quvchilarning  bilimlarini  mustaqil  egallashlariga 
ko‘maklashishdan  iborat  b o ‘lishi  kerak.  U  o ‘quvchida  ehtiyoj 
tug‘dirishi,  muhit yaratishi  va  uni  m a s ’uliyatni  his  qilishga  y o ‘llashi
95


kerak.  Har  bir  dars  oldiga  ta ’limiy,  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi, 
y a ’ni  bir-biri  bilan  uzviy  aloqada  b o ‘lgan  uchyoqlam a  maqsadlar 
q o ‘yiladi.  Darsni  tashkil  qilish  shakli  o ‘quvchilarning  o ‘zaro 
aloqalariga  bogMiq  boMib,  u  maqsadlarga,  o ‘quv  materiallari 
xususiyatlariga, ta ’lim  metodlariga va o ‘quv  imkoniyatlariga bogMiq, 
bunga  erishish  uchun  o ‘qituvchi  rahnamoligida  o ‘quvchilar  bilan 
birgalikda  harakat  qiladilar.  Xuddi  m ana  shu  jarayonni  didaktikada 
« o ‘quv jarayoni»  deyiladi.  0 ‘quv  jarayonining  tarkibi  uch  qismdan 
iborat  deb  qaraladi:
1.  Motivatsiya.
2.  Bilish  faoliyati.
3.  Boshqarish  faoliyati.
0 ‘quv  jarayoniga  bunday  yangicha  qarashning  tub  mohiyati 
shundan  iboratki,  o ‘qitishda  ichki  motivatsiyadan  (diqqatni  tortish, 
ichki  tu y g ‘u,  istak,  zaruratni  shakllantirish)  kelib  chiqish  kerak. 
0 ‘quv  jarayonida  asosiy  harakatlantiruvchi  kuch  -   o ‘quvchi  uchun 
ham,  o ‘qituvchi  uchun  ham  ichki  motivatsiya  boMishi  kerak.
0 ‘quvchilarda  tashabbuskorlik  va  mustaqillikni, 
bilimlarni 
puxta  va  chuqur  o ‘zlashtirishni,  zarur  malaka  va  k o ‘nikmalarni, 
ularda  kuzatuvchanlikni,  tafakkur  va  bogManishli  nutqni,  xotira  va 
ijodiy  tasavvurni  tarbiyalashga  imkon  beruvchi  didaktik  p r in s i p - b u  
ta ’limdagi  faollikdir.  Faollik  mezonlari  onglilik  prinsipi  bilan 
bevosita  aloqador.  Chunki  faollik  bor jo y d a   onglilik  boMadi.
Bunday 
tizimda 
o ‘quvchi 
ham, 
o ‘qituvchi 
ham 
ta ’lim- 
tarbiya  jarayoniga  birgalikda  m a s ’uldirlar.  Ular  birgalikda  har 
bir  o ‘quvchining  bilim  va  qobiliyatini,  individual  ehtiyojlarini 
aniqlaydilar.  Bunday  holatda  o ‘qituvchi  faqat  «baholovchi»  emas, 
balki  yangi  bilimlar  yetkazuvchi  m anbaga  aylanadi.
Jahon  pedagogik  leksikoni  qatoridan  allaqachonlar «innovatsiya» 
tushunchasi  keng  o ‘rin  olgan.  Bu  tushuncha  «yangilik»,  «isloh» 
tushunchalarini  anglatadi.  Keng m a ’noda qaraganda ta ’lim tizimidagi
96


har  qanday  o ‘zgarish  bu  -   pedagogik  innovatsiyadir.  Dastlab  bu 
tushunchalar  ijtimoiy-iqtisodiy  va  texnologik  jarayonlarga  nisbatan 
q o i la n a r   edi,  so‘ngra  ta'lim  tizimidagi  har  qanday  yangiliklarga 
nisbatan  ishlatiladigan  bo'ldi.  Pedagogik yangiliklarning texnologiya 
deb  atalishi  boisi  ham  shunda.  Hozirgi  davrga  kelib  pedagogik 
innovatsiya  fani  shakllandi.  Pedagogik  in n o vatsiya -peda go gik  
yangiliklar,  ularni  baholash  va  pedagogik  jam o a   tomonidan 
o ‘zlashtirish,  nihoyat,  uni  amaliyotda  qo'llash  haqidagi  ta ’limot 
sifatida  qaraladi.
Bu ta ’limot uch y o ‘nalishni  o ‘z ichiga oladi.  Birinchisi,  pedagogik 
neologiya (yunoncha «пео» —  «yangi» va «logos» —  «ta’lim», y a ’ni 
yangilik  haqidagi  ta ’limot)  deyilib,  bunda  pedagogika  sohasida  har 
qanday  yangiliklar  o ‘rganiladi,  umumlashtiriladi.
Ikkinchisi,  pedagogik  aksiologiya  (yunoncha  «aksioma»  -  
«isbotlanmaydigan  ta ’limot»  m a ’nosini  anglatadi)  deb  nomlanib, 
bunda  pedagogik  yangiliklar  ichidan  eng  samaralilari  tanlab 
olinadi.
Uchinchisi,  pedagogik  praksologiya  (yunoncha  «praks»  -  
«harakat» va «logos» -  «ta’lim», y a ’ni  «amaliyotda q o ‘llash  haqidagi 
t a ’limot»  m a ’nosini  anglatadi)  deyiladi.  Bunda  tanlab  olingan 
pedagogik  yangiliklarni  amaliyotda  qoMlash.  muayyan  samaraga 
erishish  masalalari  tushuniladi.
Har  qanday  pedagogik  yangilik  zamirida  biron-bir  g ‘oya  yotadi. 
G ‘oya  asosida  esa  o ‘qituvchining  bolalar  bilan  o 'zaro  harakati 
yotadi,  y a ’ni:  sinfda  psixologik  birlik  vaziyatini  yaratish;  har  bir 
o'quvchi  o ‘z  shaxsini  o ‘zi  namoyon  etishini  ta ’minlash;  har  bir 
metodik  yondasluiv  uchun  o ‘ziga  xos  muloqot  y o ‘lini  tanlash; 
o ‘quvchilar  tashabbusini  zimdan  boshqarib  borish  va  boshqalar. 
Bunda o ‘qituvchi  har bir o ‘quvchi  qalbiga kirib borish uchun o ‘zining 
didaktik  usullari,  tashkiliy  shakllari  orqali  y o ‘l  topadi.  Darsdagi 
o'quvchilar  faoliyatiga  nafaqat  o ‘qituvchi,  balki  o ‘qvuchilar  ham


rahbarlik  qiladi.  A w a l o   a ’lochi  o ‘quvchi,  keyin  boshqa  o ‘quvchilar 
ham  o ‘qituvchi  topshirig‘iga  binoan  nima  ish  qilganini  aytadi  va 
qolgan  o ‘quvchilarni  orqalaridan  ergashtiradilar.  Bunday  «izohli 
boshqaruv»  o ‘quvchi  maktab  ostonasiga  qadam  q o ‘ygan  kundan 
boshlanishi  kerak.
Bularning  hammasi  didaktik  topilmalar,  pedagogik  kashfiyotlar, 
bir  s o ‘z  bilan  aytganda,  yangi  pedagogik  texnologiyalardir.
Pedagogik  texnologiya,  o ‘quvchilar  qay  tarzda,  qanday  usullar 
bilan  o ‘qitilsa,  natija  samarali  b o ‘la d i? -d e g a n   savolga jav o b   beradi. 
U  o ‘zining  muayyan  tizimiga  ega  b o ‘lib,  bunda  komponentlarning 
ketma-ketliligi,  o ‘zaro  b o g ‘liqligi,  bir  butunligi  saqlanadi.
Pedagogik  texnologiyaning  boshqaruvchanligi  shundan  iboratki, 
bunda  ta’lim jarayonini  rejalashtirish,  tashxis  qilish,  natijalash,  tuzatish 
va o ‘zgarishlar kiritish  imkoniyatlari  mavjud.  Bunda ta’limdan  kutilgan 
natijaga  erishiladi,  vaqt  tejaladi,  bu  esa  pedagogik  texnologiyaning 
samarasi,  demakdir.  Pedagogik  texnologiyaning  j o ‘nligi-ishlangan 
modelni  boshqa  pedagoglar  qoMlaganda  ham  xuddi  o ‘shanday  samara 
berishi  kerakligini  bildiradi.  Bir  so‘z  bilan  aytganda,  ta ’lim jarayoniga 
yangicha  yondashib,  ijodkorlik,  bunyodkorlik  tatbiq  etilsagina,  ta’lim 
samarasi  yangi  bosqichga  ko ‘tariladi,  y a ’ni:
-   bolaning  talabi,  moyilligi,  istak-xohishi  uning  imkoniyatlari 
darajasida  qondiriladi;
-   o ‘quvchining 
o ‘quv  mehnatiga 
m a s ’uliyati,  javobgarligi 
oshadi;
-   bilimlarni  mustaqil  egallash  malakalari  shakllanadi;
-   shaxsning  jam iyatd a  o ‘z  o ‘rnini  tezroq  topib  olishi  uchun 
muhit  yaratiladi.
Buning  uchun  bugun  biz  o ‘quvchiga  «sen  buni  bilishing  kerak» 
degan majburlovchi d a ’vatdan «m enga bu zarur va men buni bilishga, 
uni  hayotga  q o ‘llashga  qodirman»  degan  ichki  ishonch  va  intilishni 
u yg ‘otishga  o ‘tishimiz  kerak.



Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish