Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1.Belgilar tizimini o‗rganuvchi bo‗lim nima deb nomlanadi?
2.Belgi turlarini toping. Ularni kim dastlab turlarga ajratgan?
3. Belgilarning linvistik belgilar bilan umumiy tomonlarini
ayting.
4. Belgilarning linvistik belgilardan farqli tomonlarini ayting.
Adabiyotlar:
1.Nurmonov A., Yo‗ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar.
– Toshkent: Sharq, 2001. –B.140-143.
2.
Nurmonov A., Usmonova H.,Boboxonova D. Tilni
sistema sifatida o„rganish. Namangan. – 2011. –B. 12-31.
Quyidagi fikrlarga e‟tibor bering.
―Til - belgilar tizimidir. Bunda birdan–bir muhim narsa
mazmun bilan akustik obrazning birikishi hisoblanadi. Shu
bilan birga, belgining bu ikki elementi teng mohiyatli psixik
hodisalardir‖ (F. de Sossyur).
“Belgi - bu idrok qilanadigan narsa bo`lib, idrok
qiluvchiga o`zi xaqida va ushbu belgadan tashqarida bo`lgan
boshqa narsa haqida ma`lumot beruvchi vositadir”.( Yu. S.
Maslov)
7-mavzu:Dunyo tillari tasnifi va tavsifi
Reja
:
1.Tillarning geneologik tasnifi.
2. Tillarning morfologik tasnifi.
3.Analitik tizimdagi tillar.
4. Sintetik tizimdagi tillar.
5. Polisintetik tillar.
64
Tayanch so‘z va iboralar:
tillarning geneologik tasnifi,
morfologik tasnif,
analitik tizimdagi tillar,
sintetik tizimdagi
tillar, polisintetik tillar, agglutinativ tillar, flektiv tillar, amorf
tillar
.
Dunyoda uch mingdan ortiq (ayrim manbalarda yetti
mingga yaqin) til mavjud ekan, tabiiyki, ularni tasniflab
o‗rganishga ehtiyoj tug‗iladi. XIX asrga kelib bu borada yetarli
ilmiy ma‘lumotlar to‗plandi, tillarni tipologik guruhlashga
ehtiyoj ortib bordi. Shu tarzda tilshunoslikda qator tasniflar
vujudga keldi. Jumladan: areal-geografik, genetik-geneologik,
morfologik-tipologik kabi.
Areal
tasnifda
jahon
tillarining
xaritasi,
turli
mamlakatlarning til tomonida xarakteristikasi, ayrim tillarining
qo‗llanish doirasining kengayishi kabi masalalar o‗z ifodasini
topadi. Mas.,O‗zbekiston hududida millat va elatlarning
joylashishi. (Dunyodagi tillarning taraqqiyot tarixi shuni
ko‗rsatadiki, qabila, elat, irq, hudud chegarasi bilan til
chegarasi o‗zaro to‗g‗ri kelmaydi).
Tillarning
tipologik
tasnifi
da tillarning grammatik
qurilishi asosga olinib, ularning asosiy tiplari belgilanadi. Unda
tillarning morfologik va sintaktik tipologiyasi farqlanadi.
Morfologik tasnif ana shu usulga asoslanadi.
Morfologik
tipologiya
da ko‗proq so‗zlarning o‗zgarishi
asosga olinadi. Tillarning morfologik tasnifi so‗z qurilishida
o‗zak va affikislarning o‗zaro qarama-qarshi qo‗yishga
asoslanadi. Bu tasnif tilshunoslikda keng tarqalgan.
Sintaktik tipologiya
gap va so‗z birikmalarida ifoda
qilinadigan logik - semantik munosabatlarning universalligiga
suyanadi, bunda kesim shakli, sintaktik aloqa, gapdagi logik
semantik munosabatlar hisobga olinadi.
Geneologik tasnifda
til faktlari tarixiy prinsip (usul)
asosida o‗rganilib, tillarning qarindoshlik munosabati hisobga
olinadi.
65
Do'stlaringiz bilan baham: |