O. X. Xamidov


 Rossiyada innovatsion faoliyatni tashkil etish



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/54
Sana14.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#801057
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
Bog'liq
portal.guldu.uz-TURIZM VA SERVISDA INNOVATSIYALAR 2

 
5.3. Rossiyada innovatsion faoliyatni tashkil etish 
Innovatsion faoliyatni tashkil etishning Rossiya modeli innovatsion impuls 
avvalo davlat tuzilmalaridan kelib chiqishi bilan farq qiladi. Bu birinchi navbatda 
tarxiy xususiyatlar bilan bog’liq. 80-90 yillardagi islohotlar boshlanishidan avval 
innovatsiyalarning me’yoriy-moliyaviy tartibga solish rolini davlat reja taqsimot 
tizimi o’ynagan. Keng ko’lamli innovatsiyalar davlat tomonidan amalga oshirilgan, 
yangiliklarni hayotga tatbiq etish fan va texnikani rivojlantirishning ustuvor va eng 
muhim yo’nalishlari uchun turli xil resurslar markazlashtirish va bir joyga to’plash 
yo’li bilan ta’minlangan. 
Yuzaga kelgan holatning o’ziga xos xususiyati shundaki, mamlakatda 
muhim fundamental va texnologik zaxiralar, noyob ilmiy ishlab chiqarish negizi va 
yuqori malakali kadrlar bor. Shu bilan birga ushbu innovatsion imkoniyatlarni 
23
Ковалев Г Д. 
Инновационные связи. - М., 2000, 87-б.


56 
ishlab chiqarish va boshqa faoliyat sohalaridagi ilmiy yutuqlarga yo’naltirish juda 
zaif darajada tashkil etilgan
24
.
Innovatsion 
imkoniyatlarni 
amalga oshirishdagi asosiy qiyinchiliklar 
tashkilotlarning xususiy mablag’lari etishmasligi, byudjet va byudjetdan tashqari 
moliyalashtirishning, shuningdek, qarzga olingan va jalb etilgan mablag’larning 
cheklanganligi bilan bog’liq. Deyarli barcha sanoat sohalarida ishlab chiqarishning 
pasayib ketishi, tashkilotlarda pul mablag’larining doimiy defitsiti innovatsion 
faoliyat uchun manbalarni qoldirmaydi. 
90-yillarda mamlakatda sanoatning innovatsion faolligi birdan tushib ketdi. 
Miqdoriy jihatdan u yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanuvchi 
tashkilotlar solishtirma hajmining ko’rsatkichlarida namoyon bo’ladi: 1992 yilda 
16,3 foiz, 1993 yilda 17,3, 1994 yilda 19,5, 1995 yilda 5,6, 1996 yilda 5 foizga 
yaqin. 
Ichki bozor ehtiyojlarini qondirish uchun ish olib borayotgan tarmoqlar o’ta 
past innovatsion faollik darajasi bilan ajralib turadi: engil va oziq-ovqat sanoati, 
qurilish materillari sanoati. Intensiv import intervenstiyasi bilan birga yuz 
berayotgan mahalliy iste’mol tovarlarining past raqobatbardoshligi sharoitida aytib 
o’tilgan tarmoqlardagi ishlab chiqarish hajmining pasayib ketishi sezilarli darajada 
saqlanib qolmoqda. Yuzaga kelgan holatni faqatgina mamlakatning tegishli 
iqtisodiy sohalarida innovatsion faoliyatni kuchaytirish asosida o’zgartirish 
mumkin. 
Innovatsion faol tashkilotlarning tarkibi aksariyat hollarda doimiy bo’lib 
qolmoqda: yaqin istiqbolda texnologik yangiliklarni kiritishni rejalashtirgan 
tashkilotlarning 70 foizdan ortig’i ularni o’tgan yillarda ham amalga oshirgan. 
Umuman, sanoat sohasida tashkilotlarning faqat 5 foizi mustaqil ravishda 
tadqiqotlar va ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqda. 90-yillar oxirida ilmiy-
texnik faoliyatning tajriba negizi va infratuzilmasi qoniqarsiz edi. Mashinasozlik 
sohasidagi 40 foizdan ortiq ilmiy muassasaning o’z tajriba bazasi yo’q edi. 
Mablag’lar etishmovchiligi innovatsion faolliknnig asosiy, lekin yagona 
bo’lmagan omili edi. Mamlakat bozor islohotlari yo’lini tanladi, ilmiy-texnik baza 
esa yangi sharoitlarda ishlashga hali tayyor emas edi. Ilmiy-texnik ishlanmalar 
doim ham ishlab chiqarish va samarali amalga oshirish uchun innovatsion 
mahsulot bo’la olmasdi. Intellektual mulkni himoya qilish, innovatsion 
mahsulotlarni sertifikatsiya qilishda huquqiy va tashkiliy muammolar mavjud edi. 
Innovatsion faoliyatning investitsion mexanizmi yuqori e’tibor va ularni 
sezilarli darjada takomillashtirishni talab etadi. Mamlakatning barcha iqtisodiyot 
tarmoqlarini ularning innovatsion faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga 
olmagan holda qo’llab-quvvatlashga harakat va ustuvor yo’nalishlarni ajratib olish 
bu sohadagi bozor tuzilmalarini muvaffaqiyatli rivojlantirish imkonini bermaydi. 
Yangiliklar uchun alohida tartib, xatarlarni sug’urtalash, venchur fondlar, 
innovatsion infratuzilma davlat tashkilotlari hamda boshqa mulk shakliga ega 
tashkilotlarning innovatsion siljishini ta’minlab bo’lmaydigan zarur shartlardir. 
Yirik firmalar, konstorstium va birlashmalar bilan bir qatorda kichik tashkilotlar 
24
Россия Федерациясининг 1998-2000 йилларга инновацион сиёсат концепцияси.


57 
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ular barcha 
yangiliklarning taxminan yarmini ta’minlab beradi. AQShning Milliy ilmiy 
jamg’armasi ma’lumotlariga ko’ra, sarf-xarajatlar bo’yicha kichik firmalardagi 
yangiliklar soni, odatda, o’rta va yirik firmalardagiga nisbatan ko’proqdir.
Bundan tashqari, kichik firmalar yiriklarini yangiliklarni o’zlashtirishda 
bo’yicha deyarli uchdan bir qismga o’zib ketadi. 1998 yil boshida Rossiyada 7 
million kishi band bo’lgan 900 mingga yaqin kichik tashkilotlarni sanab o’tish 
mumkin edi. Innovatsion faoliyatni amalga oshirayotgan kichik tashkilotlarning 
solishtirma hajmi 6 foizga yaqin edi. Shuning uchun, fikrimizcha, kichik 
innovatsion korxonalar hisobiga innovatsiya sohasida olg’a siljishga ishonib 
bo’lmaydi. 
Shunday qilib, Rossiyada innovatsion faoliyat, birinchi navbatda, davlat 
innovatsion siyosati markazida bo’lishi lozim. Aynan davlat innovatsion faoliyatni 
rag’batlantiruvchi iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy mexanizmlarni ishlab chiqishi 
lozim. Xususan, innovatsion jarayonda asosan g’oyadan tijorat mahsulotiga 
o’tuvchi ilk bosqichni amalga oshiruvchi kichik biznes korxonalari muhim o’rin 
tutadi. Shu sababli davlat kichik biznes uchun ishlab chiqilgan, shuningdek, federal 
byudjet hisobidan, yangi texnologiyalarni olish va ulardan foydalanish uchun 
imtiyozli sharoitlar yaratib berishi lozim. 
Istiqbolli yana bir yo’nalish milliy venchurli sanoatni rivojlantirishdir. 
Venchur jamg’armalarining resurslar bazasini kengaytirish uchun pensiya 
jamg’armalari, sug’urta kompaniyalari va tijorat banklari ishtirok etishi uchun 
imkoniyatlar yaratib beruvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlanmoqda. 
Xususiy investorlar va davlatning venchur jamg’armalarida hamkorlikda ishtirok 
etish qoidalari ham ishlab chiqiladi (byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar 
hisobidan). 
Davlat innovatsion siyosatini amalga oshirish bo’yicha vazifalarni bajarish 
uchun Rossiya sanoat va fan vazirligi hozirgi kunda innovatsion infratuzilmasini 
rivojlantirish hamda ilmiy texnologik sohaning ustuvor yo’nalishlarini qo’llab-
quvvatlash, Rossiya iqtisodiyotning barcha sohalarida muhim, innovatsiyaga 
qaratilgan sohalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan tadbirlar majmuini ishlab 
chiqmoqda. 
Xulosa 
Evropa mamlakatlarida innovatsion faoliyatning samaradorligini oshirish 
usuli sifatida xalqaro firmalararo kooperatsiyadan foydalaniladi. Xususan, 1980-
yillarning boshidan muntazam ravishda firmalarning ilmiy-texnik taraqqiyot 
yo’nalishidagi qo’shma xalqaro loyihalari paydo bo’lmoqda. Bu kabi loyihalarni 
yaratishdan maqsad kelgusida mustaqil ravishda ishlab chiqarish uchun tadqiqotlar 
va “nou-xau” natijalarini loyiha ishtirokchilari o’rtasida tarqatish. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish