O. X. Xamidov universitet rektori, rais


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
O‗zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprеldagi ―Umumiy o‗rta ta‘lim va 
o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‗g‗risida‖ gi 187-son qarori. 
K.Qosimova, S.Fuzailov, A.Ne‘matova ― Ona tili‖ umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 2-sinfi 
uchun darslik. Cho‘lpon. Toshkent-2018 
www.lex.uz 
www.ziyonet 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV 
ASOSIDA TASHKIL ETISH 
Boboyeva Ya. A.  Buxoro tuman 
16- maktabning boshlang‟ich sinf o‟qituvchisi. 
Kuchli va ayovsiz raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti tadbirkor, ijodiy tafakkur sohibi bo‘lgan, har
qanday qiyin vaziyatdan o‘z aql- idroki bilan omon chiqa oladigan mustaqil fikrli, shu bilan birga, 
shuurida milliy ruhi mustahkam shaxsni tarbiyalashni talab etadi. ( H. G. Ne‘matov). 
Bugungi kunda yoshlar ta‘lim- tarbiyasi masalasi har doimgidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir 
sharoitda fan sohalarini rivojlantirib, ta‘lim- tarbiyani yanada yuksak pog‘onalarga ko‘tarish uchun 
yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish maqsadida yurtimizda ko‘pgina amaliy ishlar 
amalga oshirilmoqda . Bu esa prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Harakatlar strategiyasining 
maqsad- mazmuni bilan uyg‘un bo‘lib, unda belgilangan vazifalarning bevosita davomiy ko‘rinishi 
sifatida ta‘lim- tarbiyaning rivojida yangi bosqichni boshlab berishi shubhasizdir. 


96 
Istiqlol natijasi o‘laroq , davlat ta‘lim hujjatlarida ona tili ta‘limi maqsadi muayyanlashtirildi. Ona tili 
mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda
og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rag‘batlantirishga 
qaratildi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutq yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Shuningdek ularning so‘z 
boyligi ham ancha kichik. Buning uchun ona tili darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ko‘p 
qoidalarni ko‘r- ko‘rona yodlatmasdan, asosiy e‘tiborni darslikda berilgan matn asosidagi mashqlarning 
topshiriqlarini bajartirishga qaratish lozim. Bugungi kunning ham asosiy dolzarb vazifasi ham ijodiy 
tafakkur sohiblarini yaratishdir. O‘quvchi kichik yoshdan tafakkur qilib, mantiqiy fikrlashni o‘rganib 
borsa, unda shaxsiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi va yon- atrofda bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq 
qaramasdan , o‘z nuqtayi nazarini bildira oladi.
Shunga ko‘ra men ona tili darslarini o‘tish jarayonida turli metodlardan foydalanishni afzal deb 
bilaman. Masalan: ―FSMU‖, ―Ortiqchasini top‖, ―To‘liqsiz maktub‖, ―Tushunchalar tahlili‖…Bu 
metodlar asosida tashkil qilingan darslarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida komminikativ nutq 
rivojlanadi, mustaqil ishlash ko'nikmalari shakllanadi, dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. 
Masalan: ―FSMU‖ texnologiyasidan 3- sinflarda sifat so‘z turkumini o‘tib bo‘lgandan so‘ng 
mustahkamlash darslarida foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. FSMU – munozarali masalarni hal 
etishda, bahs- munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach, 
qo‘llanilishi mumkin, chunki bu usul o‘quvchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z 
fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan birga o‘quvchilarni o‘quv 
jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishda, qay darajada egallaganliklari baholash va bahslashish 
madaniyatiga o‘rgatadi.
F - F ikringizni bayon eting: sifat so‘z turkumi belgini ifodalaydi. 
S - Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating: Chunki darslikda shunday fikr bor: Shaxs- narsa belgisini 
bildirgan so‘z sifat deyiladi. Qanday?, Qanaqa? So‘roqlariga javob bo‘ladi. 
M- Ko‘rsatgan sababingizni isbotlab, misol keltiring: Masalan; Qizil, chiroyli, baland, achchiq, 
xushbichim. 
U- Fikringizni umumlashtiring: Demak, sifat so‘z turkumi narsaning belgisini bildirib gapda ot so‘z 
turkumiga bog‘lanib keladi: Qizil kitib, chiroyli manzara, baland bino, achchiq haqiqat, xushbichim ayol. 
―Ortiqchasini top‖ o‘yin usulidan boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarining xohlagan 
takrorlash, mustahkamlash darslarida foydalansa bo‘ladi. Bunda o‘quvchiga berilayotgan so‘zlar faqat bir 
hodisa, mavzu asosida yoki boshqa biror jihatlari bilan umumiy xususiyatga ega bo‘lib, ular ichida faqat 
bittasi ―ortiqcha‖ bo‘ladi. O‘quvchi ana shu so‘zni aniqlay olishi va javobni izohlay olishi kerak . 
Masalan: 3- sinf ona tili darsligining yil boshida berilgan tilning fonetika bo‘limiga oid nutq 
tovushlaridan: 
B,D, G, V, Z, T, G‘ 
Javob: ―T‖ undoshi. Sabab yuqoridagi barcha tovushlar jarangli undoshlar hisoblanadi, ―T‖ 
undoshi esa jarangsiz. 
Mustaqil so‘z turkumlaridan: 
Anor, opa, burgut, payola, Vatan, baland, kitob. 
Javob: Baland. Chunki baland so‘zi qanday so‘rog‘iga javob bo‘lib, sifat so‘z turkumi sanaladi, 
qolgan so‘zlar esa ot so‘z turkumi. 
So‘z yasalishi bo‘yicha: 
Sinfdosh, chiroyli, sersuv, maktabning, o‘rikzor, odamsimon. 
Javob: maktabning, chunki – ning qo‘shimchasi qaratqich kelishigining qo‘shimchasi bo‘lib so‘zni 
so‘zga bog‘lashga xizmat qiladi ya‘ni shakl yasovchi qo‘shimcha, qolgan so‘zlardagi qo‘shimchalar esa 
so‘z yasovchilar. 
Imlo bo‘yicha: ilm, darax, mutolaa, hamisha, xatti- harakat. 
Javob: Darax so‘zi imlo qoidasiga ko‘ra noto‘g‘ri yozilgan aslida daraxt yozilishi kerak. 
―To‘liqsiz maktub‖ metodi. Mazkur usulda o‘quvchilarga o‘rganilgan material, mavzu yoki 
she‘riy parcha yuzasidan to‘liq bo‘lmagan, asosiy atama yoki tushunchalari tushirib qoldirilgan 
topshiriqni taqdim etamiz. O‘quvchilar tushirilgan bo‘shliqlarni to‘ldirishlari lozim. Bu usulni o‘tilgan 
mavzuni mustahkamlash jarayonida o‘quvchilar bilan yakka tartibda, juftlikda yoki guruhlarda qo‘llash 
tavsiya etiladi. 
3- sinfning ona tili darsligida berilgan ot so‘z turkumi mavzusiga oid 214- mashqni ―To‘liqsiz 
maktub metodidan foydalangan holda bajaramiz. Sharti:Tushirib qoldirilgan ot so‘z turkumiga oid 
so‘zlarni tiklang. 


97 
------------ chiqdi. ------------------- qo‘noqdan tushdi.------------------ zavodga ketdi.---------------
dalada ishlayapti. ----------------ko‘chat ekdi. -----------------maktabga bordi. 
Matnni tiklaymiz: Quyosh chiqdi. Tovuq qo‘noqdan tushdi.Ishchi zavodga ketdi. Dehqon dalada 
ishlayapti. Bobom ko‘chat ekdi. Sharif maktabga bordi.
―Tushunchalar tahlili metodi: Fan bo‘yicha o‘tilganlarni o‘quvchilar tomonidan yodga olish, biron- 
bir mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda izohlar berish, shu 
orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida 
barcha o‘quvchilarni baholay olishga yo‘naltirish. 
Tushunchalar Mazmuni
Ot so‘z turkumi Shaxs va narsa nomini bildirib, kim?, nima?
So‘rog‘iga javob bo‘ladi. 
Sifat so‘z turkumi Shaxs va narsaning belgisini bildirib, qanday, 
Qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi . 
Son so‘z turkumi Shaxs va narsalarning sanog‘ini bildirib, 
Necha? Nechta? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Fe‘l so‘z turkumi Shaxs va narsaning harakatini bildirib, nima 
qildi? nima qilyapti? Sorog‘iga javob bo‘ladi. 
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarini innovatsion yondashuvlar asosida 
tashkil etish, o‘quvchi ijodkorligini, o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligini ta‘minlaydi. Dars jarayonining 
yanada mazmunli, samarali o‘tishini kafolatlaydi.


98 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish