BOSHLANGʻICH TA‘LIMDA INTEGRATSIYA OʻQUV FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISH OMILI
Masharipova U.A.
Nizomiy nomidagi TDPU
Boshlangʻich ta‟lim metodikasi
kafedrasi dotsenti, PhD
Mustaqillik yillarida ta‘lim sohasi tubdan yangilanib, oʻqitishning ilgʻor usul va metodlarini amalda
qoʻllash boʻyicha ulkan tajriba toʻplandi. Bugun zamon shiddatli tarzda rivojlanyapti. ―Oʻzbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi‖da belgilab berilgan ―mustaqil
fikrlaydigan, qat‘iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini
oshirish‖ vazifasi shaxsning intellektual salohiyatini shakllantirishga, jamiyatning ijtimoiy, siyosiy,
madaniy, ma‘rifiy hayotida faol va muvaffaqqiyatli ishtirokini ta‘minlashga zamin yaratadi. Boshlangʻich
ta‘lim umumiy oʻrta ta‘limning poydevori sifatida oʻquvchilarning kelajakda komil inson boʻlib voyaga
yetishishini ta‘minlovchi asosiy boʻgʻinlardan bir hisoblanadi.
Umumta‘lim fanlarini oʻqitishga zamon talablari asosida yondashish, ta‘limda eng ilgʻor
texnologiyalarni qoʻllash davr talabiga aylandi. Ta‘lim jarayonini yangi mazmun va yangi shaklda yoʻlga
qoʻyishda integrativ yondashuv talab etiladi. Integratsiya soʻzi lotincha ―integratio‖ – tiklash toʻldirish,
―integer‖ – butun soʻzidan kelib chiqqan. Integratsiya ta‘lim maqsadi sifatida olamning alohida qismlari
bogʻliqligini koʻrsatuvchi bilimlarni berish emas, bolani barcha elementlari bir-biriga bogʻliq yaxlit
olamni tasavvur qilishga oʻrgatishga xizmat qilishi kerak.
Bu oʻrinda shaxs hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻlgan sub‘ekt sifatida namoyon boʻladi.
Oʻzida insonga xos boʻlgan faoliyatning turli qirralarini, masalan: bilishga asoslangan-gnostik, kreativ-
ijodiy, his-hayajonli, ratsional-analitik, faoliyat-muloqot kabilarni uygʻun tarzda tabiat bilan, ijtimoiy-
madaniy muhit hamda oʻtmish va kelajak bilan oʻzaro muloqotga kirishadigan sub‘ekt sifatida namoyon
boʻladi. Inson oʻz-oʻzisiz faqat tashqi muloqot sub‘ekti sifatida namoyon boʻlishi mumkin emas. Shuning
uchun ham u oʻzini tushungandagina, oʻzgalarni anglashga qodir boʻladi.
Oʻquv jarayonidagi odatiy muammoli vazifalarni yechishda, oʻquvchilarning bilim zahiralarini
hisobga olish, ularning aqliy faoliyat koʻlamini kengaytirishni nazarda tutish muhim ahamiyatga ega.
Muammoli ta‘lim vaziyatlarida oʻquvchi mustaqil izlangan holda koʻplab axborotlar ichidan muhimlarini
tanlab, uygʻunlashtirgan holda oʻzlashtiradi. Natijada oʻquvchilarda yangi bilim, koʻnikma va malakalar
shakllanadi, ular oʻz farazlarini ilgari suradilar, mustaqil izlanishga ehtiyoj sezadilar.
A
anor
1 13 14 17
93
Integrativ yoshdashuvning vazifalari orasida markaziy oʻrinni oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini
rivojlantiruvchilik vazifasi egallaydi. Darslarni integrativ yondashuv asosida tashkil etish eskirgan
usullardan voz kechishni taqozo qiladi. Bunday integratsiya natijasida oʻquv jarayonida sifat oʻzgarishi
vujudga keladi.
Ta‘lim jarayonida integrativ yondashuvning ijobiy natijalari sifatida quyidagilar ajratiladi:
1.
Oʻquvchilarning oʻrganilayotgan materialning nisbatan tugallangan qismi chuqur va
mustahkam oʻzlashtirishlari ta‘minlanadi.
2.
Oʻquvchilarni faoliyatning turli tuman koʻrinish va shakllariga jalb qilish, faoliyatni tashkil
etishning yalpi, guruh va yakka shakllarini maqbul tarzda birga qoʻshib olib borish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratiladi.
3.
Oʻqituvchi va oʻquvchilarning birgalikda ijod qilishlariga keng imkoniyatlar yaratiladi.
4.
Oʻqituvchi dars jarayonida oʻquvchilar faolligini ta‘minlaydigan shakllarga integratsiya qilish
imkoniga ega boʻladi.
5.
Oʻquvchilarning yosh, aqliy, jismoniy xususiyatlari va qiziqishlarini hisobga olish uchun
shart-sharoitlar yuzaga keladi.
Muhokama qilinayotgan masala boʻyicha kuzatishlar tahlilida dars jarayonining sifat
xususiyatlarini aniqlash uchun an‘anaviy ta‘limning koʻzga tashlanadigan jihatlarini interfaol ta‘lim bilan
taqqoslashga harakat qildik. Tahlillarimiz quyidagilarni koʻrsatdi:
An‘anaviy ta‘lim quyidagi xususiyatlarga ega:
− reproduktiv xususiyat, uning asosida predmetni markazlash yotadi;
− fanda aniq tasdiqlangan tushunchalarni oʻrgatish;
− turli xil qarashlarni, atamalarni oʻquv jarayoniga olib kirmaslik;
− oʻquvchilarga muayyan tushunchalar boʻyicha aniq ta‘riflar berish;
– koʻp miqdordagi keragidan ortiq axborotlarni oʻzlashtirish;
− oʻquv mashgʻulotlarining ustuvor toʻgʻridan-toʻgʻri shakllari, hurmat qilish va taqdirlash emas,
balki majburlash;
− intizomni ushlab turish;
− oʻqituvchi – boshliq, oʻquvchi – itoatkor.
Interfaol ta‘lim quyidagi xususiyatlarga ega:
− hayot uchun, jamiyatda va shaxsiy taraqqiyotda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun;
− axborotni bilish uchun emas, oʻz layoqatlarini taraqqiy ettirish asosida muhim kompetensiya,
uslub, fikrlash va faoliyat yoʻllarini oʻzlashtirish;
− oʻquvchining oʻziga ta‘lim-tarbiya natijalariga erishish jarayonini rejalashtirish va doimiy
oʻzini-oʻzi baholash jarayonida takomillashtirish imkonini berish;
− natijalarga erishish uchun shaxsiy vaj va javobgarlik asosida oʻquvchilarning mustaqil, oʻquv
faoliyatini tashkil etishning turlicha shakllari;
− oʻqituvchi boshliq emas, balki oʻquvchining qiziqishlari va qobiliyatlariga mos ravishda
jamiyatda, madaniyatda oʻrin egallashiga yordamchidir;
− oʻqituvchi ishining sifati uning oʻquvchilarni jamiyat talablari doirasida ta‘lim-tarbiya
natijalariga erishishga yoʻnaltirilgan faoliyatini baholashga imkon beruvchi koʻrsatkichlar tizimi orqali
aniqlanadi.
Mohiyatiga koʻra interfaollik oʻquvchilarning bilim, koʻnikma, malaka va muayyan axloqiy
sifatlarini oʻzlashtirish yoʻlida birgalikda, oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga
egaliklarini anglatadi. Interfaollik ijtimoiy sub‘ektlarning suhbat, oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakat,
faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi. An‘anaviy ta‘lim ham suhbatga asoslangan va bu suhbat
―oʻqituvchi-oʻquvchi‖, ―oʻqituvchi-oʻquvchilar jamoasi‖ shakllarida tashkil etiladi. Interfaol ta‘lim oʻqitish
jarayonining asosiy ishtirokchilari – oʻqituvchi, oʻquvchi va oʻquvchilar jamoasi oʻrtasida yuzaga
keladigan hamkorlik, qizgʻin bahs munozaralar, oʻzaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil
etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda
yechimlarni birgalikda izlash, oʻquv materiallarini oʻzlashtirishda oʻquvchilarning oʻzaro hamkorliklarini
yuzaga keltirish, ―oʻqituvchi – oʻquvchi – oʻquvchilar jamoasi‖ning oʻzaro bir-birlarini hurmat qilishlari,
tushunishlari, samimiy munosabatda boʻlishlari bilan tavsiflanadi.
Oʻqituvchi interfaol ta‘lim yordamida oʻquvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik,
oʻzini-oʻzi nazorat, oʻzini-oʻzi boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash,
ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, murakkab vaziyatlardan chiqa
olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq boʻladi.
94
Koʻrinadiki, innovatsion ta‘lim sharoitida oʻqituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga,
muammolar boʻyicha mushohada yuritishga, muammolarni oʻz vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega
boʻlishi kerak. Ta‘limning an‘anaviy va innovatsion shakllarini uygʻunlashtirgan holda dars jarayoni
oqilona tashkil qilish oʻquvchilarni mustaqil ravishda tahlil qilish orqali bilimlarni oʻzlashtirishga, ijodiy
mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga, nutq va tafakkurini rivojlantirishga
imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |