95
TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi;
TK3-o‗zini-o‗zi rivojlantirish kompetensiyasi;
TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;
TK5-milliy va umummadaniy kompetensiya
;
TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‗lish hamda foydalanish
kompetensiyasi;
FK-fanga oid kompetensiyalar:
FK1- Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‗zaki bayon qilish, o‗qish, fikrni
yozma bayon qilish) ;
FK2-Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi. Nima uchun ona tili ta‘lim jarayoniga
kompetensiya tushunchasi kerak? Ona tili ta‘lim jarayoniga kompetensiya tushunchasining kiritilishi shu
kunga qadar o‘qitish amaliyotida uchraydigan nazariy bilim bilan undan amaliyotda foydalanish
o‘rtasidagi uzilish, ya‘ni o‘quvchi nazariy bilimga ega bo‘lgan holda , undan muammoli vaziyatlarda
foydalanishga qiynalish holatlarini bartaraf qiladi. Kompetensiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning
tinglab tushunish, so‘zlashish, suhbatga kirisha olish , gaplarni ohangiga rioya qilgan holda ifodali o‘qiy
olish , o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha olish, video va audio( multimedia ilovalari )
matnlarini, topshiriqlarini tinglab tushuna oladi. Masalan 2-sinf ona tili darsligidagi Shaxs va narsa
belgisini bildirgan so‘zlar mavzusini olamiz. 228-mashq [2] . O‘qing. Narsaning belgisiga qarab
topishmoqning javobini toping .
Usti yo‘l-yo‘l, sariq, ko‘k,
Beqasamga o‘xshaydi.
Shirinligi til yorar,
Hidi o‘tkir bo‘yi past
Bu mashqda o‘qituvchi mashqni intonatsiya orqali o‘qigan holda o‘quvchilarga yuzlanadi .
Topishmoqning jumboqlari alohida takidlanadi. O‘quvchilar e‘tibor beramiz sariq-ko‘k, hidi o‘tkir, bo‘yi
past. Xo‘sh o‘quvchilar qanday ekan rangi? Nimaga o‘xshar ekan? Shirinligi qanday ekan? Sizlar uni
ko‘rganmisizlar? Kabi savollar orqali ham o‘quvchilarning darsda faol bo‘lishi, fikrlarini bemalol bayon
eta olishlariga erishishimiz mumkin. Aynan mana shu mashqda biz tayanch kompetensiyalardan TK3-
o‗zini-o‗zi rivojlantirish kompetensiyasi; TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasilarni qo‘llashimiz
mumkin. Yoki shu mavzuda berilgan uyga vazifaga yuzlansak. 229-mashq. O‘zingiz yoqtirgan gulning
belgilarini yozing. Bu mashq orqali o‘quvchilarni o‘quvchilar mustaqil fikrlashga va matnni ongli
o‘qishga harakat qiladilar. 229- mashq uchun biz fanga oid kompetensiya: FK1- Adabiy-nutqiy
kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‗zaki bayon qilish, o‗qish, fikrni yozma bayon qilish) ni
olishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: