O. X. Xamidov universitet rektori, rais


O‘zbek xalqi yozuvlari tarixi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

O‘zbek xalqi yozuvlari tarixi 
Xalqimiz o‘z tarixi mobaynida bir qancha yozuvlar bilan ish ko‘rgan.Bu yozuvlar xalqning 
o‘tmish hayoti, turmush tarzi, madaniyati, ma‘naviy qarashlari haqida xabar beradi.Yozuvlarimizni 
tarixan quyidagicha guruhlanadi: 
1.Bundan uch ming yilcha oldin ― Avesto‖ yozuvi bo‘lgan. 
2. Eramizdan avvalgi VI-IVasrlarda oromiy va mix (mixat) yozuvlari ishlatilgan. 
3. Oromiy yozuvi asosida so‘gd va xorazm yozuvlari kelib chiqqan. 
4.V-VIII asrlarda qadimgi turkiy yozuv amalda bo‘lgan. 


107 
5.VI-VII asrdan XV asrgacha uyg‘ur yozuvi qo‘llanilgan. 
6. Arablar istilosidan XX asrgacha arab yozuvi iste‘molda bo‘lgan. 
7.XX asrda esa lotin va rus alifbosi asosidagi yozuvlar amalda bo‘ldi.  
Qadimgi turkiy yozuv so‘g‘d yozuvi asosida yaratilgan.Bu yozuvni turkiy xalqlarning
o‘zlari yaratganligi uchun qadimgi turkiy yozuv nomini olgan.Mazkur yozuvni turkiy xalqlarning
o‘zlari dulbarchin deb nomlaganlar.Uning dastlabki namunalari O‘rxun va Yenisey daryolari
havzalaridan topilgan, shuning uchun O‘rxun-Enasoy yozuvlari deb ham nomlanadi. Qadimgi turkiy
yozuv V-VIII asrlarda keng iste‘molda bo‘lgan. Ammo XI asrdan keyin qadimgi turkiy yozuv
butunlay iste‘moldan chiqqan.Qadimgi turkiy yozuvning yodgorliklari rang-barang bo‘lgan. Bu
yodgorliklar bizgacha ko‘proq qabr toshlariga yozilgan bitiklar orqali yetib kelgan. Qabr
toshlaridagi yozuvlar o‘ngdan chapga va yuqoridan pastga qarab o‘qiladi.Qadimgi turkiy yozuzning
qog‘ozga bitilgan namunasi ―Irq bitigi‖ (―Ta‘dirboma‖) dir.Bu yozuv namunalari O‘zbekiston
hududidan ham topilgan. Jumladan: 1988-yilda Andijon viloyati Marhamat tumani yaqinidagi
Lo‘mbitepa yod gorligidan ko‘za topilgan bo‘lib, uning bandi sirtiga pastdan yuqoriga yo‘nalgan
turkiy yozuv o‘yib tushirilgan. Bu yozuv O‘rxun-Enasoy obidalaridan yosh jihatdan 1-2 asrga
qadimiyroq hisoblanadi. O‘rxun-Enasoy, uyg‘ur, so‘g‘d yozuvlari hozirgi turkiy tillarning barchasi
uchun umumiy sanaladi.
Uyg‘ur yozuvi so‘g‘d yozuvi asosida VI-VII asrlarda shakllangan.Uyg‘ur yozuvida 18 ta
harf bo‘lib, har bir harf 3 tadan ko‘rinishga ega (ya‘ni so‘z boshi, so‘z o‘rtasi, so‘z oxiri) Uyg‘ur
yozuvi o`ngdan chapga qarab o`qiladi, undagi barcha harflar qo`shib yozilish imkoniyatiga ega.Bu
yozuv XV asrgacha arab yozuvi bilan yonma-yon qo`llanilgan. Ammo XVI asrdan, ya`ni
shayboniylar hukmronligi davrida iste`moldan chiqqan, fa qat Xitoydagi urg`urlar orasida
davom etgan . Uyg‘ur yozuvi yozilgan eng qadimgi turkiy yodgorlik Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg`u
bilig‖ dostonining Vena shahri kutubxonasida saqlanayotgan nusxasidir. Shuningdek, ―Hibbat-ul 
haqoyiq‖ ning ikki nusxasi, Xorazmiy ―Muhabbatnoma‖sining bir nusxasi, hatto
XV asrda ko`chirilib bir to`plamga kiritilgan Lutfiyning bir necha g`azallari uyg‘ur yozuvi
yozilgan.
VIII asrdan O‘rta Osiyoda arablar hukmronligi boshlandi. Shu davrdan boshlab
XX asrning 30-yillarigacha arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvi qo‘llanilgan. Arab
yozuvi 800yil mobaynida uyg‘ur yozuvi bilan yonma-yon ishlatib kelindi. Bu yozuv xalqimiz
tarixida eng uzoq (taxminan 1200 yil) hukm surgan hisoblanadi. Arab yozuvida 28 ta harf bo‘lib, 
harflar 4 tagacha ko‘rinishga ega ,ya‘ni so‘z boshi, so‘z o‘rtasi, so‘z oxiri va mustaqil ko‘rinish. 
Fors-tojik va turkiy xalqlar bu alifboga 4 ta ,ya‘ni p, ch, j, g harflarini qo‘shib, o‘zlariga
moslashtirilganlar. Shuning uchun arab alifbosi asosdagi eski o‘zbek yozuvida 32 ta harf bo‘lgan. 
Arab yozuvi ham o‘ngdan chapga qarab yoziladi. Undagi ayrim harflar o‘zidan keyingi harfga
qo‘shilib yozish imkoniyatiga ega.Arab yozuvidagi qadimgi turkiy yodgorliklar XI asrga oiddir.
Bular Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg‘u bilig‖ dostonning Qohira va Namangan nusxalari hamda
Mahmud Qoshg‘ariyning ―Devoni lug‘otit turk‖ asarlaridir. Arab yozuvi o‘zbek tili tabiatiga va
fonetikasiga u qadar mos emas edi. Jumladan, arab yozuvidagi ayrim harflar o‘zbek tilida
bo‘lmagan tovushlarni ifoda etar edi. Aksincha, o‘zbek talaffuzining ayrim tovushlarini ifodalash
uchun maxsus harflar qabul qilmagan edi. XX asrdan boshlab tilimizda ruscha o‘zlashma so‘zlar, 
tabiiy va aniq fanlarga oid ilmiy atamalar kirib kela boshladi. Arab yozuvi bunday ruscha so‘zlar
va atamalarni yozish uchun ham uncha qulay emas edi. XX asrning 20-yillaridan keyin lotin
yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tish harakati boshlandi. Natijada arab yozuvidan voz
kechildi.Arab yozuvidan voz kechilgach,1929-30-yildan 1940-yilgacha lotinlashtirilgan alifbo
amalda bo`lgan. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish