O. X. Xamidov universitet rektori, rais


TARIX DARSLARIDA ELEKTRON DARSLIKLARDAN FOYDALANISHNING



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

 
TARIX DARSLARIDA ELEKTRON DARSLIKLARDAN FOYDALANISHNING 
AHAMIYATI 
Akramov A.A., G„ijduvon tumani
46-maktab tarix fani o`qituvchisi 
Hozirgi tezkor axborot, globallashuv jarayoni biz - tarix fani o`qituvchilari zimmasiga juda katta 
vazifani yuklaydi, bu ham bo‗lsa yoshlarni axborot bo‗ronlaridan himoya qilish. Bugungi kunda ilg‗or 
o`qituvchi zamonaviy axborot-kommynikatsiya texnologiyalaridan foydalanmasdan dars o`tishini 
tasavvur etish mumkin bo`lmay qoldi, chunki hozirgi tezkor davrda o`quvchilar diqqatini ilm olishga 
qaratish uchun quruq doska va bo`r yoki ikkita plakat kamlik qiladi. Dars jarayonida AKTdan foydalanish 
ta`lim samaradorligini oshiradi: ko`rgazmalar- xarita, rasm, jadval tayyorlashning imkoniyati cheksiz 
bo`ladi, bu birinchidan, ikkinchidan esa, o`qituvchning vaqti, mablag`i tejaladi, o`quvchilar faolligi 
oshadi, nafaqat iqtidorli o`quvchilar, balki past o`zlashtiruvchilarning ham darsga bo`lgan qiziqishi 
ortishini tajribalar ko‗rsatmoqda. 
Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari ta‘lim jarayonining samaradorligini oshirishi 
uchun yangi imkoniyatlar ochib berilmoqda. 
Mehnat 
bozorida 
muvoffaqiyatga 
erishish 
uchun 
mutaxassis 
axborot-kommunikatsion 
texnologiyalarning turli imkoniyatlaridan erkin foydalana olishi kerak. Zamonaviy ta‘lim muhitini 
shakllantirish sohasida ko‗plab tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki, axborot-kommunikatsion texnologiyalarni 
o‗quv jarayoniga samarali qo‗llash kerak, shu jumladan, tarix darslarida ham. Zero, ―Zamona ilmu 
fanidan bebahra xalq boshqalarga poymol bo‗lur‖, degan edi ma‘rifatparvar allomalarimizdan 
Mahmudxo‗ja Behbudiy. 
Tan olishimiz kerakki, tarix fani uchun elektron darslik va multimediali dasturlar juda kam, biroq, 
izlanuvchan pedagoglarimiz taqdimotlar dasturi (Power Point) dan foydalangan holda dars o`tishmoqda. 
Tarix daslarida elektron darsliklardan foydalanishning zarurati quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 
1. O‗quvchilarda bilimlarni aniq tizimli shakllantirish. 
2. Darslarning ko‗rgazmaliligi oshishi. 
3. O‗quvchilar qiziqishining ortishi va mustaqil izlanishning tashkil etilishi. 
4. Shaxs sifatlarining shakllanishi.
Elektron darslikdan foydalanish o‗quvchida o‗z-o‗zini nazorat qilish va tartibli ishlashni hosil 
qiladi, ma‘suliyat va javobgarlik hissi ortadi. 
Elektron darslikdan foydalanish jumladan, quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: 

har bir o‗quvchiga bilim olishda o‗z yo‗nalishini ta‘minlovchi ochiq ta‘lim tizimini shakllantirish; 

o‗quvchilarda tizimli fikrlashni shakllantirib, ta‘lim jarayonini tashkil etishni tubdan o‗zgartirish; 

o‗quv-tarbiyaviy jarayon davomida o‗quvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil 
etish; 


119 

kompyuterdan o‗quv jarayonini individuallashtirish maqsadida foydalanish va umuman yangi 
idrok etish vositalariga murojaat etish; 
Ta‘limning oddiy texnik vositalaridan farqli ravishda, elektron darslikdan foydalanish 
o‗quvchilarga ko‗p sonli tayyor, qat‘iy tanlab olingan, tegishli ravishda tashkil etilgan bilimlarni taqdim 
etish bilan bir qatorda, o‗quvchilarning intellektual, ijodiy qobiliyatlarini, yangi bilimlarni mustaqil 
egallash, turli axborot manbalari bilan ishlash malakalarini rivojlantirishga imkon beradi. 
Elektron darsliklardan foydalanish quyidagi didaktik masalalarni hal etishga yordam beradi: 

fan bo‗yicha tayanch bilimlarni o‗zlashtirish; 

o‗zlashtirilgan bilimlarni tizimlashtirish; 
o imtihon muhitiga psixologik tayyorlash; 

juda chalkash savollarga javob berishga o‗rgatish; 

AKTdan foydalanib, o‗quv materiali bilan mustaqil ishlash ko‗nikmalarini shakllantirish; 

o‗zini nazorat qilish ko‗nikmalarini shakllantirish; 

umuman o‗qishga va fanni o‗zlashtirishga motivatsiyani shakllantirish; 

o‗quvchilarga o‗quv materiallari ustida mustaqil ishlashlarida o‗quv-metodik yordam ko‗rsatish; 

qulay ta‘lim muhitini va axborot manbalarini mustaqil tanlash va izlash imkoniyatlarini 
ta‘minlash, ya‘ni o‗quvchini imtihonlarga qisqa vaqtlarda tayyorlash, shu jarayon davomida unda 
ko‗plab foydali umumta‘lim ko‗nikmalarini shakllantirish; 

eng asosiysi, mustaqil, erkin fikrni rivojlantirish. 
Faoliyatning yangi turi, kompyuter bilan ishlashga qiziqish hisobiga ta‘lim sifatini oshirish 
multimediya texnologiyalaridan foydalanish ustunliklaridan biri hisoblanadi. Fan bo‗yicha 
mashg‗ulotlarda kompyuterdan foydalanish mashg‗ulotni yanada ko‗rgazmali va qiziqarli qilib 
o‗quvchilarning faol va anglagan holda ish yuritishlarini tashkil etishning yangi metodi bo‗lib qolishi 
mumkin. 
Tarix fani bo‗yicha to‗garak mashg‗ulotlarida AKTdan foydalanish: 
-o‗qituvchi va o‗quvchilarning faoliyatlarini jadallashtirishga imkon beradi; 
- fanga o‗qitish sifatini oshirish; 
- ko‗rgazmalilik tamoyilini hayotga amaliy tatbiq etib, obyektlarning muhim tomonlarini aks 
ettirish; 
- o‗rganilayotgan obyektlar va tabiiy hodisalarning eng muhim xususiyatlarini (o‗quv maqsadlari 
va vazifalari nuqtai nazaridan) ko‗rib chiqish imkonini beradi. 
Fanlar bo‗yicha materiallarni eng samarali taqdim etish shakllariga elektron darsliklar 
taqdimotlarini kiritish zarur. Ushbu ishni tashkil etish shakli o‗quv materialini algoritmik tartibda to‗la 
tizimlashtirilgan axborotlar bilan to‗ldirilgan yorqin tayanch namunalar tizimi sifatida taqdim etish 
imkonini beradi.Ushbu holatda o‗quvchilarning idrok etishning turli kanallari ishtirok etadi, bu esa 
axborotni o‗quvchi xotirasiga faqat faktografik emas, balki assotsiativ ko‗rinishda berilishiga imkon 
yaratadi. 
Darslarda elektron darsliklardan foydalanish o‗quv-tarbiyaviy jarayonda o‗quvchining diqqat, 
xotira, fikrlash faoliyatini faollashtirib, psixologik aniq rejimlar, ta‘lim va pedagogik o‗zaro 
munosabatlarni insonparvarlashtirish, yaxlitlik nuqtai nazaridan ta‘lim jarayonini shakllantirish asosida 
qurishga imkon beradi. Mavzuni o‗rganishning har qanday bosqichida va darsning har qanday bosqichida 
multimediyali taqdimotlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytganda, ta‘lim sohasida AKT dan foydalanish dars samaradorligini oshirishni 
ta‘minlashda ta‘lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarini jadallashtirisho‗quvchini har tomonlama 
rivojlantirish; axborot jamiyati sharoitlarida maktab bitiruvchilarini hayotga tayyorlash; global 
axborotlashtirish jarayonlari sababli kelib chiquvchi ijtimoiy buyurtmani bajarish kabi vazifalarni amalga 
oshirish imkonini beradi. 
Elektron darslikdan foydalanish nafaqat o‗qituvchi mehnatini osonlashtiradi, balki past 
o‗zlashtiruvchi o‗quvchilarni ko‗proq darsga jalb qilishga, o‗quvchining uyda mustaqil dars tayyorlashini 
zerikarli emas, balki qiziqarli bo‗lishiga imkon beradi. Bu esa sinf samaradorligi oshishiga olib keladi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish