120
BOSHLANG‗ICH TA‘LIMDA O‗QITUVCHI QANDAY XISLATLARNI O‗ZIDA
MUJASSAM QILISHI KERAK?
Xodjayeva Dilafiruz, Qorako„l tuman
9- maktab boshlang„ich sinf o„qituvchisi
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin misli ko‗rilmagan ulkan ishlar, islohotlar boshlanib
ketdi. Ular orasida eng asosiy vazifalardan biri uzluksiz ta‘lim tizimining yuzaga kelishi va unda tub
o‗zgarishlarni amalga oshirilishi bo‗ldi. Shu jihatdan O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Islom Karimov asarlarida ta‘lim – tarbiya masalalariga alohida e‘tibor berilganini quvonch bilan ta‘kidlab
o‗tishni istar edim. Mustaqillik tufayli mamlakatimizda ta‘lim sohasi tubdan isloh etildi. ‖Ta‘lim
to‗g‗risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ qabul qilindi. Ularda ta‘lim-tarbiyaga
qo‗yilayotgan yangicha talablar o‗ziga xos ifoda topdi. Islom Karimov ―Yuksak ma‘naviyat yengilmas
kuch‖ asarida degan edi, ‖Shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi,
boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‗lishi, farzandlarimizning bugun qanday ta‘lim
va tarbiya olishiga bog‗liq‖. Bundan kelib chiqadigan xulosa, bola-boshdan degan gapga amal qilib,
tarbiyani oiladan boshlash boshlang‗ich ta‘limga e‘tiborni kuchaytirish lozim. Boshlag‗ich ta‘limga eng
kuchli, bilimli, salohiyatli va tajribali o‗qituvchilarni jalb qilish darkor. Boshlang‗ich sinf o‗qituvchisi
bola bilan har tomonlama ishlay olishi, boladagi barcha o‗zgarishlarni psixolog nuqtai nazaridan baholay
olishi va bola psixologiyasidan kelib chiqib dars mashg‗ulotlarini tashkil etish lozim. O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyevning
2018-yil
28
dekabrdagi
Oliy
Majlisga
Murojaatnomasida ta‘kidlaganlaridek: ―Umumiy o‗rta ta‘lim tizimini bugungi kun talablari asosida
tashkil etish, farzandlarimizning har tomonlama kamol topishi uchun barcha sharoitlarni yaratish lozim.
Hozirgi kunda faqat o‗qituvchi mehnati va mahoratiga asoslanib tashkil etilgan ta‘lim yaxshi samara
bermasligi hech kimga sir emas‖.
Endi o‗qituvchining asosiy vazifasi o‗quvchiga tayyor bilim berish emas, balki bilimlarni mustaqil
egallashlariga ko‗maklashishdan iborat. Buning uchun o‗quvchilarning o‗z qobiliyati va imkoniyatlarini
to‗la-to‗kis namoyon etishlari va butun kuch –g‗ayratlarini bilim olishga sarflashlari uchun imkon
beradigan darajada ta‘lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish zarur. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev
ta‘kidlaganlaridek,‖Biz ta‘lim va tarbiya tizimining barcha bo‗g‗inlari faoliyatini bugungi zamon talablari
asosida takomillashtirishni o‗zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Haqiqatdan ham hozirgi
vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‗qotmaydigan bo‗lib
qolmoqda. Buning uchun, avvalo, boshlang‗ich sinflarda o‗sib kelayotgan yosh avlodga mukammal
ta‘lim-tarbiya berish zarur. Boshlang‗ich sinf o‗qituvchilari kuchli pedagogik mahoratga ega bo‗lishlari
shart. Ular o‗quvchilarni to‗la darsga qamrab olishlari, dars jarayoniga qiziqtira olishlari lozim.
Uzluksiz ta‘lim jarayonida har bir o‗qituvchi innovatsion usullardan foydalana olishi, uni
amaliyotda tadbiq eta olishi lozim. Bu jarayonda o‗qituvchiga qo‗yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
-innovatsion texnologiya tushunchasini uning mazmun-mohiyatini bilishi;
-innovatsion texnologiyalarning ta‘lim maqsadini amalga oshirishdagi o‗rni va rolini bilishi
-innovatsion texnologiyalarni fanlar bo‗yicha qo‗llash prinsiplarini bilishi;
-ta‘limiy va ishchanlik o‗yinlarini bilishi;
-muammoli rivojlantiruvchi ta‘lim metodlarini bilishi;
-o‗quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta‘minlash yo‗llarini bilishi;
-o‗quvchilarning o‗z ustida mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullarini egallashi;
- ko‗rgazmali o‗qitish usullarini bilishi va egallashi.
Uzluksiz ta‘lim tizimini takomillashtirishda boshlang‗ich ta‘lim sifatini tubdan oshirish, bolalarni
kichikligidanoq kitob o‗qishga qiziqtirish masalasi ham bevosita o‗qituvchilarga bog‗liq. Boshlang‗ich
sinf o‗quvchilari har bir darsga innovatsion yondashishlari kerak. O‗qituvchi o‗quvchilar bilan pedagogik
hamkorlik qilishi lozim:
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 23 dekabrdagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasida ta‘kidlaganlaridek: ―Ko‗plab ota-onalar, o‗qituvchi va o‗quvchilar hamda
keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida yurtimizda 11 yillik ta‘lim qayta tiklandi.
Joylardagi o‗qituvchilarga bo‗lgan ehtiyojni qoplash uchun Toshkent viloyatida Chirchiq davlat
pedagogika instituti tashkil etildi . Bundan tashqari, 15ta oliy ta‘lim muassasida tashkil etilgan maxsus
sirtqi bo‗limlarda o‗rta maxsus ma‘lumotga ega bo‗lgan 5 mingdan ortiq pedagoglar uchun oliy ma‘lumot
olish imkoniyati yaratildi».
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, boshlang‗ich ta‘limning mamlakatimizda islohiy o‗zgarishlar
davrida, ya‘ni uzliksiz ta‘lim tizimidagi o‗rni va ahamiyati yuksak darajaga ko‗tarildi. O‗qituvchilarning
121
moddiy va ma‘naviy mafkurasi oshdi. Ular yangi davr talablaridan kelib chiqqan holda o‗quvchilarni
o‗quv jarayonida fanga va bilim olishga bo‗lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo‗lishini ta‘minlashlari
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |