O. X. Xamidov universitet rektori, rais


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA JISMONIY MASHQLAR



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA JISMONIY MASHQLAR 
YUKLAMASINING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI 
Qurbonov F.F. BuxDU
7-1JM-18 guruh talabasi 
Yuklama me`yori –bu muayyan hajm va tezliklar o`lchamlarining yig‘indisidir. Me`yor-ma`lum bir 
zaruriy vazifani hal qilish uchun aniq o`lcham hisoblanadi. Boshqacha so`zlar bilan aytganda, Yuklama 
me`yori deb, jismoniy tarbiyada sog‘liqni mustahkamlash, harakat ko`nikma va malakalarni egallash 
uchun harakat faolligi hamda jismoniy tayyorgarlikning eng maqbul darajada ushlab turilishini 
ta`minlaydigan yuklama hajmi tushuniladi.
Yuklamaning chegarali normasi quyidagi o`lchamlardan iborat:
A)samarali ritvojlantirish uchun: maksimal shiddatli kuchlanishga (qarshilikka) ko`ra 50-80% yoki 
qayta takrorlash soni 8-20; seriyalar oralig‘ida 40-60 soniya, bitta mashg‘ulotda hajmi har bir mushak 
guruhiga 3-seriyadan (13-15 daqiqa) haftalik tsiklda 2-4 marta qisqa vaqtda takrorlash.
B)samaradorlikni ushlab turish uchun: shiddati maksimalga ko`ra 50-80% yoki qayta takrorlash 
soni 8-20; 20-30 soniya seriyalar oralig‘ida bitta mashg‘ulotdagi hajmi 2 seriyada har bir mushak 
guruhiga (6-7 daqiqa), haftalik tsiklda 2-4 martadan qisqa vaqt ichida takrorlash.
Jismoniy yuklamalarni bajara olish mumkin bo`lgan me`yordan bir oz oshirib yuborilsa, darhol 
shug‘ullanuvchilarning salomatligiga zarar etish havfi tug‘iladi va g‘oyat zo`r sog‘lomlashtirish omili 
bo`lgan jismoniy mashqlar salbiy natijalar berishi mumkin.
Jismoniy mashqlarni bajara olish, bir tomondan shug‘ullanuvchilarning imkoniyatlariga bog‘liq 
bo`lsa, ikkinchi tomondan, ularning o`zlari uchun xos bo`lgan (bu muvofiqlashtirishdagi murakkablik 
intilishning shiddati. qancha vaqt davom etishi va hokozo) xususiyatlarga, biron-bir mashqni bajarish 
paytida sodir bo`ladigan ob`ektiv qiyinchiliklarga bog‘liq bo`ladi.
Ana shu ikki omilning (imkoniyat va qiyinchilik) bir-biriga to`la muvofiq kelishi bajara olishning 
optimal me`yorini ifoda etadi. Mana shu me`yorni aniq belgilab olish va unga amal qilish jismoniy 
tarbiyaning eng muhim va murakkab muammolaridan biridir. Uni hal etish uchun kishining yosh jihatidan 
ulg‘ayib borishida turli bosqichlarida organizmning funktsional imkoniyatlarini to`la tasavvur etish, 
shuningdek, kishining jinsiga, individual xususiyatlariga va tashqi sharoitlarga aloqador bo`lgan mana shu 
imkoniyat chegarasini bilish, jismoniy tarbiyaning har xil vositalari va uslublari bilan organizmga 
qo`yiladigan talablarning xususiyatlari to`g‘risida aniq ma`lumotlarga ega bo`lish va ularni 
shug‘ullanuvchining imkoniyatlari bilan amalda to`g‘ri muvofiqlashtira bilish lozim .O`qituvchi bajara 
olish me`yorini belgilar ekan avvalo ilmiy ma`lumotlar va umumlashgan amaliy tajribalar asosida 
shug‘ullanuvchilarning biron-bir guruhi uchun belgilanadigan dastur va me`yoriy talablarga asoslanadi.
Maktabdagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida shuni namoyon etish bilan bog‘liq bo`lgan mashqlar 
ham ishlatiladi. Shuning uchun ularni to`g‘ri me`yorlash lozim. Kam yuklama belgilangan natijani 
bermaydi, haddan tashqari ko`pi esa bolalar sog‘ligini yomonlashtiradi.
Jismoniy mashqlarning yuklamalanishi quyidagi ko`rsatkichlar bilan aniqlanadi: mashqni o`ziga 
xos xususiyatlari, bajarilish shiddaati, ishning davom etishi, alohida mashqlar oralig‘idagi dam olish 
xususiyati va ularning takrorlanish soni. Bu jarayonlarning nisbati mashqlarning yuklamasini, 
mashqlarning hajmini, yo`nalishi va organizmning ta`sirini aniqlaydi.
Yuklamalarning haftalik,oylik, yillik to`lqinsimon tebranishlari, ularning dinamik to`g‘ri chiziq 
zinapoyali shakllari o`zi gtsyoki bir fan vazifasini o`taydi.
L.E.Lyubomirskiy maktab o`quvchilariga beriladigan jismoniy mashqlar yuklamasining ta`sirini 
baholashda 5 bosqichli turkumlardan foydalanishni taklif qilgan:


82 
I-bosqich. Mashqlar bajarilishi shiddatining sust bo`lishi(taxminan 20-30%).Bu bosqichda ish juda 
uzoq vaqt bajarilishi mumkin;
II-bosqich. Mashqlar bajarilishi shiddatining o`rtacha bo`lishi (taxminan 50%). Bu bosqichda 
jismoniy mashqlar bajarish rejimi umumiy chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi;
III-bosqich. Mashqlar bajarilishi shiddatining katta bo`lishi (taxminan 70%). Bu bosqichda maktab 
o`quvchilari organizmidagi mushaklar ko`proq kuchlanish bilan ishlaydi. B bosqichda bajariladigan 
mashqlar davomiyligi 4-5 daqiqadan ortmasa-da, nafas olish sur`ati va boshqa ko`rsatkichlar muhim 
ahamiyatga ega;
IV-bosqich. Mashqlarning bajarilish shiddati submaksimal (taxminan 80%).;
V-bosqich. Mashqlarning bajarilishi shiddatining maksimal bo`lishi (taxminan 100%).Maksimal 
tezlikda, yuqori sur`at va kuchlanishda bajariladigan mashqlar ish tartibiga to`g‘ri keladi.
Yuklama hajmi hamma sport turlari uchun foydalanishga yaroqli bo`lgan ikkita umumlashgan 
ko`rsatkich bilan aniqlanadi;
1. Musobaqa va mashg‘ulot faoliyati uchun sarflangan vaqt (soati, soni, kun, hafta va boshqalar).
2.Mashg‘ulotlar soni (tsikl,bosqich,davrlar).Yuklamaning bajarilish shiddatiga ko`ra uni 
turkumlash masalalarini hal etishga doimo katta e`tibor berish zarur.
Hozirgi vaqtgacha jismoniy tarbiyaning aralash darslari tizimida o`quvchilarning yoshi, jinsi, 
individual xususiyatlarini hisobga olgan holda yuklamaning optimal me`yorini aniqlash etarli darajada 
o`rganilmagan. Ko`p mutaxassislar o`quv mashq jarayonida haddan ziyod yuklama berilishi, 
mashqlarning shiddatli bajarilishi shug‘ullanuvchilar organizmida salbiq o`zgarishlar paydo bo`lishiga 
olib kelishini ko`rsagan. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish