74
Integrastiyallangan ta‘limning foydali va zararli tomonlarini o‘rganib quyidagi xulosaga keldik:
shunga qaramasdan integrastiyada bolalarning ta‘lim olishiga imkon beruvchi texnologiyalarining
mavjud.
Ta‘lim integrastiyasining imkoniyatlari bu tor ma‘noda axborotli mutaxassis tayyorlash
uchun
sharoit
yaratish, ijodiy shaxsi esa dunyoni to‘la bilish va sostial va proffessional sferada aktiv ishtirok
etish layoqati shakllanadi. Ta‘lim tizimi insonga katta talab qo‘ymoqda, shu sababli ta‘lim sifatiga va
o‘qituvchining dars o‘tish sifatini tinmay oshirish vazifasi, berilgan bilim sifati va boshqa predmetlar
orasidagi aloqalar integrastiyallangan ta‘lim hisobiga amalga oshiriladi.
BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA OʻQUVCHILARNING NUTQINI
RIVOJLANTIRISH
Raxmanova D.K.Xorazm viloyati Urganch shahar
7- sonli maktabning Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
Oʻquvchilarning ona tiliga oid bilim, koʻnikma va malakalari ular oʻquv
mehnatining asosiy
vositasidir. Oʻquvchilar oʻqish koʻnikmalarini egallashlari uchun birinchi navbatda ona tili boyliklarini
har tomonlama chuqur oʻzlashtirishlari kerak. Chunki nutq boyliklari oʻquvchilarning nutqi bilan bir
qatorda, aql-idrokini ham rivojlantiradi. Ona tiliga xos boʻlgan nutq boyliklarini egallamasdan turib shaxs
jamiyat hayotiga toʻlaqonli ishtirok etishi, kundalik ijtimoiy faoliyati va ishlab chiqarish jarayonida
oʻzaro hamkorlik muhitini oʻrnatishi, oʻz xalqiga xos boʻlgan san‘at va madaniyat boyliklarini
oʻzlashtirishi mumkin emas.
Shuning uchun ham, ayniqsa, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari oʻquvchilarning ona tili boyliklarini
oʻzlashtirishlariga alohida e‘tibor qaratishlari talab etiladi. Agar oʻquvchilar oʻz xalqiga xos boʻlgan nutq
madaniyatini qanchalik erta egallashsa, maktab dasturidagi bilim, koʻnikma va malakalarni shunchalik tez
va puxta egallashga muvaffaq boʻladilar. Chunki nutq boyliklari oʻzaro
muloqotda ona tili
imkoniyatlaridan samarali va oʻrinli foydalanigsh imkoniyatini beradi.
Boshlangʻich ta‘lim jarayonida ona tili boyliklarini samarali oʻrgatishning qulay metodlari va
texnologiyalari amaliyotga koʻproq joriy etilmoqda.
Oʻquvchilarga ona tili boyliklarini oʻrgatish natijasida ularda oʻz fikrini grammatik jihatdan aniq
bayon qilish, stilistik me‘yorlarga amal qilgan holda fikr ifodalash va muloqotdoshining fikrini anglash,
oʻz
fikrini ogʻzaki tarzda mazmunli va ohangga rioya qilgan holda bayon qilish, imlo qoidalarini
buzmagan holda oʻz fikrini yozma tarzda ifodalash yetarlicha asos yaratadi.
Oʻzaro munosabatlarga kirishish orqali hamkorlik qilish madaniyatni oʻzlashtirishning yagona
yoʻlidir. Oʻquvchilar maktabga qadam qoʻygach ilk bor bilimlarni tizimli tarzda oʻzlashtirishlari uchun
qulay boʻlgan pedagogik vaziyat vujudga keltiriladi. Buning uchun oʻqituvchi oʻquvchilarni oʻquv
hamkorligining yangi shakliga jalb etishi lozim.
Koʻpgina mutaxassislar oʻqituvchining oʻquvchilar bilan hamkorligining oʻziga xos xususiyatlari
oʻquv mayllari va oʻquv jarayonining samaradorligiga bevosita ta‘sir koʻrsatadi deb hisoblaydilar.
Mazkur fikrni J.Gʻ.Yoʻldoshev, A.I.Bojovich, V.Ya.Lyaudis, A.A.Lyublinskaya, D.B.Elkonin kabi
mutaxassislar alohida qat‘iyat bilan ilgari surganlar. Bunday aloqadorlik oʻz navbatida oʻquvchilarga
jiddiy ta‘sir koʻrsatadi.
Oʻquv hamkorligi muammosi bilan V.Ya.Lyaudis, M.S.Soloveychik, G.A.Sukerman kabilar ham
jiddiy shugʻullanganlar. Taniqli mutaxassis G.A. Sukerman oʻquv hamkorligining oʻziga xos jihatlarini
tahlil qila turib uning muhim jihatlarini ajratib koʻrsatgan edi.
Oʻqituvchi bilan oʻquvchi hamkorligini tashkil etish shunday vaziyatlarni yaratadiki, ta‘lim
jarayoni sub‘ektlari uchun reproduktiv faoliyat koʻrsatish imkoniyatlari cheklanib, ular oʻzaro
munosabatlar va oʻquv harakatlarini amalga oshirishning yangi usullarini
mustaqil tarzda izlashga
kirishadilar. Oʻqituvchi bilan oʻquvchilarning hamkorligi ta‘lim oluvchilarni tayyor namunalardan
foydalanishni talab qiladigan vaziyatlarni farqlash, ularni yangi namunalarni yaratishga undovchi
vaziyatlarga olib kirish koʻnikmasini shakllantiradi. Buning natijasida oʻquvchilar yangi vazifalarni
yechish shartlarini mustaqil aniqlashga muvaffaq boʻladilar.
Kuzatishlarimiz natijasida oʻquv hamkorligi jarayonida quyidagi tendensiyalar mavjudligini
aniqlashga erishdik. Shu narsa ayonki hamkorlik jarayonida barcha oʻquvchilarda
tashabbuskorlik
darajasining pasayganligi kuzatilgan. Bu oʻqituvchi bilan oʻquvchilar orasida vazifalarning taqsimlanishi
bilan bevosita bogʻliqligi ayon boʻldi. Oʻqituvchi bilan oʻquvchilar orasidagi oʻzaro munosabatlarning
izchil tarzda oʻzaro hurmat va tinglash talabiga rioya qilish asosida tashkil etilishi pedagogdan sherik
75
mavqeini egallash, mazkur vaziyatda bajarilishi zarur boʻlgan barcha ishlarni mustaqil bajarishni talab
etadi. Bu oʻrinda oʻqituvchi oʻquvchilarini oʻz zimmalaridagi vazifalarni mustaqil tarzda bajarishga
undashi lozim.
Oʻquv hamkorligining asosiy muammosi oʻquvchilarning oʻqituvchi
harakatlarini mos tarzda
baholay olmasliklarida emas, shaxsiy layoqatlarini ham toʻliq baholash tajribasiga yetarlicha ega
emasliklaridadir. Bu oʻrinda asosiy muammo shundaki, oʻquvchilar nafaqat oʻqituvchi bilan hakkorlikka
kirisha olmasliklarida, balki oʻzlari qaror qabul qilishlari va baholashni oʻrganishlaridadir.
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta‘lim jarayonida oʻquvchilar bilan hamkorlikda ishlash oʻqituvchi hamda
oʻquvchilar orasida hamkorlik oʻrnatilishini talab etadi. Oʻqituvchi va oʻquvchilarning oʻquv hamkorligi
jarayonidagi faoliyatlari pedagog ular bilan oʻz munosabatlarini ixtiyoriy harakatlar asosida tashkil
etganida emas, balki ular bilan mahsuldorlikka asoslangan oʻzaro harakatlar asosida yoʻlga qoʻyganida
oʻz nuqtai nazarlarini oʻquvchilarniki bilan muvofiqlashtirganida toʻgʻri yoʻlda qoʻyiladi.
Oʻqituvchi bilan oʻquvchilar orasidagi koʻtarinki hamkorlik ular oʻzlari uchun umumiy boʻlgan
narsalar va vaziyatlar bilan bogʻliq tarzda faoliyat koʻrsatganlarida vujudga keladi. Shundagina ular
orasidagi hamkorlik yagona mazmun-maqsadga ega boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: