O. X. Xamidov universitet rektori, rais



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

 
 
 
 


242 
O‗QUVCHILAR ONGIDA TOLERANTLIK TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH 
Samadova Sarvinoz Samad qizi, 
 Buxoro davlat universiteti o„qituvchisi 
Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‗lib, ajdodlarimiz 
ma‘rifat, ma‘naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‗rgatish, ularni komillikka yetaklash 
yo‗llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa ta‘lim-tarbiyaning bugungi samarali metodlarini 
yaratilishiga olib kelgan. 
Ma‘lumki, mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ta‘lim - tarbiya sohasidagi sifat o‗zgarishlari qilib 
yuqori samaradorlikka erishishga, ularning jahon ta‘limi talablari bilan mosligi va amaliy hayotdagi 
o‗rnini qay darajada topayotganligiga bog‗liq. 
Ta‘lim-tarbiya jamiyat uchun eng avvalo hayotiy zaruriyatdir. Ayniqsa, yosh avlodga tarbiya berish 
jarayonida maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. O‗quvchilarga tarbiya berish, ularga ta‘lim berish bilan 
birgalikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o‗z vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usuli va 
vositalari mavjud. Ta‘lim va tarbiya jarayonining uzviyligi ta‘lim muassasalari oldiga qo‗yilgan eng 
muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. 
O‗qituvchi bilan o‗quvchi orasidagi ―Hamkorlik pedagogikasi‖ va ―Tolerantlik‖ tushunchalarini 
qo‗llamay turib, ta‘lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish, har tomonlama rivojlangan shaxsni kamol 
toptirish mumkin emas. 
Birinchi navbatda tolerantlik tarbiyasini amalga oshirish tamoyillari va vositalari ilmiy jihatdan 
asoslanishi lozim. Tolerantlik tarbiyasini amalga oshirish jarayonining tahlili shuni ko‗rsatdiki, bu dolzarb 
masalaga o‗quvchilar va o‗qituvchilar e‘tiborini jalb etish maqsadida tolerantlik tarbiyasining samarali 
metod va vositalarini izlab topish lozim. Shuningdek, tolerantlik tarbiyasining shakllari va texnologik 
o‗ziga xosliklarini ham aniqlash talab etilmoqda. Tolerantlik oliy darajadagi insoniy fazilat ekanligini 
ta‘limning ilk bosqichlaridan boshlab o‗quvchi ongiga singdirishga erishish lozim. 
Tolerantlik tuyg‗usini tarbiyalash shuning uchun ham dolzarbki, bugungi kunda jamiyat hayoti va 
kishilarning turmush tarzini yaxshilash va mustaqil rivojlanishni ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan 
iqtisodiy, ma‘naviy tushuncha va qadriyatlarni o‗quvchilarga ta‘limning dastlabki bosqichlaridan boshlab 
singdirish mumkin. U quyidagilardan iboratdir: 
– o‗quvchini u yoki bu tushuncha, qarash, qadriyatlarni egallashga majburlamaslik axloqini 
o‗zlashtirish; 
– boshqa xalqlar madaniyati, dini, qadriyatlariga nisbatan bardoshli, oqilona munosabatda 
bo‗lishni qaror toptirish; 
– o‗quvchini o‗quvchini ta‘limning ilk bosqichlaridan boshlab atrofdagilar bilan o‗zaro ongli 
bir-birini tushunuvchanlik shartlariga asoslangan muloqotga o‗rgatishga erishish; 
– o‗quvchilarda o‗zgalar fikrini bardosh bilan tinglash, muammolarni o‗zaro murosa asosida hal 
qilishga undash ko‗nikmasini tarkib toptirish; 
– o‗quvchilarda tolerantlik tushunchalarini shakllantirishda tinchliksevarlik, etnik, diniy, 
siyosiy, konfessional (diniy konfessiya- muayyan dinga e‘tiqod qiluvchi kishilar jamoasi)[1-26] va 
shaxslararo kelishmovchiliklarga nisbatan chidamlilik, tenghuquqlilik kabilarning tub mohiyatini 
o‗rgatish. 
Tolerantlik tuyg‗usi hissiy, aqliy rivojlanish, mehnat ko‗nikmalarini egallashdan iborat bo‗lib, o‗z 
aqidalari va ongini o‗zgartirish orqali shakllanadigan ruhiy holatdir. 
Agar o‗qituvchining o‗zi tolerant bo‗lsa, u o‗ziga ishonuvchan, o‗quvchilarni sevadigan, ularni 
bardosh bilan tinglay oladigan, murosali, xushmuomala, muloqot vaziyatini vujudga keltira oladigan 
bo‗ladi. U o‗z o‗quvchilariga ham o‗zida mavjud bo‗lgan ko‗nikma va sifatlarni singdirish mahoratiga 
ega bo‗ladi. O‗qituvchi psixologik va pedagogik tasir ko‗rsatish natijasida o‗quvchini tolerant shaxs qilib 
tarbiyalash orqali unda quyida keltirilgan sifatlarni shakllantirib boradi va davlat uchun keng 
dunyoqarashli fuqaro hamda jamiyat uchun munosib salohiyatli kadrlarni tayyorlaydi. 


243 
Bu esa o‗z navbatida jamiyatda har tomonlama yetuk komil inson shaxsini tarbiyalash uchun 
muhim omil bo‗la oladi. Talim tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan pedagogik-psixologik va ijtimoiy 
konfliktlarning oldini oladi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish