O. X. Xamidov universitet rektori, rais


BOSHLANG`ICH MATEMATIK TA‘LIMNI ZAMONAVIY TALABLAR ASOSIDA



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

BOSHLANG`ICH MATEMATIK TA‘LIMNI ZAMONAVIY TALABLAR ASOSIDA 
TAKOMILLASHTIRISH MASALASI 
 
Muxlisova Saodat Saidjonovna, 
 Buxoro shahar, 30- son umumtalim maktabining 
 boshlang`ich sinf o``ituvchisi 
Dunyo mamlakatlari ta‘lim amaliyotida shakllangan bugungi matematik ta‘lim tizimi XX asrning 
boshlariga kelibgina tarkib topgan. Matematik ta‘lim, dastlab tashkil qilingan uch yillik xalq 
(boshlang`ich) va imtiyozli (o`rta) ta‘lim maktablari o`quv dasturlari tarkibiga kiritilgan. Boshlang`ich 
matematik ta‘lim oddiy sanash, hisoblash, sodda arifmetik masalalar yechishga o`rgatish bilan 
chegaralangan. Sxolastik yod olish, dogmatik usullar ustuvor bo`lgan ta‘lim mohiyatida bolaning yosh, 
psixologik, pedagogik xususiyatlari inobatga olinmagan, ta‘lim maqsadi esa chegaralangan.
Keyinchalik geometrik chizma savodi, so`ngra esa geometriya va algebradan ba‘zi bir ma‘lumotlar 
uning tarkibiga kiritila boshlangan. Bu davrga kelib esa matematikaning ilmiy-nazariy fan sifatidagi 
salohiyati ancha yuksalgan, matematik tushunchalarning mazmun mohiyati, ichki imkoniyatlarini yuqori 
darajadagi abstrakt mantiqiy tafakkur orqali bog`lash evaziga fanning bir qator tarmoqlari vujudga 
kelgan, tadbiqiy imkoniyatlari ancha kengaygan edi. Davrga nisbatan boshlang`ich matematik ta‘lim 
mazmuni bilan ilmiy nazariy matematika mazmuni orasida keskin farq yuzaga kelgandi. Yuzaga kelgan 
mazkur masala zamonaning ma‘rifatli kishilari diqqatini o`ziga jalb qilmasdan qolmagan holda ular 
tomonidan ta‘limiy islohotlar jumladan matematik ta‘limga oid islohotlar amalga oshira boshlaydi. 
Matematik ta‘lim islohotlariga oid muammolar YUNESKOning 1956-yil xalq ta‘limi masalalariga 
bag`ishlangan xalqaro anjumanining kun tartibidan ham joy oladi. 1964-yilda akademik, A. N. 
Kolmogorov va A. M. Markushevich rahbarligida tuzilgan salohiyatli ilmiy guruh ham umumiy o`rta 
ta‘lim maktablarida matematik ta‘lim mazmuni va o`qitish metodlarini takomillashtirish masalalariga 
qaratadi.


245 
Boshlang`ich matematik ta‘limning g`oyaviy mazmuni o`quvchilarning o`ylash, fikrlash, izlash 
kabi bilishga oid psixologik jarayonga yo`naltirilgan ta‘lim faoliyati mazmuni hisobiga boyitila 
boshlanadi.
Mamlakatimizda olib borilgan ta‘lim islohotlari mustaqil respublika ta‘lim– tarbiya tizimini dunyo 
miqiyosida qo`lga kiritilgan ilg`or pedagogik-psixologik qarashlar va g`oyalar, tajribalar milliy 
qadriyatlarimizda ta‘lim-tarbiya masalalarining durdona ne‘matlari, rivojlanib boruvchi zamon talablari 
asosida qayta tashkil etishni nazarda tutdi.
Boshlang‘ich matematik ta‘lim jarayonida fanga oid kompetensiyalar doirasida fan dasturida 
ko‘zda tutilgan mavzular bo‘yicha matematik ma‘lumotlarni o‘rgatish, ularni eslab qolish va qayta 
tushuntirib berish orqali shakllantirilgan bilimlar asosida ularni tanish vaziyatlarda qo‘llashga oid 
ko‘nikmalar, egallangan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llash va yangi 
bilimlar hosil qilishga oid malakalarni shakllantirish bilan bir qatorda egallangan bilim, ko‘nikma va 
malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llash qobiliyatiga oid kompetensiyalarni shakllantirishni ham nazarda 
tutadi. 
Umumiy o‘rta ta‘lim davlat ta‘lim standarti tarkibidagi boshlang‘ich matematika o‘quv dasturida 
har bir sinf va bo‘limlar kesimida o‘quv yuklamasi hajmi, mavzuga ajratilgan o‘quv soati, mavzular 
mazmuni hamda mazkur mavzular mazmuniga oid egallanishi lozim bo‘lgan umumiy, so‘ngra esa 
o‘quvchilarning mazkur mavzular doirasida mustaqil ijobiy fikrlashlariga oid kompetensiyalar keltirilgan.
Davlat ta‘lim standartlariga kompetensiyaviy yondashuvning yana bir muhim jihatlarida biri shuki, 
ta‘lim jarayonida matematika mazmuniga qo‘yilgan umumiy va kognativ kompetensiyalar bilan bir 
qatorda ta‘lim-tarbiyaviy faoliyat shakllanishi lozim bo‘lgan tayanch kompetensiyalar ham belgilab 
brilgan. Tayanch kompetensiyalar kommunikativ, axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy 
faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor 
bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalar bo‘yicha sifatlangan. Tayanch kompetensiyalar boshlang‘ich 
matematik ta‘limi mazmuni va mazmun doirasi mustaqil ijodiy fikrlashga oid kompetensiyalar, yani 
o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar asosida yangi bilimlarni egallash, hayot 
faoliyati, kundalik turmush tarzi, muloqot va muomala jarayonida ularni qo‘llash , egallangan nazariy 
ma‘lumotlar negizida ijodiy fikrlash faoliyatini shakllantirish, rivojlantirish, kundalik turmush, ta‘lim 
olish faoliyatida ularni maqsadli qo‘llay olish, tengdosh, sinfdosh va ustozlari, kattalar bilan muloqot va 
muomalaga kirisha olish, o‘qish, ta‘lim olishga ehtiyoj va qiziqishni o‘stirish, yoshiga monand aqliy va 
ongli faoliyatiga kirisha olish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e‘zozlash, hurmat qilish ta‘limning 
bosh g‘oyasi bo‘lgan komillik jihatlarini shakllantirish zamirida bolaning aqliy salohiyati, ongli fikrlash, 
mantiqiy tafakkur qilish faoliyati ustuvor ahamiyat kasb orqali shakllantiriladi. Fanga oid va tayanch 
kompetensiyalar bir biridan ayro holda emas balki biri ikkinchisi bilan uzviy aloqadorlikda, izchillikda 
biri ikkinchisini mohiyat jihatidan to‘ldira borish orqali shakllantiriladi. Shuningdek, yosh 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bolaning fikrlay olishiga oid funksional imkoniyatlaridan to‘laroq 
nazariy fikrlash faoliyatidan kengroq foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. 
Mazkur jihati bilan boshlang‘ich matematik ta‘lim zamonaviy matematika fanining nazariy fikrlash 
xususiyatiga yaqinlashgan ta‘lim tizimini yaratadi. Zamonaviy talablar doirasida boshlang‘ich matematik 
ta‘limni tashkil etish kun tartibiga davlat ta‘lim standartlari talablari asosida boshlang‘ich matematik 
ta‘lim o‘quv-metodik majmualarining yangi avlodini yaratish, shuningdek bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarini tayyorlashni talablar darajasida takomillashtira borish masalasini kun tartibiga qo‘yadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish