O. X. Xamidov universitet rektori, rais



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

“Ovozidan top” o„yini. Bu o‗yinda texnik vosita yordamida mikrafon orqali cholg‗u sozida kuy 
eshittiriladi. Slayd orqali ―Bu qaysi soz?‖ degan savol qo‗yiladi. Bolalar ovozidan topadilar. To‗g‗ri 
topgan bolaga rag‗bat kartochka beriladi. Shu tariqa bir necha sozlarning ovozlari eshittiriladi va bolalar 
cholg‗u sozlarining nomlarini topadilar. 
“Xotirani jamlash” o„yini. Bu o‗yinda o‗qituvchi tomonidan shunday topshiriq beriladi: Bolalar 
agar men o‗zbek milliy bastakorlarining nomlarini aytsam, qarsak chalasizlar, yevropa kompozitorlarini 
nomlarini aytsam o‗ng oyoqlarnigizni bir marta polga urasizlar va h. Bolalar hushyor turadilar;
o‗qituvchi esa tez va ketma-ket aralashtirib bastakorlarning nomlarini ayta boshlaydi. Bolalar esa 
hushyorlikni oshirgan holda harakatli topshiriqni bajaradilar. 
“So„z ichidan so„z toping ” o„yini. Bu o‗yinda yirik hajmli bir so‗z aytiladi. Masalan ―Istiqlol‖ 
yoki boshqa... Ikki guruhga topshiriq beriladi . Shu so‗z ichidagi tovushlarni o‗zgartirmasdan turib yangi 
so‗z yasash kerak. Yechimi: is, tol, lol, issiq, ol, qol, tiq, til, qil va hokazo... Qaysi guruh ko‗p so‗z topsa 
o‗sha guruh g‗olib sanaladi. 
“ Musiqa bilag„onlari” o„yini. Bu o‗yinda bolalar ikki guruhga bo‗linadilar. Har bir guruhga 
alohida navbatma-navbat ansambl ijrosida chalingan kuy eshittiriladi. Bu kuy qaysi millatga mansub va 
unda qanday sozlar ishtirok etayapti?-degan savol tashlanadi. Bolalar diqqat bilan kuyni tinglaydilar va 
cholg‗u sozlarini topadilar. Yutgan guruh rag‗batlantiriladi. 
Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, musiqa darslarida ilg‗or pedagogik va axborot 
texnologiyalaridan foydalanib o‗tilgan dars qiziqarli va samaradorligi yuqori bo‗lishi bilan kafolatlanadi. 
PEDAGOG RASSOMLARNING MAHORATINI OSHIRISHDA MANZARA JANRINING 
AHAMIYATI 
Rustamov Jaxongir Rustamovich , 
Buxoro pedagogika kolleji o„qituvchisi
Dunyoda shunday buyuk mamlakatlar borki, ular nafaqat qadimiy tarixi, murakkab va shonli 
rivojlanish yo‗li, balki ajoyib tabiati bilan ham jahon ahlini lol qoldirib kelmoqda. Hech shubhasiz, 
ularning orasida yurtimiz manzaralarining o‗rni va ahamiyati beqiyos. Manzara - fransuzcha ―peyzaj‖ 
so‗zidan olingan bo‗lib ―tabiat‖ degan ma‘noni anglatadi, tasviriy san‘atda esa tabiatning tabiiy yoki 
xayoliy ko‗rinishlarini ifodalovchi janr hisoblanadi. Manzara janridagi asarlarda borliq, tabiatdagi 
ko‗rinishlar haqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqealar emas, balki ijodkorning ichki 
kechinmalari ham ifodalanadi. 
O‗zbekiston manzaralarini rang-barang tuslarda tasvirlash har bir rassomning xohish-istaklaridan 
bo‗lib, har bir rassom bajonidil yurakdan asar yaratib, sehrli moybo‗yoqlari orqali O‗zbekistonning 
serquyosh maskanlarini talqin etadi. O‗zbekistonga ilk tashrif buyurgan rassomlarning ijodiy faoliyati 
orqali yurtimizning o‗ziga xos jihatlari ularning asarlarida yaqqol namoyon bo‗lgan. Masalan, P.Benkov, 
I.Kashina, S.Kovalevskaya, N.Karazin, R.Zommer kabi rassomlar ijodi alohida tahsinga loyiq. 
―O‗zbekistonga kelishim‖ - deb yozgan edi Pavel Petrovich Benkov (1879-1949) o‗z xotiralarida, - 
ijodimda batamom yangi bosqich bo‗ldi. Saxiy quyosh, go‗zal zamin mavzusi ijodimni yuksalishiga katta 
turtki bo‗ldi‖. Benkovning O‗zbekistonga tashrifi uning uchun yangi qirraga ega bo‗lgan maktab bo‗ldi, 
desak xato bo‗lmaydi. Benkov ijodida sodda etyudlar o‗ziga xos murakkablikni mujassamlashtirgan.
Etyud asarlarida hovuzlar, bozorlar, bir-birini takrorlamas chalkash ko‗chalar, maishiy turmush va o‗zbek 
hovlilari singari etnografik tasvirlar aks etgan. Etyud - manzara asarlarida tarixiy obidalar, oddiy xalq 
hayoti alohida o‗rin tutgan. Negaki, aynan Sharqning o‗ziga xos quyosh nurlari va uning soyasi, 


251 
atrofdagilarga ta‘siri, aksi har qanday insonni maftun etmay qolmaydi. Shu jumladan ham tabiat 
manzarasining jozibasi ijod ahliga ilhom bag‗ishlab, rassomni ijodiy asarlar yaratishga undaydi. Negaki, 
bog‗lar, sayilgohlar, tog‗lar va tabiatning kengligi-yu, o‗ziga xos maftunkorligini ijodkor rassomlar 
tomonidan o‗zgacha holatda ko‗rsatib berish mumkindir. 
O‗zbekiston manzaralarini aks ettirishda ko‗plab rassomlar tomonidan turlicha ko‗rinishda 
izlanishlar, yondashishlardagi tasvirlani kuzatamiz. Manzara ustalaridan hisoblangan O‗rol Tansiqboyev 
(1904-1974) ham o‗z dunyoqarashlari va rangin kolorit gammasiga boy asarlarni taqdim etgan. U katta 
asar yaratar ekan, aynan tog‗larga bo‗lgan ko‗plab sayohatlari, kuzatishlar va ko‗nikmalar asosida 
etyudlarga murojaat etadi. Rassom tabiatni idrok etishda borliqni chuqur his qiladi va kichik hajmli 
asarlarida borliqni aks ettiradi. Uning boy ijodi hali-hanuz tadqiqotchilar tomondan chuqur o‗rganib 
kelinmoqda. Zero, uni tabiatning yengil ranglari, bag‗rikengligi va insonlar qalbidan joy oluvchi 
kartinalari doim barhayotdir. 
Hozirda manzara yo‗nalishidagi asarlarga bo‗lgan talab kuchayishini ko‗p kuzatamiz. Bunga asosiy 
sabab esa olamning shiddat bilan o‗zgarishi, texnika inson hayotining uzviy bog‗liqligiga aylanib, barcha 
narsalar, voqealar aks etishi bilan ifodalanmoqda. Hatto manzara janridagi oddiygina tasvir insonga 
tinchlik, xotirjamlik baxsh etib, bir oz bo‗lsa ham muammolarni unitib, asar ichida o‗zini tasavvur 
etishiga yordam bera olishini ko‗plab psixologlar e‘tirof etmoqdalar. 
Pedagog rassomlar mahoratini oshirishda manzara janri alohida o‗rin tutadi. Tabiatning ne‘matlari 
va uning borlig‗i har qanday insonni sehrlay oladi va doimo o‗ziga ohangrabodek tortadi. Tevarak 
atrofimizni o‗rab turgan borliq turli-tuman ranglarga burkangan. Borliqni tashkil etgan har bir narsa, yoki 
buyum o‗zining muayyan rang tusiga egadir. Qayerga qaramang, ranglarning ta‘sirchan kuchini ko‗rasiz. 
Aynan ularni tasvirlash rassomga zavqu-shavq bag‗ishlaydi. Har qanday rassomda tabiatga munosabati, 
mehr- muhabbati, qalbining tubida yashiringan ijod bulog‗i va borliqqa bo‗lgan hayojonli e‘tibori yaqqol 
seziladi. Ular kichik hajmli ―hayot‖larida olamning jo‗shqinligini ehtiros bilan ranglar va tinimsiz ijod 
orqali ko‗rsatib bera olishadi. Mazkur manzara janri ishlarining mavzusi tuganmas mavzu bo‗lib, uni ham 
amaliy ham ilmiy darajada o‗rganish mumkin. 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, inson har doim go‗zallikka intiladi, undan ma‘naviy 
ozuqa oladi. O‗z hayoti, faoliyati va turmush sharoiti, atrof-muhitni go‗zalroq bo‗lishiga harakat qiladi. Bu 
hol o‗z navbatida uning didini, nozik his- tuyg‗ularini shakllantiradi. Manzara tasviri inson ichki 
dunyosining eng nozik va eng jozibali qirralarini namoyon etadi. Bu asarlar insonning his-tuyg‗ulari, 
xilma-xil kechinmalarini qo‗zg‗ab, uning diliga, ruhiga ta‘sir o‗tkazib, san‘at va inson uyg‗unligi, 
hamkorligini ta‘minlaydi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
Hasanov R.. Tasviriy san‟at asoslari. -T.: TDPU, 2008 y. 
2. 
O„zbekiston zamonaviy san‟ati. Modern art of Uzbekistan. -T.:2004 y. 
3. 
Karnegi.D. Kak vыrabatыvat uverennost v sebe i vliyat na lyudey, vыstupaya publichno. -
T.:-Shark, 2007 g. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish