O. X. Xamidov universitet rektori, rais


O‗QITISHNING O‗QUVCHI SHAXSIGA YO‗NALTIRILGAN TEXNOLOGIYASI



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

O‗QITISHNING O‗QUVCHI SHAXSIGA YO‗NALTIRILGAN TEXNOLOGIYASI 
Nurullayeva Dilafiruz Shukurulloyevna,
Qorako„l tuman 6-maktab boshlang„ich sinf o„qituvchisi 
Ilm olishning uzviy hamda uzluksiz jarayon ekanligi ilm oluvchilar – o‗quvchilar faoliyati ham 
yangi bilimlar marrasini egallash sari to‗xtovsiz intilishlar silsilasidan iboratdir. Konstruktivizm 
pedagogikasi uchun ta‘limiy maqsadlardan ko‗ra unga erishish yo‗lidagi o‗quvchilar faoliyati muhimroq. 
Shu sababli ta‘lim falsafasi nazariyotchilarining uqtirishlaricha, ta‘lim jarayonida tavsiflashga, asoslash, 
tadqiq qilish, umumlashtirish, tahlil, modullashtirish, tashxislash, baholashga undovchi o‗quv 
topshiriqlaridan foydalanish, ayni jarayonga undovchi so‗zlarni qo‗llash maqsadga muvofiq sanaladi. 
Pedagogik ta‘limning maqsadi – insonni ma‘rifatli va ma‘lumotli qilish. 
Pedagogik texnologiyaning bosqichli tizimi didaktik maqsadni amalga oshirishga yo‗naltirilgan 
ta‘lim-tarbiya jarayonini qamrab oladi: 
– ta‘limni tashkil qilish; 
– dars mashg‗uloti mavzusi bilan maqsadiga ko‗ra texnologik xaritani ishlab chiqish; 
– didaktik ashyolar va samarali deb hisoblangan metod va usullarni o‗quvchilar yosh xususiyatlariga 
moslab tanlash; 
– ulardan foydalanishni; yordamchi pedagogik-didaktik vositalarni qo‗llash jarayonini 
loyihalashtirish; 
– natijaga borishning yanada samarali yo‗llarini izlash; amalda qo‗llash bo‗yicha ishlab chiqilgan 
texnologiya natijalarini o‗rganish, avvalgilari bilan qiyoslash (natijalar monitoringi) kabi bosqichlarni o‗z 
ichiga olishi muallif tomonidan batafsil yoritilgan. 
Bu jihatlar muayyan pedagogik texnologiya moslanuvchan xarakterda bo‗lishini tayin etadi. 
Ikkinchidan, pedagogik texnologiya variativ – (xilma-xil shakllarda, variantlarda) bo‗lishi; uchinchidan, 
ma‘lum yosh va sinf o‗quvchilariga mo‗ljallangan (moslangan)ligi uchun, o‗quvchilar o‗zlashtirishi 
ko‗zda tutilgan bilimlar, shakllantirilishi belgilangan ko‗nikmalar bilan malakalar hajmi va me‘yori aniq 
belgilanishini shart qilib qo‗yadi. O‗qitish texnologiyasi o‗quv jarayonini to‗la qamragan holda ishlab 
chiqiladi. Pedagogik texnologiyalar o‗quvchi shaxsiga bosh qadriyat sifatida yondashuvni talab etadi. 


229 
Ta‘lim maqsadlariga erishish tizimi ham o‗quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‗naltiriladi; uning faolligiga 
tayanishni, mustaqil izlanishlarga undashni, mustaqil nuqtai nazarni (mustaqil fikrni) shakllantirishni 
nazarda tutgan pedagogik texnologiya loyihalari muttasil takomillashib boradi. Dars jarayonini 
loyihalashtirish ilmiy pedagogik va metodik tamoyillar asosida o‗quvchining ruhiy (psixologik) jismoniy, 
aqliy, rivojlanish xususiyatlarini hisobga olib amalga oshiriladi. Loyihalashtirishda o‗qituvchining kasbiy 
bilim va mahorati, yaratuvchanlik qobiliyati qatori yana bir qancha xususiyatlari muhim ahamiyatga 
egadir. 
Jadal sur‘atlar bilan taraqqiy etib borayotgan fan va texnika, texnologiyalar, ta‘lim tizimidagi 
islohotlar, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, har jihatdan rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirish 
kabi vazifalar ta‘lim jarayoniga ham xilma-xil texnologiyalar joriy qilinishini talab qilmoqda. Seminar 
dars, munozara dars, konferensiya dars, nazm darslari, sayohat darsi kabi xilma-xil dars shakllaridan 
ta‘lim amaliyotida foydalanish qator ijobiy samaralarga olib keldi. Bunday dars shakllari ham muayyan 
texnologik jarayondan tarkib topganligi tadqiqotchilar diqqatini jalb etdi. Keyingi yillarda pedagogika va 
o‗qitish metodikasi sohalarida pedagogik texnologiya muammosini tadqiq etish kuchaydi. 
Ta‘lim texnologiyasi g‗oyasida maqsadga yo‗naltirganlik; oraliq natijalarni tashxisli tekshirib 
borish; ta‘limni alohida o‗qitish bosqichlariga ajratish – o‗quv jarayonini loyihalashtirish prinsiplarini 
tashkil qiladi. 
Boshlang‗ich sinflardan boshlab, mustaqil firkli, ijodkorlik qobiliyatiga ega, yaratuvchi shaxsni 
shakllantirishga e‘tibor qaratilar ekan uning ma‘naviyatini yuksaltirish, aqliy va ruhiy kamolotini 
ta‘minlash ham bu vazifalar bilan chambarchas bog‗lanadi. ―Yangi pedagogik texnologiyalar‖ nomi bilan 
kirib kelgan rivojlantiruvchi, faollashtiruvchi usullar aslida texnologiyaning tarkibiga kiruvchi 
komponentlar, uning qismlaridir. O‗quvchilarni qisqa vaqt ichida yuqori samara sari yetaklovchi ta‘lim 
texnologiyalari ularda nazariy bilimlarni ham, amaliy malakalarni ham tarkib topishiga qulay sharoit 
tug‗dirishga, o‗z-o‗zini nazorat qilish va baholashga o‗rgatishda qulay imkoniyat yaratadi. 
Endi har bir bosqichning ta‘lim texnologiyasidagi o‗rni va vazifasini izohlab o‗tamiz. 
1. Didaktik maqsadni aniq belgilash. Muayyan mavzu bo‗yicha o‗quv dasturi, DTS va darsliklar 
asosida o‗quv fanining maqsad hamda vazifalariga uyg‗un darsning ta‘limiy va tarbiyaviy maqsadi 
belgilanadi. Mashg‗ulot uchun ajratilgan soat, o‗quvchilar yosh xususiyati, soni; darsning shakliga ko‗ra 
metod hamda usullari tanlanadi. Dars rejalashtiriladi. 
2. 4-sinfda so‗z turkumlari o‗rganiladi. Ot so‗z turkumini o‗rgatish bo‗yicha bir soatlik dars 
maqsadini belgilashda darslik materiallariga e‘tibor qaratiladi. Darsning ta‘limiy maqsadini 
o‗quvchilarning ot so‗z turkumiga oid tushunchalarni o‗zlashtirishlari; otlarga xos xususiyatlar haqida 
muayyan bilimga ega bo‗lishlari; otlarning yozilishiga oid savod malakasini tarkib toptirish; o‗quvchilar 
nutq malakasini takomillashtirish tashkil etadi. 
Darsning tarbiyaviy maqsadi darslikdagi matnlar, she‘rlarni o‗qish orqali o‗quvchilarda ota-
onaga, Vatanga, ona tiliga, do‗stlariga mehr-muhabbat tuyg‗usini yuksaltirishdan iborat. So‗zlarni 
so‗roqlar yordamida turkumlarga ajratish mashqi. 
Darsni rivojlantirish. Ushbu maqsadlarga erishishning samarali metod va usullarini belgilash. 
Kishilar, joy nomlarini bosh harflar yozilishiga oid matn asosida ish olib borish. 
Ot so‗z turkumiga xos xususiyatlarni darslikdagi mashqlar, matnlar asosida o‗zlashtirish va 
daftarga yozib chiqish mashqi. Ta‘lim maqsadlari va dars rejasi asosida o‗quv topshiriqlari tayyorlash. 
Xulosa qilib aytish joizki, o‗qitishning shaxsga yo‗naltirilgan texnologiyalari o‗quv fanlariaro va 
bir o‗quv fani mavzulariaro rang-barang shakllarda ishlab chiqiladi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish