O. X. Xamidov universitet rektori, rais


BOSHLANG‗ICH SINF O‗QUVCHILARINI AQLIY RIVOJLANTIRISHDA MUSIQA



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

BOSHLANG‗ICH SINF O‗QUVCHILARINI AQLIY RIVOJLANTIRISHDA MUSIQA 
TARBIYASINING ROLI 
 
Cho„liyeva Charos Baxshulloyevna, 
Jondor tuman 40- maktab psixologi
Zamonaviy boshlang‗ich ta‘limning o‗zi nimadan iborat bo‗lishi kerak? Bola 1-4-sinflarda qanday 
bilimga ega bo‗lishi lozim? O‗quvchilarga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda 
milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o‗rgatishimiz kerak, degan savollar boshlang‗ich ta‘lim tizimi 
oldidagi asosiy masalalardan biri bo‗lib kelmoqda. So‗nggi yillarda mamlakatimizda maktabda musiqa 
fanini o‗qitish, ayniqsa, boshlang‗ich ta‘lim tizimida o‗z ko‗lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta 
bo‗lgan o‗zgarishlarni amalga oshirdi. Yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda, maktabda 
o‗qitilidagan barcha fanlar qatori, nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo‗lgan - musiqa madaniyati 
darslarini ahamiyati katta. Musiqa - inson his-tuyg‗ularini, orzu istaklarini o‗ziga xos badiiy tilda ifoda 
etadi va bolaning hissiyotlariga faol ta‘sir ko‗rsatadi. Musiqa fani maktabda boshqa fanlarni 
o‗zlashtirishga ham bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Musiqa tarbiyasi jonli san‘at turi sifatida davr, hayot, tabiat 
va inson his-tuyg‗ularini aks ettiradi. Uni quvontiradi, o‗ylantiradi va hayotdan ozuqa olishga xizmat 
qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nosir Al-Farobiy aytganlaridek, bu fan tana sog‗ligi uchun 
foydalidir. Shayx Sa‘diy ―Musiqa odam ruhining yo‗ldoshidir‖- degan edi. Shunday ekan, biz musiqani 
o‗qitishni, boshlang‗ich sinf o‗quvchilaridan boshlashimiz kerak. Chunki, boshlang‗ich sinfda musiqa 
ta‘limotining poydevori qo‗yiladi. Boshlang‗ich maktabda musiqa o‗qitishning asosiy maqsadi – 
boshlang‗ich sinf o‗quvchilariga musiqa san‘ati go‗zallik qonunlari asosida o‗rganish malakasini 
singdirish va ularga musiqa madaniyatini tarkib toptirishdir. Boshlang‗ich sinflarda musiqa madaniyati 


225 
darslari, umumiy ta‘limning axloqiy-estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi bo‗lib 
hisoblanadi. 
Musiqa - madaniy hayotimizda keng o‗rinni tutgan, o‗quvchini aqliy jihatdan shakllantirishda 
muhim tarbiya vositasi bo‗lib xizmat qiladigan san‘at turidir. Musiqa tarbiyasi esa nafosat tarbiyasining 
asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‗lib, u artofdagi go‗zal narsalarni to‗g‗ri idrok etishga va 
qadrlashga o‗rgatadi. O‗quvchilarga nafosatli tarbiya berishda umumta‘lim maktablaridagi, musiqa 
madaniyati darslarining ahamiyati katta. O‗quvchilar nafosat hissini, san‘at sirlarini tushunishni va 
qadrlashni, san‘atdan bahramand bo‗lishni, avvalo maktabda o‗rganadilar. Zotan, musiqa tarbiyasi 
sozanda yoki xonandani emas, eng avvalo insonni tarbiyalaydi. O‗sib kelayotgan yosh avlodni musiqa 
go‗zallik olamiga olib kiradi. Chunki, musiqa inson hayotiga kuchli ta‘sir ko‗rsatish imkoniyatiga ega va 
axloqiy-nafosat taribyasining muhim vositasidir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod 
musiqadan zavq topadi. Musiqadan ozuqa olish uchun esa inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, 
go‗zallikni his eta oladigan bo‗lishi kerak. Musiqa inson ruhiyatiga emotsional ta‘sir ko‗rsatish bilan 
birga, musiqiy tovush yordamida vujudga keladigan musiqiy ohanglar bilan ta‘sir etadi, bolalarni 
quvontiradi, o‗ylantiradi, yaxshilikka, go‗zallikka yetaklaydi va nafosat olamiga olib kiradi. 
Boshlang‗ich sinfda o‗quvchi shaxsini rivojlantirish uchun avvalo, uning xulqiga ta‘sir etuvchi 
omillarni, uning tabiatini, qiziqishini o‗rganish lozim. Buning uchun shaxsni turli munosabatlar doirasiga 
qo‗yib kuzatish kerak. Ana shundagina uning ijtimoiy xulqi, ma‘naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari 
ro‗yobga chiqadi. ―Har bir inson, – degan edi Abu Nosir Al-Farobiy, – o‗z tabiati bilan shunday 
tuzilganki, u yashash va yuksak yetuklikka erishadi‖. 
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarini aqliy jihatdan rivojlantirishda nasl, atorifidagi muhit, tarbiya 
muhim rol o‗ynaydi. O‗qituvchi bu omillarni kuzatib, o‗rganib chiqib, o‗quvchilarni qiziqishi, qobilyati, 
musiqaga, go‗zallikka, mehnatga munosabatlariga qarab, musiqiy bilim, ko‗nikma va malakalarini 
singdira borishi lozim. Inson musiqadan umrbod zavq topadi va madad oladi. Shu bois o‗quvchilarda 
musiqa madaniyatini tarbiyalash, yuksak did bilan nurlantirish, ma‘naviy dunyoqarashini shakllantirish 
boshlang‗ich sinf o‗qituvchisining vazifasidir. Shu bilan birga boshlang‗ich sinf musiqa o‗qituvchisi dars 
jarayonida o‗quvchilarni qo‗shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqaga mos bolalar cholg‗u asboblaridan 
jo‗r bo‗lish, musiqiy ritmda harakatlar bajarish kabi dars faoliyatlarida musiqaga qiziqtira olish, ularni 
musiqiy qobilyatlarini o‗stirishga harakat qilishi lozim. Buning uchun musiqa o‗qituvchisi o‗z fanini 
puxta bilishi, bolalarni sevishi, pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, musiqa o‗qitish metodikasi 
fanlaridan chuqur bilimga ega bo‗lishi kerak. Chunki yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashda 
musiqa o‗qituvchisi yetakchi bo‗lib hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytganda, musiqa fani o‗quvchilarga tez ta‘sir eta oladigan ta‘lim-tarbiya vositasidir. 
O‗quvchilarni shaxs bo‗lib shakllanishi uchun ommaviy va axloqiy tomondan ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Shuning uchun ham, musiqa madaniyati darslari, avvalo tarbiya darsi deb ataladi. Dars samaradorligini 
oshirish musiqa o‗qituvchisidan mehnat, o‗z faniga muhabbat, bolalarni go‗zallik va nafosat olamiga olib 
kirish uchun bilim, musiqaga mehr va shijoat talab etadi. Musiqa san‘ati jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining 
barcha bosqichlarida insonni tarbiyalash va ma‘anviy boyitish vositalaridan biri sifatida xizmat qilib 
kelmoqda. Hozirgi zamonda fan va texnika taraqqiy etgan davrda musiqaning tarbiyaviy ahamiyati 
yanada kuchaymoqda. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish