O. X. Xamidov universitet rektori, rais


BOSHLANG‘ICH TA‘LIM– KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINING DASTLABKI BO‘GINI



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

 
BOSHLANG‘ICH TA‘LIM– KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINING DASTLABKI BO‘GINI 
SIFATIDA (O‘qish darslari misolida) 
Navruzova Muyassar Gaybullayevna, 
 Buxoro viloyat XTXKT va ularni MOI
hududiy markazi o`qituvchisi
Bugungi kunda ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ yosh avlodga uzluksiz ta‘lim berish va uni 
tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta‘lim majmui hisoblanadi. Bunda ta‘lim tizimining 
har bir bo‘g‘ini alohida o‘rin va mas‘uliyatga egadir. Dasturni to‘liq amalga oshirish, qo‘yilgan 
vazifalarga erishish ana shu bo‘g‘inlarning holati va rivojlanish darajasiga, ularning o‘zaro uyg‘unligiga 
bog‘liqdir. 
Boshlang‗ich ta‘lim umumiy o‗rta ta‘limning asosiy bo‗g‗ini. O‗quvchilarning kelgusidagi 
muvaffaqiyati, ularning har tomonlama kamol topishi, ko‗p jihatdan boshlang‗ich ta‘limning sifatiga 
bog‗liq. Dars jarayonida yangi uslublar, o‗qitishning interfaol usullari joriy qilinayotgani, yurtimizda 
ma‘nan va jismonan barkamol avlodni voyaga yetkazishga xizmat qiladi. 
Bugungi kunda biz ta‘lim va tarbiya berayotgan mana shu nav-nihollar kelajakda jamiyatimizni 
dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan har sohada raqobatlashishida o‘z hissasini qo‘shadi. Biz, 
kadrlar tayyorlash tizimining ilk bo‘gini aynan boshlang‘ich ta‘limdir, degan fikrdamiz. Boshlang‘ich 
ta‘limda bola yuqori sinfda olinishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning dastlabki holatiga 
erishadi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta‘limda o‘qish darslari alohida ahamiyat kasb etadi desak, mubolag‘a 
bo‘lmaydi. Sababi shundaki, bugungi zamonaviy ta‘limdagi integratsiyaviy yondashuv asosida tashkil 
etilgan o‘qish darslari o‘quvchi bilim zahirasini yanada boyitishga hizmat qiladi. Bolada bir vaqtning 
o‘zida ona tili, matematika, odobnoma, atrofimizdagi olam fanlarini o‘z ichiga qamrab oladi. 
Boshlang‗ich ta‘lim haqida Respublikamizning birinchi Prezidenti I.Karimov ―Zamonaviy 
boshlang‗ich ta‘limning o‗zi nimadan iborat bo‗lishi kerak? Bola 1-4 sinflarda qanday bilimga ega 
bo‗lishi lozim? Ularning tarbiyasi qanday bo‗lishi lozim? Shu masalalarga javob topishimiz zarur‖ – 
deya, o‗zining ―Barkamol avlod orzusi‖ asarida dolzarb masalani o‗rtaga qo‗ygan. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘qitilayotgan ona tili va o‘qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Dasturlarning o‘qish va nutq o‘stirish bo‘limida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmuniga; 
o‘quvchilarni to‘g‘ri, ravon, ma‘lum darajadagi tezlik bilan ifodali o‘qishga o‘rgatish; bolaning ona - 
Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g‘oyalarini ular ongiga 
singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma malakalari kengaytiriladi, 
shakllanadi va mustahkamlanadi. 
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarida mustaqil fikrlashni shakllantirish barcha fanlarda amalga oshirish 
zaruriy ehtiyoj sanaladi. Lekin o‗qish darlarida o‗quvchilarni mustaqil fikrlashga o‗rgati va uni 
shakllantirish bolani ma‘naviy jihatdan kamolga etishida katta turki beradi. Aynan o‗qish darslarida 


232 
bolada Vatan qadri, ajdodlarga ehtirom, ota-onaga hurmat, mehr-muhabbat, do‗stlik-o‗rtoqlik, yaxshilik 
va yomonlik kabi bir qancha insoniy fazilatlar yuzasidan tushunchalar shakllanadi. 
O‘qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga 
bog‘lab o‘tishi uning ta‘sirchanligi ongli idrok etishlarini ta‘minlaydi. O‘qish va nutq o‘stirishning 
ta‘limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo‘yicha o‘qish mazmunini o‘qish ko‘nikmalarining og‘zaki va 
yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o‘qish mashg‘ulotlarining yozma nutq bilan bog‘lanish kabi 
masalalar aniq kiritilgan. O‘qish dars mazmunidan kelib chiqib biz tadqiqot ishimizni o‘qish darslari 
misolida oldik. Tadqiqot obyekti sifatida Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 26-umumta‘lim 
maktabining 4- ―V‖ va ―G‖ sinfi tanlandi. Dastlabki natijalarga ko‘ra biz 4-―G‖ sinfini eksperement guruh 
sifatida tanladik. 
Tadqiqot 2016-2017- o‘quv yilining oktabr-aprel oylarida o‘tkazildi. Ta‘lim tiziminiga yangilik olib 
kirishda albatta Davlat ta‘lim standartiga murojaat etilishi shart. Davlat ta‘lim standarti ta‘limning 
normativ hujjati hisoblanadi. Biz dastavval DTS bilan yaqindan tanishib chiqdik. Davlat ta‘lim standarti 
bo‘yich boshlang‘ich sinf o‘qish dars soati quyidagicha taqsimlangan: 
O‘qish. O‗quv dasturi kesimida ajratilgan soatlar 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish