233
til bor. Eldan uzilmagan odam tilidan ham ayrilmaydi. Shuning uchun ham buyuk bobomiz Alisher
Navoiy ―Tilga ixtiyorsiz - elga e‘tiborsiz‖ deganlarida naqadar haq edi
Til insoniyat uchun ulug‗ hodisa, xalqning milliy boyligidir. Tilimizga Davlat tili maqomi berilishi
tilimizning rivojlanishi, uning hayotimizning turli jabhalariga kirib borishiga katta turtki bo‗ldi.
Mustaqillik yillarida tilimizga ma‘naviy-madaniy meros, umummilliy boylik, oliy qadriyat sifatida qarash
kabi yondashuv shakllandi. Tilni madaniy meros sifatida ilmiy tadqiq etish harakati kuchaydi. Tilning
grammatik qonun-qoidalari mazmunini yuzaga chiqarishga bo‗ysundirildi. Tilning ifodalash uslublari
takomillashtirildi va rivojlantirildi. Tilning ilmiy, akademik, diniy uslublari takomillashtirildi.Tilga
bo‗lgan ilmiy-amaliy munosabat o‗zgardi. O‗zbek tiliga to‗g‗ridan-to‗g‗ri murojaat qilish, bir tillik, ikki
tillik, uch tillik lug‗atlar yuzaga keldi. O‗quv lug‗atlarini yaratishga va uni o‗quv jarayonlariga tatbiq
etishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq ta‘lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‗rgatish tizimlarini
jahonning ilg‗or davlatlari tajribasiga tayangan holda tubdan yaxshilashga ehtiyoj sezildi. Lug‗atlar
nafaqat tilning grammatik qurilishini tadqiq qilish, til me‘yorlarini belgilash, nutq boyligini o‗stirish,
ijtimoiy-siyosiy ongini shakllantirishda, balki tillararo munosabatlarni ta‘minlashi bilan alohida ajralib
turadi. Shu bilan birga, lug‗atlar ta‘lim samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Shu ma‘noda
tilshunoslikda leksikografiyaning yangi lingvodidaktik yo‗nalishdagi o‗quv lug‗atchiligi paydo bo‗ldi.
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari uchun maxsus lug‗atlar yaratildi.
Lug‗atlar atrof - borliqning lisoniy ko‗rinishi bo‗lib, har qanday lug‗atda atrof-borliqni, narsa-
prdmetni o‗rganish va o‗rgatish maqsadi yotadi. Lug‗atlar sirasida bevosita maktab uchun yaratilganlari
o‗quv lug‗ati nomi bilan yuritiladi va ular maxsus mezonlar asosida tuziladi.
Ilk lug‗at namunalari maktab uchun yaratilgan ibtidoiy o‗quv qo‗llanmalari bo‗lgan. Ibtidoiy
maktablarda dastlabki lug‗atlarning o‗quv jarayoniga moslanganligi, ta‘limga yo‗naltirilganligi sababli
lug‗atlar darslik vazifasini o‗tagan. Xususan, 1500- yilda yaratilgan birinchi lotincha-inglizcha lug‗atning
―Bolalar uchun xazina‖ (―Promptulorium parvulorum‖), 1487-1507 yillarda yaratilgan fransuz va lotin
tillaridagi birinchi tarjima lug‗atlarining ―Yoshlar uchun izohnoma‖ (―Seminarium et planetarium
fructiferarum‖), ―Bolalar uchun ixcham lug‗at‖ (―Diktionariolum puyerorum‖) kabilar asosan maktablar
uchun mo‗ljallangan.
O‗quv lug‗atlarining antik ko‗rinishlari eramizdan avvalgi III-II asrlarda Qadimgi Rimdan
Vizantiyagacha bo‗lgan hududlarda uchraydi. XV-XVI asrlarda Fransiya, Italiya, Angliya, keyinchalik
Rossiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida birmuncha murakkablashgan lug‗atlar paydo bo‗lgan.
Dastlabki lug‗atlarning aksariyati ikki yoki ko‗p tilli lug‗atlar edi. Keyinchalik o‗quv lug‗atlari yordamida
muayyan til egalariga shu tilning lug‗at boyligi, grammatik qurilishi, imlosini o‗rgatishda foydalanish
ommalasha boshladi.
Shu tariqa o‗quv lug‗atlari ilg‗or pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta‘limda tilni
mukammal o‗rganishning muhim vositasi maqomiga ko‗tarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: