O. X. Xamidov universitet rektori, rais


BOSHLANG‗ICH TA‘LIM MAQSADLARINING O‗QUV MATYERIALLARIDA



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

BOSHLANG‗ICH TA‘LIM MAQSADLARINING O‗QUV MATYERIALLARIDA 
IFODALANISHI 
Narziyeva Mastura Sunnatovna, 
Buxoro viloyat XTXKT va ularni MO
hududiy markazi katta o„qituvchisi 
Bugungi kunda ta‘lim natijasi sifatini baholash masalasi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Chunki 
o‗quv jarayoni yakunida kafolatlangan natijaga erishish masalasi ustuvor bo‗lmoqda. Ta‘lim natijasining 
sifatini baholash muammosini o‗rganish maqsadida darslik va o‗quv materiallari nazariyasiga oid fikrlarni 
tahlil qilishga intildik. 
O‗quv jarayonida o‗rganilgan bilimlarni o‗quvchilarning eslariga tushirish uchun ular bilan tegishli 
o‗quv materiallari bir necha marta takrorlanishi lozimligi ta‘kidlangan. Shu tariqa, o‗quv jarayonida 


230 
o‗quvchilarga bilim berish va bu bilimlarni mustahkamlash, muayyan ko‗nikma va malakalarga 
aylantirishda o‗quv materiallarining samaradorligi ta‘minlanadi. 
Mutaxassislarning ta‘kidlashlaricha, o‗zlashtirishning uch darajasi va shu uch darajaga mos 
keladigan uch xil natijasi mavjud: 
I daraja. Bu darajada erishiladigan natija o‗quv materialining umumiy qurilishi va uni o‗zlashtirish 
usulini egallashga mos bo‗lishi lozim; 
II daraja. O‗quv materialining umumiy tuzilishi va uni o‗zlashtirish usullarini yanada 
kengaytirish, aniqlashtirish; 
III daraja. Bu o‗rinda o‗quv materialini o‗zlashtirish tushuncha darajasiga ko‗tariladi. 
Agar 1-darajada o‗quvchilar o‗ylab, o‗rganilgan bilimlarni esga tushirib faoliyat ko‗rsatishsa, 2-
darajada ular faoliyatida tezkorlik ta‘minlanadi. 3-darajada esa, erishilgan natija tushunchaga mos keladi. 
O‗quvchi faoliyatidagi mustaqillik, uning muayyan bilimlarni o‗zlashtirishi, o‗z-o‗zini baholashida 
namoyon bo‗lib, bular o‗quv jarayoni natijasini belgilovchi mezonlar hisoblanadi. 
O‗quvchilarning o‗quv jarayoni natijalari ularning o‗quv materiallarini o‗zlashtirish darajasiga 
daxldordir. O‗quvchilarning o‗quv materiallarini o‗zlashtirish imkoniyatlari ham didaktik, ham 
psixologik hodisa bo‗lib, o‗quv materiallarini tanlash va strukturalashtirishda buni aniq hisobga olish 
lozim. bu hodisa quyidagi tarkibiy qismlarni o‗z ichiga oladi: o‗quv materiallarini idrok etish; o‗quv 
materiallarini tushunish; o‗quv materiallari ustida fikrlash; o‗quv materiallari yordamida o‗zlashtirilgan 
bilimlarni umumlashtirish; o‗quv materiallari yordamida o‗zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash; o‗quv 
materiallari yordamida o‗zlashtirilgan bilimlarni o‗z amaliy faoliyatiga tatbiq etish kabilar. Darsliklarda 
beriladigan o‗quv topshiriqlarida xuddi mana shu vazifalarni amalga oshirish hisobga olinishi lozim. 
O‗quv jarayoni natijasi o‗quvchilarning o‗quv materiallarini o‗zlashtirish darajasi bilan uyg‗un tarzda 
tavsiflanadigan didaktik hodisadir. Shuning uchun ham, o‗quv materiallarini tanlashda o‗quvchilarning 
o‗zlashtirish imkoniyatlari aniq hisobga olinishi kerak. 
O‗quv jarayoni natijasida farqlanadigan didaktik holatlar sifatida amerikalik olim Dj.Bruner 
bilimlarni o‗zlashtirish zarurligini bolalar anglagan bosqichni dasturni mezon birligi deb hisoblaymiz, deb 
ta‘kidlaydi. Garchand, bu bosqich ayrim hollarda o‗quvchilarning hissiy ko‗tarinkiligi(zo‗riqishi)siz 
tashkil etilsa-da, ularning o‗zlashtirish darajalari bilan uyg‗un tarzda o‗rganiladi. Qo‗yilgan dastlabki 
qadam o‗quv jarayoni davomiyligi va davriy harakatini belgilaydi. U o‗zida o‗quvchining individual 
o‗zlashtirish darajasini ifodalaydi. Dj.Bruner bilimlarni baholashda rag‗barlantirish, o‗quvchilarda 
bilimlarni o‗zlashtirishga nisbatan ishtiyoq uyg‗otish, o‗rganilgan axborotlarni (masalan, daryo 
vohalarining hosildor yerlarida madaniyatning paydo bo‗lishi hodisasini) dalillar yordamida kengaytirish, 
va aksincha, dalillarga asoslangan aniq ma‘lumotlarni puxta o‗zlashtirish, o‗quvchilariga taqdim etilgan 
axborotlarning hajm jihatdan kichik, o‗rtacha murakkablikda bo‗lishi, ularni muntazam takrorlash orqali 
ko‗zlangan natijaga erishish omillari sifatida ko‗rsatib o‗tgan edi. Ko‗rinib turibdiki, o‗quvchilarning 
o‗quv materiallarini o‗zlashtirish darajalari aniq natijalarda namoyon bo‗ladi. Bu darajalar 
o‗quvchilarning o‗quv materiallarini o‗zlashtirish bosqichlarida namoyon bo‗ladi. 
Ta‘lim natijalarini o‗rganish, tahlil qilish uchun ular oldindan yozib, qayd qilib boriladi. Buning 
uchun dastlab quyidagi psixodidaktik holatlarga e‘tibor qaratish lozim. 
O‗quvchilarning o‗quv materiallarini o‗zlashtirishlari keng qamrovli didaktik hodisa bo‗lib, o‗quv 
materiali bilan dastlabki tanishishdan boshlab, uni o‗quvchilarning ijtimoiy tajribasiga singdirishga qadar 
bo‗lgan psixodidaktik jarayonni qamrab oladi. Shuning uchun ham o‗quv materiallarini 
strukturalashtirishda psixodidaktik holatlarga tayaniladi. Uning tarkibiy qismlari sifatida o‗quv 
materiallarini idrok etish; o‗quv materiallarining mazmunini bilish; o‗quv materiallarini tushunish; o‗quv 
materiallari ustida fikrlash; o‗quv materiallarini tahlil qilish; o‗quv materiallari yordamida o‗zlashtirilgan 
bilimlarni umumlashtirish; o‗quv materiallari yordamida o‗zlashtirilgan bilimlarni o‗z faoliyatlarida tatbiq 
etish; o‗quv materiallari yordamida o‗zlashtirilgan axborotlarni baholash kabilar tushuniladi. 
Yuqoridagi fikrlar asosida darsliklarda konsentrizm prinsipi asosida beriladigan o‗quv 
materiallarini loyihalash, tanlash, strukturalashtirish, bloklarga ajratish, ularni o‗zaro farqlashga xos 
bo‗lgan didaktik yondashuvlar vujudga keldi. 
Har bir didaktik hodisaning shakllanishi va amal qilishi uchun o‗qituvchi va o‗quvchi faoliyati, 
ta‘lim oluvchilarning yoshi va tayyorgarlik darajasiga mos o‗quv materiali taqdim etilishi lozim. Mazkur 
birliklarning o‗zaro ta‘siridan o‗quv jarayonining tarkibiy qismlari shakllanadi. Didaktik hodisalarning 
o‗qituvchi, o‗quvchi hamda o‗quv materiallari asosida o‗zaro uyg‗unlashuvini aniq tasavvuf etish uchun 
ularni makon, zamon nuqtai nazaridan tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. 
Didaktik hodisalar muayyan vaqtda o‗quv jarayonida amal qiladi. Ular amal qiladigan makon 
ta‘lim jarayoni bo‗lib, bu jarayon o‗quvchi uchun o‗ziga xos ilmiy, ijtimoiy, axborotlashgan, madaniy-


231 
ma‘naviy muhitdir. O‗quv jarayonida o‗qituvchi va o‗quvchi orasida sub‘ekt-sub‘ekt munosabatlari amal 
qiladi. Bu munosabatlar demokratiya va insonparvarlik tamoyillari asosida tarkib topadi. O‗quv-tarbiya 
jarayonida mavjud jamiyat hamda ajdodlarning ijtimoiy tajribasi o‗quvchilarga o‗quv materiallari 
shaklida taqdim etiladi. 
O‗quv jarayoni muayyan vaqt bilan chegaralanadi va tarkibiy qismlarga bo‗linadi. Mazkur didaktik 
hodisalarning har biri muayyan vaqt bilan bog‗liq holda amal qiladi. Ularning biridan ikkinchisiga o‗tish, 
muayyan didaktik hodisaning boshlanishi va yakuni, uning davomiyligi aniq vaqt bilan bog‗liq holda 
belgilanadi. O‗quvchilarning belgilangan o‗quv materiallarini atroflicha o‗zlashtirishlariga erishish 
maqsadida qancha mashq qilishlari lozimligi, o‗quv jarayoni tarkibiy qismlarining o‗zaro bir-birlarini 
to‗ldirishi, didaktik hodisalar o‗rtasidagi uzviylik ham muayyan vaqt bilan belgilanadi. Ko‗rinib turibdiki, 
o‗quv jarayoni miqdor va sifat ko‗rsatkichlariga ega. 
O‗quv jarayonini didaktik jihatdan tavsiflashda bu jarayonda o‗zlashtiriladigan o‗quv materiallarini 
aniq strukturalashtirish va shu asosda o‗quv jarayoni tarkibiy qismlari haqida yuritish mumkin. O‗quv 
materiallari o‗quvchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda tanlanadi va muntazam yangilanadi. O‗quv 
jarayonida o‗qituvchi o‗quv materiallarini o‗quvchiga izohlab, tushuntirib, har bir darsdan ko‗zda tutilgan 
ta‘lim-tarbiyaviy maqsadlarga erishadi. Buning uchun o‗qituvchi o‗zida mavjud bo‗lgan bilimlar hamda 
pedagogik mahoratini ishga soladi. O‗qituvchi mazkur jarayonda o‗quvchining ijtimoiy tajribasidan ham 
unumli foydalana olishi lozim. O‗qituvchi–o‗quvchi orasidagi munosabat hamda o‗zaro hamkorlik o‗quv 
dasturlari va o‗quvchining ijtimoiy tajribasi doirasida amalga oshirilib, o‗quv jarayonini o‗quvchi 
shaxsiga yo‗naltirish uchun imkoniyat yaratadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish