229
Ta‘lim maqsadlariga erishish tizimi ham o‗quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‗naltiriladi; uning faolligiga
tayanishni, mustaqil izlanishlarga undashni, mustaqil nuqtai nazarni (mustaqil fikrni) shakllantirishni
nazarda tutgan pedagogik texnologiya loyihalari muttasil takomillashib boradi. Dars jarayonini
loyihalashtirish ilmiy pedagogik va metodik tamoyillar asosida o‗quvchining ruhiy (psixologik) jismoniy,
aqliy, rivojlanish xususiyatlarini hisobga olib amalga oshiriladi. Loyihalashtirishda o‗qituvchining kasbiy
bilim va mahorati, yaratuvchanlik qobiliyati qatori yana bir qancha xususiyatlari muhim ahamiyatga
egadir.
Jadal sur‘atlar bilan taraqqiy etib borayotgan fan va texnika, texnologiyalar, ta‘lim tizimidagi
islohotlar, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, har jihatdan rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirish
kabi vazifalar ta‘lim jarayoniga ham xilma-xil texnologiyalar joriy qilinishini talab qilmoqda. Seminar
dars, munozara dars, konferensiya dars, nazm darslari, sayohat darsi kabi xilma-xil dars shakllaridan
ta‘lim amaliyotida foydalanish qator ijobiy samaralarga olib keldi. Bunday dars shakllari ham muayyan
texnologik jarayondan tarkib topganligi tadqiqotchilar diqqatini jalb etdi. Keyingi yillarda pedagogika va
o‗qitish metodikasi sohalarida pedagogik texnologiya muammosini tadqiq etish kuchaydi.
Ta‘lim texnologiyasi g‗oyasida maqsadga yo‗naltirganlik; oraliq natijalarni tashxisli tekshirib
borish; ta‘limni alohida o‗qitish bosqichlariga ajratish – o‗quv jarayonini loyihalashtirish prinsiplarini
tashkil qiladi.
Boshlang‗ich sinflardan boshlab, mustaqil firkli, ijodkorlik qobiliyatiga ega, yaratuvchi shaxsni
shakllantirishga e‘tibor qaratilar ekan uning ma‘naviyatini yuksaltirish, aqliy va ruhiy kamolotini
ta‘minlash ham bu vazifalar bilan chambarchas bog‗lanadi. ―Yangi pedagogik texnologiyalar‖ nomi bilan
kirib kelgan rivojlantiruvchi, faollashtiruvchi usullar aslida texnologiyaning tarkibiga kiruvchi
komponentlar, uning qismlaridir. O‗quvchilarni qisqa vaqt ichida yuqori samara sari yetaklovchi ta‘lim
texnologiyalari ularda nazariy bilimlarni ham, amaliy malakalarni ham tarkib topishiga qulay sharoit
tug‗dirishga, o‗z-o‗zini nazorat qilish va baholashga o‗rgatishda qulay imkoniyat yaratadi.
Endi har bir bosqichning ta‘lim texnologiyasidagi o‗rni va vazifasini izohlab o‗tamiz.
1. Didaktik maqsadni aniq belgilash
. Muayyan mavzu bo‗yicha o‗quv dasturi, DTS va darsliklar
asosida o‗quv fanining maqsad hamda vazifalariga uyg‗un darsning ta‘limiy va tarbiyaviy maqsadi
belgilanadi. Mashg‗ulot uchun ajratilgan soat, o‗quvchilar yosh xususiyati, soni; darsning shakliga ko‗ra
metod hamda usullari tanlanadi. Dars rejalashtiriladi.
2. 4-sinfda so‗z turkumlari o‗rganiladi. Ot so‗z turkumini o‗rgatish bo‗yicha bir soatlik dars
maqsadini belgilashda darslik materiallariga e‘tibor qaratiladi. Darsning ta‘limiy maqsadini
o‗quvchilarning ot so‗z turkumiga oid tushunchalarni o‗zlashtirishlari; otlarga xos xususiyatlar haqida
muayyan bilimga ega bo‗lishlari; otlarning yozilishiga oid savod malakasini tarkib toptirish; o‗quvchilar
nutq malakasini takomillashtirish tashkil etadi.
Darsning tarbiyaviy maqsadi darslikdagi matnlar, she‘rlarni o‗qish orqali o‗quvchilarda ota-
onaga, Vatanga, ona tiliga, do‗stlariga mehr-muhabbat tuyg‗usini yuksaltirishdan iborat. So‗zlarni
so‗roqlar yordamida turkumlarga ajratish mashqi.
Darsni rivojlantirish. Ushbu maqsadlarga erishishning samarali metod va usullarini belgilash.
Kishilar, joy nomlarini bosh harflar yozilishiga oid matn asosida ish olib borish.
Ot so‗z turkumiga xos xususiyatlarni darslikdagi mashqlar, matnlar asosida o‗zlashtirish va
daftarga yozib chiqish mashqi. Ta‘lim maqsadlari va dars rejasi asosida o‗quv topshiriqlari tayyorlash.
Xulosa qilib aytish joizki, o‗qitishning shaxsga yo‗naltirilgan texnologiyalari o‗quv fanlariaro va
bir o‗quv fani mavzulariaro rang-barang shakllarda ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: