KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNI MUSTAQILLIKKA
O‘RGATISHNING AHAMIYATI
Yusupova Lobar ,
Jondor tumani, 37-maktab boshlang„ich sinf o„qituvchisi
Zamonaviy insonlarning har jihatdan yetuk, barkamol, intellektual salohiyatli, keng
dunyoqarashga ega bo‘lishi uchun boshlang‘ich ta‘lim o`rni alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan
―Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi qaroriga ko‘ra
chet tillarini o‘qitish boshlang‘ich ta‘limning dastlabki yillaridanoq boshlanishi kerakligi belgilangan edi.
Davlatimizning ta‘lim sohasidagi oliy maqsadi – har tomonlama yetuk barkamol kadrlarni
jamiyatga yetishtirish. Zero, shu maqsad asosida berilgan ilk ta‘lim-tarbiya kelajakda o‘z qudratini
ko‘rsatishi tabiiy. Shunday ekan, bola boshlang‘ich ta‘limni avvalo oiladan oladi. Boshlang‘ich ta‘limni
egallayotgan bolaga har bir ota-ona, o‘qituvchi, murabbiy befarqlik qilmasligi lozim. Bolaning jamoa
oldida o‘zini tuta bilishi, muloqot jarayoni, dars mashg‘ulotlaridagi ishtirokini muntazam kuzatib borish
lozim.
Mashhur pedagog A.S.Makarenko shunday yozgan edi: ―Bolani faqat u bilan gaplashganda,
nasihat qilganda, yoki unga biror narsa buyurgandagina tarbiyalayman deb o‘ylamang. Siz bolani
turmushingizning har bir jarayonida, hattoki, o‘zingiz uyda yo`qligingizda ham tarbiyalaysiz. Sizning
qanday kiyinishingiz, boshqalar bilan va boshqalar haqida qanday muomala qilishingiz, gazeta
o`qishingiz bular hammasi bola uchun ahamiyatga ega. Gapirishingizdagi ohang sal o‘zgarsa ham bola
buni darrov payqab oladi, yoki sezadi, bola fikringizdagi hamma o‘zgarishlarni har xil yo‘llar bilan bilib
oladi, lekin o‘zingiz bundan bexabar bo‘lasiz.‖
Darhaqiqat, oilada kattalarning bir-biriga bo‘lgan iliq munosabati farzandlar qalbida ham samimiy
tuy‘ular jilvalanishiga olib keladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maktab hayoti, o‘quv faoliyati, tabiat
bilan bog‘liq ko‘plab yangi ma‘lumotlarga ega bo‘ladi, ya‘ni u shaxs bo‘lib shakllana boshlaydi. Shaxsni
shakllantirish – uning o‘sishi qandaydir yangi xususiyat va fazilatlarga ega bo‘lish jarayonidir.
―Shakllantirish‖ tushunchasi ―tarbiyalash‖ga qaraganda ancha keng tushunchadir. U jamoa, tabiat, guruh
va shaxslar bilan muloqot hamda faoliyat bilan bog`liq.
Hozirgi kunda respublikamizda m‘lum bir yo‘nalish bo‘yicha (matematika, musiqa, san‘at, sport)
maktablariga o‘quvchilar qabul qilinmoqda, ular asosan olti va yetti yoshda. Asosiy mezon: ko‘rish,
eshitish, nutq, mantiqiy fikrlash, xotira, tafakkur, iroda va sezgilardan iborat. Shu kabi mezonlarga
muvofiq ravishda boshlang‘ich maktablarning asosiy vazifalari ham bor: bolani kuzatish, o‘ylashga va
izlanishga undash, muommoli vaziyatlarda o‘zini tuta bilish, materiallarni o‘rganish va tahlil qilishni
o‘rgatishdir. O‘quvchining vazifasi esa: yangi bilimlarni egallash, dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik
darajasini tahlil qilish, qobiliyatlarni namoyon eta olish, qiziqishlari bo‘yicha materiallar to‘plash va h.k
O‘zbekiston maktablarining tajribali o‘qituvchilari bolalarni nevropsixologlarning ekspress-
diagnostik tekshirish asosida tanlash metodlaridan foydalanadilar. Bu metod psixologiya fanlari
doktorlari, professorlar B.Qodirov va E.G.Smernetskaya, dotsent S.Oxunjonovlar tomonidan ishlab
chiqildi. Ular o‘quv rejasiga ijodiy tafakkurni rivojlantirish dasturlarini, ta‘limning ikki tili – informatika
va shaxmat o‘yinlarini kiritadilar. Ya‘ni ta‘limot mashg‘ulotlarni dars soatlariga ko‘ra bo‘lib chiqish va
mavzulashtirilgan holda o‘tish, o‘quvchilarning jismoniy va aqliy toliqishining oldini oladi; bilish
jarayonlarining takomillashishiga olib keladi. Masalan, 1- sinfdagi matematika o‘quv dasturida (I-IVsinf)
1 dan 10 gacha sonlarni o‘rganishga 34 soat dars, 1 dan 20 gacha sonlarni o‘rganishga 12 soat dars,
qo‘shish va ayirishga 62 soat dars ajratilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ko‘proq mustaqil fikrlashga o‘rgatish lozim. Bunda, misollar
keltirish, qoida va ta‘riflarni tushuntira olish, masalalarga mantiqan yondasha olishi kerak. Tadqiqotlarga
ko‘ra, 1-sinfda o‘qilgan matn bo‘yicha savollarga javob qaytarish va rasmlarga qarab ularning mazmunini
gapirib berish, rasmlar hikoyalar tuzish g‘oyat muhim bo‘lib, bu ma‘lumotlar 4- sinfda so‘ralganda ham
bemalol javob bera olar ekan.
O‘quvchilarning har biri tarbiyaviy jihatlarini, ya‘ni axloqiylik, irodalilik, bardoshlilik singari
xislatlarni o‘zida shakllantira olishi lozim. Mashg‘ulotlarning ijobiy va salbiy xislatlarini baholay
olishlari, ularni bayon qila olishlari orqali axloqiy xususiyatlar va nutq qobiliyatlari rivojlanadi. Axloqiy
xususiyatlarga misol keltiradigan bo‘lsak, 2-sinfda bolalar o‘z tengdoshlarining ishlari, ularning do‘stligi,
o‘zaro yordami va mehribonliklari haqidagi hikoya va she‘rlarni o‘qiydilar.
O‘quvchini dars davomida o‘z-o‘zini boshqarish xususiyatlarini rivojlantirish uchun unga o‘zi
mustaqil bajaradigan topshiriqlarni berishi, nazorat qilishi va unga ishonishi nihoyatda muhimdir.
Berilgan topshiriqni bajarayotgan o‘quvchi o‘zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb
223
his qilsin. Ana shu his bolada o‘z-o‘zini boshqarishga undovchi motivlarni qat‘iylilikni yuzaga keltiradi.
Aynan ilk turtkigina bolaning o‘z oldiga maqsad qo‘yishga, qiziqishiga olib keladi. Shu kabi turtkilar
tadqiqotchilarni qiziqtirib kelgan hodisadir. Ya‘ni, insonni u yoki bu harakatini bajarishiga nima turtki
bo‘lishi ko‘p yillar davomida uning faolligini nima boshqaradi, ba‘zan esa uning butun hayotini nima
belgilab beradi, degan jumboqlar ko‘plab uchrab turadi. Inson faolligi mohiyatini tushunish uchun uning
sabablarini aniqlash zarur; ya‘ni harakat va faoliyat asosida yotadigan ta‘sir etuvchi kuchni ochish
lozim…‖
Shunday ekan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilish jarayonlaridagi ixtiyoriylik, irodaviy
zo‘riqish asosida bola o‘zini atrofidagilarning talabini bajarish jarayonida, yoki shaxsiy harakatga
intilgandagina yuzaga keladi. Bola qachonki mustaqil izlansa, bilim egallashga intilsa, shunda undan
komillik sari yetaklovchi va faol fikrlovchi shaxs shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |