BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA
TAHLILIY FAOLIYATNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Yadgarova Amina Muxammadovna ,
Buxoro shahar, 42-maktab boshlang„ich sinf o„qituvchisi
Bugungi kunda ta‘lim tizimi xodimlari uchun eng dolzarb vazifa ta‘limning sifat va samaradorligini
oshirishdir. Ta‘limning sifat va samaradorligini oshirish esa, asosan muallim murabbiylarning mehnatiga,
o‗quvchiga berilayotgan bilim va tarbiyani nechog‗liq to‗liq, puxta ekaniga bog‗liqdir. Pedagogik
jarayonning aniq variantlarini tahlil qilishga yo‘naltirilgan metodik faoliyat nihoyatda zarur hisoblanib,
dars jarayonini muvaffaqiyatini ta‘minlovchi asosiy jarayon hisoblanadi.
O`quvchilar orasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish orqali ular orasida hamkorlik
o`rnatishning o`ziga xos vositalari mavjud. Bunda quyidagilarga tayanish maqsadga muvofiqdir:
– o`quvchilar orasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish sinfdagi muhitni yaxshilab, o`quvchiar
orasida o`zaro hamkorlik o`rnatish imkonini berishi lozim;
– qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga oid tajribalarni o`zlashtirish o`quvchilar uchun ham
quyidagilarni chuqurlashtirish imkonini berishi kerak: o`zi va sinfdoshlarining faoliyatini tahlil qilish,
221
o`zi va sinfdoshlarining yutuqlarini baholash, o`z faoliyatini mustaqil boshqarish, fikriy ijodkorlikka
erishish kabilar;
– qarama-qarshiliklarni bartaraf etish jarayonida o‘quvchilarning ijobiy xulq-atvor va o`zaro
munosabat tajribasini egallashlari ularning bo`sh vaqtlarini birgalikda mustaqil bilim olishga safarbar
qilishlariga imkoniyat yaratishi zarur; bu esa kelishuv yo`llarini izlash va hamkorlikka kirishish, qarama-
qarshiliklarni bartaraf etish uchun muhim ahamiyatga ega.
Biz kuzatishlarimiz asosida o`quvchilar orasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish vaziyatlarini
aniqlashga harakat qildik. Qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga yo`naltirilgan vaziyatlar o`ziga xos
pedagogik mexanizm bo`lib, o`quvchilarni yangi vaziyatga olib kirib, ularda xulq-atvor va fikrlash, qayta
fikrlashning yangi uslubini tarkib toptiradi. Vaziyatli yondashuv o`quvchilar hayotiy faoliyatining
muayyan usullarini loyihalashtirish asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda o`quvchilar hamkorlik qilish
va rivojlanish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Bunday rivojlanishning asosini shaxsiy hayotiy vaziyatlarni
his qilish tashkil etadi.
O`quvchining shaxsiy rivojlanishini ta‘minlovchi vaziyatlar o`ziga xos pedagogik imkonyatlarga
ega.
Bugungi kunda ta‘lim jarayonini insonparvarlik tamoyili asosida tashkil etishga alohida e‘tibor
qaratilmoqda. Chunki hamkorlikdagi pedagogik jarayonlarda o`qituvchi ham, o`quvchilar ham yangicha
mavqeni egallaydilar. Mazkur vaziyatda o`quvchi ta‘lim jarayonining subyekti sifatida namoyon bo‘lsa,
o‘qituvchi esa ustoz, maslahatchi, boshqaruvchi va hamkor sifatida faoliyat ko`rsatadi. Ular orasida
do`stona munosabatlar va hamkorlik muhiti vujudga keladi. Shu tariqa, o`qituvchininhg yangi mavqeyi
sinf jamoasi orasida teng huquqlilik hamda o`zaro hurmatga asoslangan do`stona munosabatni
shakllantirish imkonini beradi. O`qituvchi pedagogik faoliyatning suyekti sifatida o`quvchi shaxsini
rivojlantirishga yo`naltirilgan vaziyatlarni tashkil etishga mas‘uldir. Bunda u o`zining shaxsiy tajribasiga
tayangan holda o`ziga xos jarayonni vujudga keltiradi.
O`quvchilar shaxsini rivojlantirishga yo`naltirilgan vaziyatlar ularning rivojlanishlari va o`zaro
hamkorlik qilishlariga yo`l ochadi. Bu quyidagilarda namoyon bo`ladi:
– qo`zg`atuvchi, bu nazarda tutilgan hamkorlikdagi faoliyatning maqsadini birgalikda belgilashga
qaratilgan;
– faollashtiruvchi, bu o`quvchilarning rivojlanishlari va o`zaro hamkorlik qilishlariga
yo`naltirilgan;
– fikrni shakllantiruvchi, bu o`quvchilarning bir-birlarini yutuqlarini baholash, ular ustida fikrlash
va tahlil qilishlari asosida obyektiv fikrni shakllantirish jarayoni;
– dinamiklik, bu o`quvchilar orasidagi hamkorlikning rivojlanish jarayonini ifodalaydi.
O`quvchilarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi pedagogik vaziyatlar subyektlar
orasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish asosida shaxslararo ijobiy munosabatlarni shakllantirishga
xizmat qiladi. Qarama-qarshiliklarni bartaraf etuvchi vositalar sifatida muayyan ta‘lim-tarbiyaviy
vazifalarni hal qilishga xizmat qiladigan holatlar, hodisalar hamda harakat usullarini ko‘rsatish mumkin.
O‘zaro hamkorlikka asoslangan pedagogik vaziyatlarning muhim vazifalaridan biri – subyektlar
orasidagi qarama-qarshiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun zarur bo`lgan tahliliy faoliyat
tajribasini shakllantirishdan iborat.
Biz quyida xuddi mana shu hodisaning tahlili ustida batafsil to‘xtalamiz. Tahliliy faoliyat shaxs
mavjudligining muhim mexanizmi hisoblanadi. Tahliliy faoliyat o‘quvchilar uchun muhim ahamiyatga
ega, ularda intellektual quvvatlarning shakllanishini jadallashtiradi. O‘quvchilarning hayotiy tajribalari,
hissiyotlari, kechinmalari, tuyg‘ularining shakllanishiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Ular bunday tajribani
o‘qituvchilar, ota-onalari va atrofdagi tengdoshlari ta‘sirida o‘zlashtiradilar. O‘quvchilarning alohida
hodisalarga bo‘lgan munosabatlari, unga bergan baholari, kelajakda egallaydigan hayotiy mavqelarini
belgilaydi.
Tahliliy faoliyat yordamida o‘quvchilar o‘zlari va tengdoshlarining imkoniyatlarini bilishga
muvaffaq bo‘ladilar, o‘zlari, sinfdoshlari va o‘qituvchilarning ichki olamlarini anglaydilar, bir-birlarining
shaxsiy qarashlari, kechinmalari, tashvishlarini tahlil qiladilar, natijada ularda o‘zlari va atrofdagilar
haqida muayyan fikr hosil bo‘ladi. Atrofdagilar ularni qanday qabul qilishlarini anglaydilar, o‘zlarini
fikran boshqalar o‘rniga qo‘ya olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. O‘quvchilarda rivojlanadigan tahliliy
fikrlash jarayoni o‘zlari va sinfdoshlarining xatolarini aniqlash, ularni tuzatish va kelajakda
takrorlamaslik ko‘nikmasini egallaydilar. Bu o‘z navbatida o‘quvchilar orasidagi o‘zaro munosabatlar va
hamkorlikning rivojlanishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi.
222
Do'stlaringiz bilan baham: |