№
Mа‘lumotlаr
«
B»
«
?»
«
+»
«
-»
1
.
O‗rdak, g‗ozlar «g‗ag‗a»- lashib bu joylarni qushlar
bozoriga aylantirib yuboradi.
«
B»
2
.
Qopqonga chap bersa, miltiq bor joyga yo‗lamasa,
dorining hidini olsa, buning yo‗li bor. Iziga tozi solamiz.
«
+»
3
.
Yana nariroq yurgan edik, bir butaning tagida
uchinchisi yer tishlaganicha mukkasidan tushibdi...
«
-»
4
.
Shishaning sirtiga yopishtirilgan oq qog‗ozga odamning
bosh suyagi, uning tagida ikkita ilik suyagining ayqashib
turgan surati solingan.
«
?»
O‗quvchilar javoblari tinglanadi va xulosa qilinadi.
O‗quvchilarga savollar bilan murojaat etiladi:
- Hikoya qahramonlari kimlar?
- Hikoya voqealari qaysi faslda sodir bo‗lgan?
- Ovchilar nima uchun bo‗rilarning ketiga tushishdi?
- Bo‗rilar qanday vahshiylik qilishgan edi?
- Ovchilar qanday hiyla ishlatishdi?
O‗quvchilar javoblari umumlashtiriladi.
Demak , dars jaryonida turli ilg`or pedagogika texnologiyallardan o‗rinli foydalanilsa, ta‘lim
sifat samaradorligi oshadi.
139
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ADABIYOTLARDA KREATIVLIK TUSHUNCHASINING
YORITILISHI
Savurova Muxlisa Utkirovnv
Guliston davlat universiteti magistrranti
Kreativlikni o`rganishga ham juda ko`p tadqiqotlar bag‘ishlangan bo‘lib, ular nazariy va amaliy
samarali natijalarni bergan. Lekin hozirgacha kreativlikning yaxlit, mukammal ishlab chiqilgan nazariyasi
mavjud emas. Shu tufayli kreativlikni tushunish bo‘yicha yagona tushuncha va mazkur qobiliyatni
o‘rganishga qaratilgan va barcha olimlar tomonidan qabul qilingan diagnostik metod ishlab chiqilmagan.
Kreativlik so‘zi ilk bor 1922-yilda AQSh olimi D. Simpson tomonidan qo‘llanilgan. Ushbu atama
orqali shaxs qolipdagi, stereotip, odatiy tafakkurdan voz kechish qobiliyatini ta‘riflagan.
Kreativlik (lot. creatio – yaratish, vujudga keltirish) – bu insonning noodatiy g‘oya, fikr bera olish,
muammolarni takrorlanmas, original yechimini topish, tafakkurning an‘anaviy shakllaridan voz kecha
olishga bo‘lgan qobiliyatidir.
K. Rodjers (1944) kreativlik deb muammolarni yangi yechimi va biror narsa, voqea, holatni ifoda
etishning yangi usullarini aniqlashni tushunadi.
Kreativlik bilan shaxs va intellektual xossalar taqqoslangan tadqiqotlar katta ahamiyatga egadir.
Intellektual xossalar bilan taqqoslash bo‘yicha tadqiqotlar Dj. Gilford tomonidan amalga oshirilgan. U
kreativlikni divergent tafakkurga tenglashtirgan.
Divergent tafakkur muammoni ko‘p miqdorda asosli, odatdan tashqari, original yechimlarini
keltirishdir. Rossiyalik olima D.B.Bogoyavlenskaya divergent tafakkur sifatida faqat kenglikda fikrlash,
ya‘ni obyektning boshqa belgilarini ko‘ra olish qobiliyatini tushunadi.
S. Mednik fikriga ko`ra, ijodiy jarayonda ham divergent, ham konvergent tafakkur turlari o`zaro
bog`liq holda faoliyat ko`rsatadilar.
Sternberg va Lyubartlarning kreativlik nazariyalarida asosiy tushuncha –muammoni yechish
tushunchasidir. Ular intellektual qobiliyat va kreativlikni tenglashtirmaydilar. Lekin, shu bilan birgalikda,
ularning fikriga ko`ra, intellektual
qobiliyatlar, bilim, motiv va shaxs xususiyatlari ijodiy faoliyat uchun turtki hisoblanadi.
Ko`rinib turibdiki, olimlar fikrlarida yakdillik mavjud emas. Bu esa kreativlikni tushunshni
qiyinlashtirmoqda. Shuning uchun kreativlik haqida so‘z yuritilayotganda, kreativlik – bu qobiliyatmi
yoki shaxs sifatimi aniqlik kiritish lozim hisoblanadi.
Ma‘lumki – kreativlik so`zi asosan jonsiz narsa va hodisalarga taaluqli bo‘lib, ularni tadqiqot
natijalari shaxslararo munosabatlar sohasiga ko‘chirilish holatlarini kuzatish mumkin. Bu esa taniqli olim-
metodolog B.F.Lomovga ko`ra, bunday ko`chirishlar tagida hech qanday asos yo`q. Bu ma‘noda ijtimoiy
kreativlik haqida alohida fikr yuritish maqsadga muv ofiqdir.
Yuqoridagi ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, kreativlik tushunchasiga nisbatan bir-
biriga zid bo`lgan quyidagi turli xil qarashlar majud. Bular:
1. Kreativlik – bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmuidir.
2. Kreativlik – bu insonning o‘ziga topshirilgan muayyan topshiriq va vazifalarni bajarish usulidir.
3. Kreativlik – bu intellekt (aql) ning mahsulidir. 4. Kreativlik – bu insonga xudo tomonidan berilgan
qobiliyat, kashfiyotlardir. 5. Kreativlik – bu ijodiy faoliyatdir. 6. Kreativlik – bu ijodkor insonlarning
ma‘naviy-axloqiy va ijtimoiy adaptatsiyalanishidir. 7. Kreativlik – bu madaniyat bilan uzviy bog‘liq
bo‘lgan kategoriyadir. Kreativlik – bu insonning shaxsiy xususiyati bo‘lib, uning o‘z-o‘zini
takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog‘liq.
Kreativlikning alohida turi bu ijtimoiy kreativlikdir. O‘zbekistonda bu masalada tadqiqotlar kam
amalga oshirilgan. Shunday bo‘lsa-da, mamlakatimizda ijtimoiy psixologiya, kommunikatsiyalar bilan E.
G`oziyev, G. Shoumarov, V. Karimova, B. Umarov shug`ullanganlar. Ijodiy tafakkur, intellektual
salohiyatni tadqiq etishga B. Qodirov, R. Sunnatova, M. Usmanova, R.A. Mavlanova va boshqalar e‘tibor
qaratishgan. Bo`lg`usi psixologlarning kasbiy tayyorgarligi masalasida ijtimoiy kreativlikni o`rganish va
uni rivojlantirishga ahamiyat berilmagan.
Rossiyalik va g`arb olimlari tadqiqotlarida ijtimoiy kreativlik quyidagi masalalar doirasida ko`rib
chiqilgan.
S.Yu. Kann muloqot sohasidagi kreativlikni o`rgangan, lingvistik kreativlikni G.A.Xalyushova,
ijtimoiy intellektni M.I. Bobneva, Yu.N. Yemelyanov, ―kommunikativ kompetentlik‖ni N.A. Aminov,
L.A.Petrovskaya, ―sotsial kompetentlik‖ni A.A. Bodalev, O.K. Tixomirovlar o`rganganlar.
140
G`arb psixologiyasida aksariyat ilmiy ishlar ijtimoiy intellektni (Dj. Gilford, R. Sternberg), kam
miqdorda kommunikativ kompetentlik, ijtimoiy iqtidorni o`rganishga qaratilgan (S. Greys, R.
Tomassoni).
V.Kala ilk bor ―muloqotdagi kreativlik‖ atamasini qo`llagan va uni muloqotga ijodiy yondashuv,
unga kirishganlik, o`z xulqini modifikatsiya qila olish bilimi va qobiliyatga ega bo`lish, mavjud vaziyatni
o`zgartirishga tayyorgarlikni nazarda tutgan.
L.A. Petrovskaya shaxslararo muloqotda produktiv va reproduktiv komponentlarni ajratgan.
Shaxsni ijodiy, produktiv potentsiali muloqot jarayonida muammoli vaziyat vujudga kelgan vaqtida
namoyon bo‘ladi. T.Yu. Osinova kommunikativ kreativlikni ijodkorlikni boshqa tomonlari bilan
murakkab aloqalari mavjudligini isbotlagan. Uning fikriga ko`ra, kommunikativ jarayonda umumiy ijodiy
qobiliyat asta-sekin va muvofiq ravishda samarasi pasaygan tajribani o`zgartirish imkoniyatini keltirib
chiqaradi va eski tajriba bilan ulaydi; yangi maqsad, original vositalar va usullar o`zaro aloqasini (yangi
tajribani), to`siq, stereotip, ustanovka, qoida, odatlardan tashqariga chiqishni vujudga keltiradi.
Ijtimoiy kreativlikning psixologik strukturasi A.A. Popel tomonidan ishlab chiqilgan. U o`z ichiga
quyidagilarni qamrab oladi: o`zini aktuallashtirishga bo`lgan umumiy qobiliyatni, ijtimoiy motivatsiyani,
kommunikativ sezgirlikni, ijtimoiy xayolni. Bizningcha, A.A. Popel ijtimoiy kreativlikning psixologik
strukturasi bugungi kunda puxta ishlangandir.
Shu bilan bir qatorda psixologiyada ijod va ijodiy faoliyat muammosini o`rganuvchi alohida
yo`nalish – ijodkorlik psixologiyasi yo`nalishi vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |