141
mashg‗ulotlarga tayyorlanishda va mashg‗ulotlarning o‗zida o‗qitish amaliyotida yuzaga keladigan va
nazariy bilimlardan foydalanilishni talab etadigan turli-tuman metodik masalalar yuzaga keladi.
Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda, ular bir qiymatli
yechimga ega emas. Darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o‗quv vaziyati uchun eng yaroqli
yechimini o‗qituvchi tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo‗lish talab
etiladi. Shu sababli, mazkur qo‗llanmada keltirilgan metodik masalalar va shular jumlasidan darsda
bevosita yuzaga keladiganlari ham iloji boricha turli usullar bilan hal etilishi lozim. O‗quvchilarning xato
javoblari munosabati bilan yuzaga keladigan metodik masalalarga alohida e‘tibor berilishi lozim.
Xatoliklar mohiyatini aniqlash va tushuntirish muhim ta‘limiy vazifani bajaradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‗yinlar muhim ahamiyatga ega: o‗yin orqali o‗qitish
jiddiy tarbiya shaklidir. Mavjud didaktik o‗yinlar mantiq ilmi va matematika nuqtayi nazaridan
mazmunan o‗rganilgan materialni mustahkamlash vositasi sifatida ishlatiladi.
Bolalarni 6-7 yoshdan o‗qitishning mazmuni va usullarida muammolar yuzaga keladi. Sanoqni
o‗rganish, qo‗shish va ayirishni birinchi bosqichda o‗rgatish (yuz ichida) – boshlang‗ich ta‘limning asosiy
vazifasi bo‗lib kelgan va shunday bo‗lib qoladi. Biroq, bu yagona vazifa bo‗lib qolmasdan, balki u
bolalarning matematikani o‗rganishga yanada kengroq va har tomonlama sanoqqa tayyorlash ishining
tarkibiy qismi bo‗lib qoladi. U ikkita asosiy yo‗l bilan belgilanadi: pedagogik yo‗l, ya‘ni bolalar
fikrlashida qo‗llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash va matematika yo‗li, ya‘ni bolalarni eng
muhim matematik tushunchalarni, eng avvalo, natural son va geometrik shakl tushunchalarini o‗rganishga
tayyorlash orqali.
Bolalarni matematikani o‗rganishga tayyorlashda ishni nimadan boshlash yangicha yechimni
taqozo etadi. Matematikani „jiddiy― o‗rganish uchun bolalarni partaga o‗tqizishdan oldin balki ular bilan
„matematik o‗yin― o‗tkazish lozimdir. Matematik tayyorgarlikda didaktik o‗yinlardan foydalaniladi, biroq
bu o‗yinlar, birinchidan, mantiqiy va matematik mazmun bilan boyitilgan bo‗lmog‗i, ikkinchidan, ular
mashg‗ulotning o‗zida emas, balki undan oldin yoki keyin o‗tkazilishi lozim.
Adabiyotlar:
1.2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi
bo‗yicha Harakatlar strategiyasi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947
sonli Farmoni.
3.Jumaev M. Matematika o‗qitish metodikasi.T:, Turon iqbol . 2016 yil
4. Assessing Reading, Mathematics and Scientific Literacy: A framework for PISA 2009. OECD,
2009
5. PISA va TIMSS dasturlaridan (Shuxrat Ismoilov tarjimasi) foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: