131
tajribalaridan ushbu holatlarni aytib beradilar: o`quvchilari orasida chapaqaylar uchrab qolsa, ularni o`ng
qo`l bilan yozishga majbur qilganlar. Bu majburlashda tushuntirish, ogohlantirish, jazolash hattoki
jismoniy ozor berish kabilar ham qo`llanilgan. Chapaqaylar chap qo`li bilan yozmasligi uchun ularning
chap qo`li bog`lab qo`yilgan, chizg`ich, tayoq bilan urilgan, nina yoki bigiz kabi tig`li buyumlar bilan
chap qo`liga og`riq yetkazilgan. Natijada o`quvchi og`riqdan yoki jazodan qo`rqib, o`ng qo`lda yozish
uchun o`zini majbur qilgan. Chunki o`sha paytlarda chapaqaylik nuqson deya qaralgan. Bugungi kun
ta`lim-tarbiya sohasidagi tadqiqotlar, statistik ma‘lumot va psixologik izlanishlar bu kabi majburlashlarni
xato ekanini isbotlab berdi va qoraladi. Keling, saviyali va yozuv malakasi jihatidan ancha tajribali inson
sifatida o`zingizni ruhan va jismonan biror ishga majbur qilib ko`ring. Masalan, o`ng qo`lda yozsangiz
chap qo`lda yozishga majbur qiling. Bir, ikki uzog`i bilan besh daqiqaga toqatingiz yetadi, xolos. Darrov
o`zingizga qulay usulda yozishga o`tasiz. Shunda sizni o`zingiz xohlamaganizda, chap qo`lda yozishga
majbur qilishsa, qo`llaringizga urib ozor yetkazishsa, qay holatga tushasiz? Buni tasavvur qilish ham
og`ir. Shu vaziyatni murg`ak qalb egasi, jajji bolajonlar o`z boshidan o`tkazishini ko`z oldingizga
keltiring. Birgina mana shu kabi majburlash maktabda emas, uyda ota-onasi tomonidan ham olib borilgan
holatlar ham yuz bergan. Bu esa bolada o`quvchilik inqirozi davri juda og`ir o`tishiga, maktab va ustozlar
haqida, ta‘lim va tarbiya haqida yomon o`y- xayollarga borishiga sabab bo`ladi. Ich-ichidan maktab
ta`limini yomon ko`rib qoladi, asabiy, jizzaki, injiq bo`lib qoladi. O`zlashtirishda tengdoshlaridan orqada
qolib ketadi. Bu kabi misollar psixologik kuzatishlar natijasidir.
Biz chapaqaylarni tushunib, ularning ta‘lim va tarbiyasi uchun yaxshi hamda qulay sharoitlarni
yaratib berishimiz lozim. Axir, chap qo`lda yozish qobiliyati har kimga ham tuhfa etilmagan-ku!
Chapaqay o`quvchilar bilan ishlash, ularga yozishni o`rgatish metodikasi haqida o`zlarining foydali
maslahatlarini ―Husnixatga o`rgatishning amaliy asoslari‖ kitobida filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yunus Azimov hamda o`qituvchi Rustambek Qo`ldoshevlar berib o`tganlar. Ustozlarimiz tavsiyalariga
ko`ra chapaqay o`quvchilar uchun yozuv daftari o`ng tomonga 60
o
qiyalikda bo`lishi, o`quvchi ruchka va
qalamni uchidan 4 santimetr yuqori ushlashlari kerak. Chapaqaylarga ham o`naqaylarga o`rgatiladigan
yozuv metodini qo`llash xato hisoblanadi. Ularga yozishlari uchun uy sharoitida ham e`tibor berilishi
muhim, albatta. Yozuv stolida stol chirog`i o`ng tomonda joylashtirilishi hamda o`quv qurollari ham o`ng
tomonga qo`yilishi ma‘qul.
Dunyoda chapaqaylar soni ortib borayotganligi sabali ularga kerakli buyumlar, jihozlar va o`quv
qurollari ishlab chiqaradigan firmalar soni ham ortib bormoqda. ―Fiskars‖ brendi ostida ishlab
chiqariladigan o`quv qurollari aynan chapaqay o`quvchilar uchu mo`ljallangan. Mana shu kabi
ma‘lumotlar chapaqay o`quvchilar qobiliyatlarining qo`llab quvvatlanayotganligining isbotidir.
Dunyoning mashhur shaxslari orasida chapaqaylar ko`plab uchraydi. Masalan: Leonardo da Vinchi,
Aristotel, Nyuton, Lyudovig Van Betxoven, Charli Chaplin, Malika Yelizaveta.
Ta‘lim tarbiya sohasidagi so`nggi o`zgarishlar maqsad va vazifalari ham aynan iqtidorli yosh
avlodni tarbiyalashdir.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 9-bobi, 42-moddasida: ― Har kimga ilmiy va
texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning
madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g`amxo`rlik qiladi‖,- deya belgilab qo`yilgan. Biz chapaqay
o`quvchilarimizni qo`llab quvvatlab, ularga barcha sharoitlarini yaratib bersak, ularning iqtidorlari
namoyon bo`lib, rivojlanib boraveradi. Iqtidorli va qobiliyatli yosh avlod yurtimizning har sohada
rivojlanishiga xizmat qilishi muqarrardir. Zotan, chapaqaylik ham o`ziga xos qobiliyat namunasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: