O. X. Xamidov universitet rektori, rais


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 
1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, ―O`zbekiston‖, 2019 
2. Azimov Y., Qo`ldoshev R. Husnixatga o`rgatishning amaliy asoslari. Toshkent, 
―Turon zamin ziyo‖, 2017 
BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARI PSIXOLOGIYASI VA UNING O`ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
Gulmatova Lobar Aziz qizi,
Muzropova Madina Umidjon qizi 
Chirchiq davlat pedagogika instituti,
Pedagogika va psixologiya ta‟lim yo‟nalishi
talabalari 
Boshlangich sinf o‗quvchilari ba‘zan hissiy-yaqqol yoki empirik umumlashtirish imkoniyatiga ega 
bo`ladilar, Ularda mahaliy tushunchalar atamalar, tushunchalar miqdori keskin kamayadi. Boshlang`ich 


132 
sinflardagi ta‘lim jarayonida ba‘zan hissiy-yaqqol yoki empiric umumlashtirish usuli qo‘llanadi va bu ish 
albatta topshiriqning talabiga binoan amalga oshiriladi. Narsa va hodisalarni guruhlarga ajratish va 
tasniflash lozim bo`lib qolsa, ko`pincha shu usullardan ham foydaanish tavsiya qilinadi. Bayon 
etilganlardan boshlang`ich sinf o`quvchilari ta‘lim jarayonida turli umumlashtirish va mavhumlashtirish 
usullaridan foydalanishi ayonlashadi. Ularning mavhumlashtirish va umumlashtirish faoliyati to`rtinchi 
sinfgacha asta sekin murakkablashib, miqdori vasifasi jihatdan o`zgarib boradi. 
Yoshlik davrining murakkabligi o`smirlik davrinikidan kam emas. U yangi tajribalarga boy, 
jo`shqin va ziddiyatli davrdir. Yoshlik hayotning keyingi davrlari ―tasvirini‖ o`ziga jo qiladi. Insonning 
kelajagi shu davrda yaratilgan kasbiy mehnat, siyosiy, axloqiy estetik zaminga bog`liq bo`ladi. Bunda 
uzluksiz ta‘lim jarayoni shaxs rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. J.T.Tulenov ta‘kidlaganidek, 
uzluksiz ta‘lim ―bilim olish butun umr bo`yi davom etishi; umr mazmunining doimiy yangilanib borishi; 
hayotga tayyorlanish bilan hayotning birligi; ta‘limdagi revolyutsion o`zgarishlar uzluksizlik xususiyatiga 
egaligi; ta‘limning o`z bilimini oshirishga aylanishi va shu kabi muhim tavsiflarni o`z ichiga oladi‖. Yosh 
inson ongi moslashuvchan, ko`nikuvchan, ta‘sirchan, ko`plab axborotni o`zlashtrish qobiliyatiga ega 
bo`ladi. Bu davrda siyosiy fikrlash ko`nikmalari shakllanadi hamda egallanadi, kasbiy qiziqishlar yuzaga 
keladi, o`zligini anglash rivoj topadi, yangi turmush tarzi shakllanadi, uning xulq-atvor uslubi, 
jamiyatdagi holati o`zgaradi. Shu bilan birga, ilk yoshlikning dastlabki bosqichlarida o`smirlik davriga 
xos bo`lgan ayrim odatlar hamda xatti-harakatlar amal qilishda davom etadi. O`tmishning bu tajribasini 
yetarlicha baholamaslik va hayot yoshlikdan boshlanadi, deb hisoblash noto`g`ri. Tajribadan ma‘lumki, 
bolalarda ixtiyorsiz diqqat durustgina rivojlangan bo`lib, ta‘lim jarayonida ixtiyorsiz diqqatning o`sishi 
uchun muhim shart sharoitlar mavjuddir. Boshlang`ich sinf o`quv materiallarining yorqinligi, 
jozibadorligi o`quvchida beixtiyor his-tuyg`ular uyg`otadi. Irodaviy zo`riqishsiz osongina fan asoslarini 
egallash imkonini yaratadi. O`quv materiallarining turli-tumanligi ixtiyorsiz diqqatning to`planishi, 
markazlashuvi va barqarorligiga ijobiy ta‘sir yetadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarni o`qitishda 
ko`rsatmaliliklardan keng foydalaniladi. Bu tadbir birinchidan bolalar faolligini oshirsa, ikkinchidan 
materialni mantiqiy jihatdan o`zlashtirishga, uni tahlil etish, mavhumlashtirish va umumlashtirishga 
to`sqinlik qiladi. Ularda ko`rsatmalilikka asoslangan dinamik stereotip paydo bo`lishi ham mumkin. 
Sun‘iy to`siqlar foyda beruvchilarni alomatlardan aralash holda foydalanish yaxshi natija beradi. 
Bolaning ko`rsatmalilikka berilib ketishi uni asosiy maqsaddan uzoqlashtiradi, bola tashqi belgilarga 
e‘tibor berishga odatlanib, muhim belgilardan chetlasha boradi. Ma‘lumki ixtiyorsiz diqqat ta‘lim 
jarayonida o`quvchilarning qiziqishi bilan bevosita bog`lanib ketsa, tabiiyki, ular faqat maroqli, quvonchli 
axborot va matnlar bilan tanishishga intiladigan bo`lib, qoladilar. Natijada, o`ta nozik, ya‘ni tashqi 
qo`zg`atuvchilar ta‘siriga beriluvchi diqqat ularning psixikasida mustahkamlanadi. Odatlanish murakkab 
o`quv materiallarini egallashda qiyinchiliklar tug`diradi. Shuning uchun K.D.Ushinskiy bolani faqat 
o`zini qiziqtirgan narsa bilan emas, balki uni qiziqtirgan narsa bilan ham shug`ullanishga o`rgating, bola 
o`z burchini bajarishdan qanoatlanish uchun ishlaydigan bo`lsin, deb uqtirgan edi. Birinchi va ikkinchi 
sinf o`quvchilari diqqatining o`ziga xos xususiyatlaridan biri uning yetarlicha barqaror emasligidir. 
Shuning uchun ular diqqatlarini muayyan narsalarga qarata olmaydilar va obyektda uzoqroq kuta 
olmaydilar. Bunda tormozlanish o`zaro nomunofiq harakat qiladi. O`qish mashg`ulotlarida tutilish to`xtab 
qolish, qiroat suratining kamayishi, tovushlarning 20 tebranishi va pasayishi ba‘zida harf, ibora gaplar 
tushib qolishi hollari ana shu fizologik mexanizm ta‘sirida paydo bo`ladi. Qator tadqiqotlar birinchi va 
ikkinchi sinf o`quvchilari darsda faqat 30-35 daqiqa diqqat bilan o`tirishi, o`z diqqatini muayyan 
obyektga to`plashi va unda ushlab turishi mumkinligini ko`rsatadi. Shuning uchun mashg`ulotlarda qisqa 
tanaffuslar o`tkazib turish maqsadga muvofiqdir. Professor N.F.Dobrenin: ―3-4- sinf o`quvchilari o`z 
diqqatlarini butun bir dars davomida saqlab tura oladilar. Lekin ular uchun ham qisqa tanaffuslar 
foydalidir. Shuningdek, vaqti vaqti bilan mashg`ulotning turini almashtirib, suratini o`zgartirib turish, 
amaliy va nazariy ma‘lumotlarni qo`shib olib borish lozim‖,–deydi. O`quvchilar diqqatining xususiyati 
ko`proq mashg`ulotning suratiga bog`liqdir. Masalan, mashg`ulot suratining o`rta tezligi, yoki haddan 
tashqari sustligi diqqatning barqarorligi va to`planishiga salbiy ta‘sir etadi. O`quv mashg`ulotlarning 
o`rtacha suratida o`tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Bilim olish uchun mustaqil aqliy mehnat qilish, misol 
va masalalar yechish, mashqlarni bajarish, takrorlash irodaviy zo`r berishda ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib 
topadi. Shuningdek, uning eng zo`r xususiyatlari takomillashadi; bu esa ongli boshqarish imkoniyatini 
beradi. Bolalarning diqqati o`qish faoliyatiga doim maqsadga muvofiq, ijtimoiy motivlar hamda ularda 
paydo bo`layotgan yangi hislari (mas‘uliyatlilik, javobgarlik, uyalish hislari) bilan bir paytda rivojlanadi.. 
Birinchi va ikkinchi sinf o`quvchilari ta‘limiy materiallarning ichki bog`lanishiga ahamiyat bermay, 
ma‘nosiga tushunmay, quruq eslab qoladilar. 


133 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish