1.
Ali dam olish kunida ertalab 1 sahifa, peshinda 2 sahifa, kechqurun 1 sahifa kitob o‗qidi.
U shu kuni jami necha sahifa kitob o‗qigan?
2.
Anvar 5 yoshda, Alisher 6 yoshda. Bu aka-ukalarning qaysi biri oldinroq tug‘ilgan.
Alisher Anvardan kattami, Anvar Alisherdan kattami?
3.
Agar kecha yakshanba bo‗lsa, ertaga haftaning qaysi kuni bo‗ladi?
126
4.
Agar kechadan oldingi kun shanba bo‗lsa, bugun haftaning qaysi kuni?
5.
Agar ertaga Dushanba bo‗lsa, kecha haftaning qaysi kuni bo‗lardi?
6.
Agar ertadan keyingi kun seshanba bo‗lsa, kecha haftaning qaysi kuni bo‗ladi?
7.
Agar ertadan keyingi kun seshanba bo‗lsa, bugun haftaning qaysi kuni?
8.
Agar kechadan oldingi kun chorshanba bo‗lsa, ertaga haftaning qaysi kuni bo‗ladi?
9.
Agar kechadan oldingi kun chorshanba bo‗ lsa, ertadan keyingi kun haftaning qaysi kuni
bo‗ladi?
10.
Anvar har kuni ertalab 1ta topishmoq yodlaydi. U bir haftada jami nechta topishmoq
yodlaydi?
11.
Anora yakshanba kunidan tashqari har kuni 2 ta maqol yodlaydi. U bir haftada jami
nechta maqol yodlay oladi?
2-sinf matematika darsligining 47-sahifasida Vaqt birliklari: soat, minut.
Vaqt, masofa va tezlikni topishga oid sodda masalalar mavzusi berilgan.
O‘quvchilar ushbu dars davomida soat, minut haqida, vaqt, masofa, tezlik va ular orasidagi
bog‘liqlik to‘g‘risida tasavvurlarga ega bo‘ladilar. Ushbu darsda o‘quvchilar bilan amaliy ishlash yaxshi
samara beradi. O‘quvchilarga bir necha dars oldindan karton qog‘oz orqali, kattalar yordamida, strelkalari
erkin aylanadigan soat maketini tayyorlab kelish topshirilgan bo‘ladi. Soatning soat va minut mili
tushuntirilgandan so‘ng, o‘qituvchi tomonidan aytilgan vaqtni o‘quvchilar o‘z soatlarida ko‘rsatishadi.
Ushbu mavzuning 2-topshirig‘ini esa o‘quvchilarga ma‘lum vaqt mobaynida (o‘quvchilar layoqatidan
kelib chiqqan holda 1 yoki 2 daqiqa ichida) hisoblash topshiriladi. Vaqt tugagach misollar doskada
muhokama qilinadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining vaqt haqidagi tasavvurlarini shakllantirish maqsadida ularga
kabisa yili to‘g‘risida ham qo‘shimcha ma‘lumotlar berish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
M. Ahmedov , N. Abdurahmonova, M. Jumayev umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining 1-
sinfi uchun darslik. «TURON-IQBOL» TOSHKENT – 2018
2.
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik TOSHKENT
«Yangiyo‗l Poligraf Servis» 2018
3.
Bikbayeva N.U. Sidelnikova R. Adambekova G. Boshlang‘ich sinflarda matematika
o‘qitish metodikasi.– T.: O‘qituvchi, 1996.
4.
Z.Abdiyeva. Bilmasvoy bilimdonlar mamlakatida (Matn): Bolalar uchun ertak masalalar
/.-Buxoro : Sadriddin Salim Buxoriy Durdona nashriyoti, 2018. – 84 b.
127
Do'stlaringiz bilan baham: |