O. X. Xamidov universitet rektori, rais


TA‘LIM TIZIMI SOHASIDAGI INNOVATSION ISLOHOTLAR – SIFATLI KADRLAR



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

TA‘LIM TIZIMI SOHASIDAGI INNOVATSION ISLOHOTLAR – SIFATLI KADRLAR 
TAYYORLASH GAROVI 
Qilicheva G. H.Jondor tuman 49-IDUM 
boshlang'ich sinf o'qituvchisi 
Mamlakatimiz ta‘lim tizimini isloh etish ―O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖ gi 
qonuni, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖, Davlat ta‘lim standartlari hamda Prezidentimiz Sh.M. 
Mirziyoyev rahnomaligida ishlab chiqilgan 2017−2021 yillarda O‗zbekistonni rivojlantirish harakatlar 
strategiyasining beshta ustuvor yo‗nalishilarida hamda Prezidentimizning Oliy majlisga yo‗llagan 
murjaatnomalarida o‗z aksini topgan. 
Amalga oshirilayotgan barcha islohotlar ta‘lim tizimi samaradorligini oshiriga xizmat qilishi, 
asosiy maqsad tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bilan cheklanib qolmasdan, raqobatbardosh kadrlar 
tayyorlashga yo‗naltirilgan bo‗lishi lozim. 
―Ta‘lim tizimini isloh etishni boshlang‗ich maktabdan boshlash kerak edi‖ deganlar ham bor. Har 
qanday islohotlar aniq maqsadga yo‗naltirilgan, ma‘lum muddat ichida amalga oshiriluvchi, puxta ishlab 
chiqilgan loyiha bo‗lishi maqsadga muvofiq. Bu loyiha taxminan 10-15 yilga mo‗ljallangan bo‗lib, izchil 
tadbirlar majmuasidan iborat bo‗lmog‗i darkor. 
Ta‘lim tizimini boshlang‗ich maktab bosqichidan to oliy o‗quv yurtgacha bo‗lgan qismida amalga 
oshiriladigan islohotlar mazmuni taxminan quyidagi mazmunda bo‗lishi mumkin: birinchi, ikkinchi, 
uchinchi, to‗rtinchi sinfda boshlang‗ich ta‘lim bosqichida o‗quvchi jami to‗rtta asosiy fanlar bo‗yicha 
maksimal 20 ball to‗plashi mumkin bo‗lsa, kamida 12 ball to‗plaganda o‗quvchi maktabning 
boshlang‗ich ta‘lim bosqichini muvoffaqiyatli tugatgan hisoblanadi. 


124 
Maktab ta‘lim bosqichining ikkinchi bosqichi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va 
to‗qqizinchi sinflarni tugatgach, yana asosiy beshta fandan o‗rtacha tortilgan reyting ballari yig‗indisi 
yakuniy imtihonlar natijasida aniqlanib, maksimal 50 ballga, minimal 30 ballga ega bo‗lgan o‗quvchi 
uzluksiz ta‘limning bu bosqichini muvafaqqiyatli tugatgan hisoblanadi va jami maktab ta‘lim tizimida 
yiqqan o‗rtacha tortilgan ballari maksimal 70 ga, kamida 42 ga teng bo‗ladi. Ya‘ni maktabining a‘lo 
baholarga bitirgan o‗quvchi maksimal 70 ballga ega bo‗lishi mumkin. 
Umumiy o‗rta ta‘lim bosqichining yakunlovchi 3 yilda o‗quvchi kolledj yoki akademik litseyni 
to‗qqizinchi, o‗ninchi va o‗n birinichi sinflarni bitirib, asosiy fan yo‗nalishlari bo‗yicha yakuniy 
imtihonlar natijasida yana maksimal 
o‗rtacha tortilgan 30 ballga, minimal 18 ballga ega bo‗ladi. Ya‘ni o‗quvchi akademik litseyni 
bitirgan bo‗lsa, umumiy o‗rta ta‘lim ma‘lumotiga (kolledjni bitirgan bo‗lsa), o‗rta maxsus ta‘lim 
ma‘lumotga ega bo‗ladi va maxsus guvohnoma yoki shahodatnoma bilan taqdirlanadi. Bu hujjat ham 
avval beriladigan hujjatlar kabi qalbakilashtirilishidan muhofazalanishi maqsadida bir marotaba berilib, 
davlat depozitariysi – ―daxlsiz quti‖sida saqlanadi. 
Demak, o‗quvchining oliy o‗quv yurtiga kirib o‗qishni davom ettirgungacha yiqqan ballari 
maksimal ( 20, 50, 30 ballar yig‗indisi) 100 ballga teng bo‗ladi, bu maksimal ko‗rsatkich, minimal (12, 
30, 18 balla yig‗indisi) 60 ga teng bo‗ladi va o‗quvchi kelgusida o‗z hayot yo‗lini mustaqil tanlash 
imkoniyatiga ega bo‗ladi. 
Taraqqiy etgan mamlakatlar amaliyotida oliy o‗quv yurtlarga kirish jarayonlari ko‗p yillik tajriba 
va sinovlardan o‗tib shakllangan bo‗lib, o‗qishni davom ettirsh istagida bo‗lgan, o‗rta ma‘lumotli 
o‗smirlar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ko‗pgina rivojlangan mamlakatlarda, 100 dan 90 ballgacha 
yiqqan talabalar kasb tanlashga ko‗maklashuvchi mutaxassislarning tavsiyanomalari asosida xohlagan 
oliy o‗quv yurtlariga imtihonsiz kirib, o‗qishni davom ettirishlari mumkin. Ba‘zi mamlakatlarda maktab 
va kollejda 90 balldan kam ball yiqqan yoshlarni reytingi yuqori, mashhur tibbiyot oliy o‗quv yurtlari 
qabul qilmaydilar va ularga o‗qishni davom ettirishlari uchun boshqa, reytingi pastroq oliy o‗quv yurtiga 
murojaat qilishlari tavsiya etilar ekan. Masalan, ba‘zi ommaviy axborot vositalarining ma‘lumotlariga 
qaraganda 80 baldan kam ball yiqqan yoshlarni huquqshunos mutaxassis tayyorlovchi oliy o‗quv yurtlari 
qabul qilmaydilar. 
Albatta yoshlarning dunyoqarashlari, bilim ko‗nimalari faqat maktabda yoki kollejda 
shakllanmaydi, ko‗pgina mashhur ixtirochilar, olimlar maktabda o‗rtacha ba‘zi istisno hollarda 
o‗rtachadan past baholarga o‗qiganliklari haqidagi ma‘lumotlar ham yo‗q emas, lekin bunaqa holatlar 
juda kam bo‗lib, olim va yuqori malakali mutaxassislarning deyarli barchasi yoshligidanoq o‗tkir zehnlari 
bilan ajralib turadigan bolalar bo‗lib, maktab va kollejlarda a‘lo baholarga o‗qishganliklarini hech kim 
inkor etmasa kerak. Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlardan ―Qozonda bo‗lsa, cho‗michga chiqadi‖ degan 
xalqimiz naqli juda to‗g‗riligidan dalolat beradi. 
Shunday bo‗lsa-da, maktab va kollejlarda ba‘zi sabablar ta‘sirida yetarli reyting ballari yig‗a 
olmagan, oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim olmoqchi bo‗lgan o‗quvchilar uchun uluksiz ta‘lim tizimida 
yana bir imkoniyat yaratilishi mumkin, ya‘ni kollej, litseyni tugatayotgan o‗quvchi 1 yil davomida 
maxsus vakolatli davlat tashkilotlarining ruxsatnoma - sertifikatlariga ega o‗quv markazlari (Kichik 
biznes va xussiy tadbirkorlik korxonalari)da shartnoma asosida kam ball to‗plangan fan-predmetlaridan 
qo‗shimcha reyting ballarni to‗plashlari mumkin, qo‗shimcha ballar yig‗indisi (barcha fanlardan) 
maksimal 10 reyting balldan oshmasligi lozim. To‗plangan qo‗shimcha ballar ham davlat depozitariysiga 
topshirilishi shart. 
Bu jarayonga ta‘lim sohasida faoliyat yurituvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarini 
islohotlarga jalb etishda nafaqaga chiqqan oliy toifali pedagoglar salohiyatidan foydalanilsa ayni muddao 
bo‗lar edi. Ya‘ni ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari orqali maktab o‗quvchilari bilan 
maqsadli kasbga tayyorlash – ta‘lim darajasini oshirish kurslariga jalb etish orqali yoshi ulug‗, lekin 
mehnat qilib charchamagan nafaqaxo‗rlar salohiyat – imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. 
Demak, o‗quvchining maktab va kollejlarda yiqqan reyting ballari yig‗indisi 70 ballni tashkil etgan 
bo‗lsa, shartnoma asosida yiqqan 10 ballar bilan qo‗shib hisoblanganda, (70+10) – 80 ballni tashkil etadi. 
Mayli shundoq bo‗ldi ham deylik, Oliy ta‘lim muassasalaridagi o‗quv jarayoni samaradorligi 
oshirish 
uchun 
faqat 
professor-o‗qituvchilarning 
malakalari, harakatlari yetarli bo‗lmaydi. 
Mamlakatimizni yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar bilan ta‘minlash vazifasi iqtisodni barcha 
sohasi, qolaversa aholining barcha qatlamlari uchun taaluqli vazifadir. 
Chunki malakali mutaxassis tayyorlash uchun universistetdagi mashg‗ulotlarning o‗zi kifoya 
qilmasligini barcha mutaxassislar yaxshi biladilar. Oliy ta‘lim muassasalarining ishlab chiqarish 
korxonalari bilan kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorlik – integratsiya ishlarini amalga oshirish lozim 


125 
bo‗ladi. Buning uchun oliy o‗quv yurtini iqtisodiyot tarmog‗ining o‗ziga yaqin turdosh tarmog‗idagi yirik 
korxonasi bilan shartnoma asosidagi hamkorlik aloqalari o‗rnatish amaliyoti yaxshi natija berishi qator 
mamlakatlar tajribalarida isbotlangan. 
Asosiy maqsad yoshlarimizni oliy o‗quv yurtiga kirish, o‗quv yurtidagi o‗quv jarayonida malaka va 
ko‗nikmalarni egallashi bilan bog‗liq bo‗lgan barcha ruhiy noqulayliklardan xolos etishdir. Binobarin, 
―Ta‘lim tizimidagi barcha islohotlarni tizimning maktab bosqichidan boshlash kerak‖, deyuvchilar ham 
yo‗q emasligini yuqorida aytib o‗tgan edik. 
Bu taklif soha mutaxassislar ishtirokida atroflicha o‗rganilsa, islohotlarni izchilligini ta‘minlaydi 
hamda Vatanimiz kelajagi bo‗lgan farzandlarimizni maktabdanoq yaxshi o‗qishga undovchi asosiy omil 
bo‗lishi muqarar. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish