Tuproqning rangi: - tuproq qatlamlarini bir-biridan va tuproq ona jinslaridan farqlash imkonini beradi. Tuproqlar asоsan rangiga qarab nomlanadi. Masalan: qora tuproq, sur tuproq, qizil tuproq va h.k.
Tuproqlarning rangi ularning mineralogik tarkibiga, chirindi miqdoriga va namlik darajasiga bog’liq. Chirindi miqdori va boshqa kimyoviy tarkibiga qarab tuproqlar qora, sur va qo’ng’ir rangda bo’ladi. Temir(II)-oksidi birikmalari - sariq, to’q sariq va qizil rang beradi. Kremniy, kal’siy karbonat, kaolinit va alyuminiy (III)-oksidi gidratlari tuproqqa oqish rang beradi. Temir (II)-oksidi birikmalari va vivianit tuproqni ko’kish va havo rang tusga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |