5.1.8. Gleyli qatlam qaysi harf bilan belgilanadi?
5.1.9. Tuproqning morfologik belgisiga qarab nimalarni taxmin qilash mumkin?
2-ASОSIY SAVOL
TUPROQNING MORFOLOGIK BELGILARI
Darsning maqsadi:
Tuproqning asоsiy morfologik belgilarini bir-biridan ajratish va bu nimalarga bog’liqligini tushintirib berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
5.2.1. Tuproqning asоsiy morfologik belgilarini farqlay oladi.
5.2.2. Tuproq rangi ko’rsatkichlarini tushintirib bera oladi.
5.2.3. Tuproqning rangi, donodorlik holati, qovushmasi, mexanik tarkibi, qo’shilmasi, yangi yaralmasi to’g’risida sо’zlab bera oladi.
2-asоsiy savolning bayoni:
Tuproq profili bo’yicha uning tashqi belgilarini o’rganganda asоsan quyidagi marfologik belgilarni xarakterlash kerak.
Bularga tuproqning rangi, mexanik tarkibi, donodorligi, qo’shilmasi, yangi yaralmalari kabi ko’rsatkichlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |