O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V


I I M A R K A Z I Y   N E R V   T I Z I M I N I N G   U M U M IY



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/243
Sana07.07.2021
Hajmi13,57 Mb.
#112049
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   243
Bog'liq
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.) (1)

I I
M A R K A Z I Y   N E R V   T I Z I M I N I N G   U M U M IY  
F I Z I O L O G I Y A S I
N erv  tiz im in in g   asosiy  funksiyasi  tash q i  va  ichki  m uhitdan  kelayotgan 
axborotlam i  qabul  qilish,  ulami tahlil q ilib , organizmni o ‘zgarib turuvchi tashqi 
muhit sharoitlariga uzluksiz moslashib borishini ta’minlash hisoblanadi. Markaziy 
nerv  tizim i  organizm   a ’zolarini  o 'z a ro   bir-biri  bilan  bog‘laydi,  ular  faoliyatini 
mukammal boshqaradi. Nerv m arkazlaridan buyruq signallari alohida nerv tolalari 
orqali ijrochi a ’zolar faoliyatini ta’minlaydi. Buyruq qanchalik to‘g ‘ri bajarilganligi 
haqidagi  ax b o ro t  qayta  bog'lanish  ta rz ig a  ko‘ra  markazga  borib  uning  ishini 
nechog‘li m aqsadga muvofiqligini bildiradi.  Shunday qilib, markaziy nerv tizimi 
organizm dagi  barcha jarayonlami birlashtirib odam  va hayvonlami tashqi muhit 
bilan o‘zaro aloqasini ta’minlovchi xulq-atvorreaksiyalarini belgilaydi.
N erv tiz im in in g  refleks faoliyati. M arkaziy nerv tizimi faoliyatining asosiysi 
reflekslar shaklida namoyon boMadi. R efleks deb, organizmni ta’sirlarga markaziy 
nerv  tizimi  ishtirokida bergan jav o b  reaksiyasiga aytiladi.  Reflekslar yordamida 
organizm ning turli qismlariorasidagi o ‘zaro aloqa amalga oshadi, a ’zolar faoliyati 
bir-biriga m oslanadi va umuman olganda organizmni bir butun gormonik holatda 
doimo o ‘zgarib turuvchi tashqi muhit sharoitlariga moslashuvi ta  minlanadi.
Yangi eraning II asrida rim vrachi G alen nerv tizimi tuzilishini o ‘rganib odam 
harakatlarini ixtiyoriy va ixtiyorsiz guruhlarga ajratgan.
B uyuk fransuz mutafakkiri R. D ekart birinchi bo‘lib, ixtiyorsiz harakatlaming 
refleks  tab iatd alig in i  aytgan.  M asalan,  u  barm oqqa  igna  sanchilganda  sezgi 
uchlaridan  q o 'z g ‘alish  nervlar  orq ali  m iyaga  borib,  u  yerdan  nervlar  orqali 
m uskullarga  kelishini  tushuntirib  bergan.  Dekart  odamni  ruhiy  hayoti  moddiy 
qonunlarga b o ‘ysunmaydi uni qandaydir boshqa kuch boshqaradi deb izohlagan. 
Bu Dekartning dualizmi edi.
54
www.ziyouz.com kutubxonasi


18-asrda  chex  olimi  I.  P roxaska  fiziologiyaga  «refleks»  atamasini  kiritdi. 
Keyinchalik refleks ta ’limoti rus olimi l.M. Sechenov tom onidan rivojlantirildi. U 
o ‘zining «Bosh miya reflekslari» asarida organizmdagi barcha harakatlar reflekslar 
asosida am algaoshadi, shu jum ladan ruhiyjarayonlam ing asosida ham reflekslar 
turadi  deb  aytgan.
Keyinchalik l.P. Pavlov shartli reflekslami hosil qilish y o ‘!i bilan hayvonlaming 
xulq-atvori ham reflekslar bilan bog‘liqligini tajribada isbotlagan.
R eflekslar  doim o  re fle k s  y o y id a  am alga  o sh ad i.  R e flek s  yoyi  beshta 
elementlardan iborat bo‘ladi (1 8-rasm).
Sezuvchi qism yoki retseptorlar maydoni qo‘zg‘alganda q o ‘zg‘alish sezuvchi 
nervlar  orqali  markazga  borib,  u  yerda  tahlil  qitinib  tegishli jav o b   reaksiyasi 
harakatlantiruvchi nerv tolalari orqali ishchi a’zoni funksiona) holatini o ‘zgartiradi. 
Demak, refleksni yuzaga keltiruvchi qo‘zg‘alishni bosib o 'tg a n  y o lig a  refleks yoyi 
deb ataladi.
Retseptorlar maydoni deganda retseptorlar bor terini, k o ‘zning to ‘r pardasini, 
b o ‘g‘imning ma’lum bir yuzasi  tushuniladi.  Retseptor m aydoni q o ‘zg‘atilsa,  shu 
maydon  bilan  bog‘liq  refleks  reaksiyasi  yuzaga  chiqadi.  M asalan,  shox  parda 
qo‘zg‘atilsa ko‘zni yumish, burun bo‘shlig‘ini shilimshiq pardasi qo;zg‘atilsa aksirish 
refleksi yuzaga keladi. Shunday qilib, retseptor maydoni deganda, refleks amalga 
oshirishda  ishtirok etadigan sezuvchi  nervlar boshlanadigan jo y  tushuniladi.
Turli  sezgi  tizimlarining  retseptor  maydonlari  tananing  har  xil  qismlarida 
joylashgan.  Ko‘rish -  to‘r pardada, eshitish kortiyev a ’zo d a va h. k.
Reflekslaming retseptor maydonlari ko‘p hollarda b ir-b irig ao ‘tib ketadi. Bunda 
ular turli afferent nervlar bilan b o g ‘ lanadi.  Reflekslaming retseptor maydonining 
kattaligi  har  xil  b o ‘ladi.  Bosh  m iya  yarim  sharlari  p o ‘s tlo g ‘i  bilan  bog‘liq 
reflekslaming retseptor maydoni eng katta bo‘ladi.
18-rasm. A -  vegetativ,  B -  somatik reflektor yoylari.
1. Sezuvchi qism-retseptorlar. 2. Markazga intiluvchi qism-sezuvchi -  afferent nervlar. 3. 
Markaziy. oraliq neyron. 4.  Markazdan qochuvchi, eiTerent neyron.  5.  ishchi a’zo-
effektor.
Turli xil reflekslaming refleks yoyini hosil bo iish id a h ar xil sondagi neyronlar 
ishtirok etadi. Buni sxematik quyidagicha tasavvur etish m um kin ( 18-rasm).
55
www.ziyouz.com kutubxonasi


A gar refleks yoyining hosil b o lish id a  ikkita nerv hujayrasi ishtirok etsa, sezuvchi 
neyrondan  q o ‘z g ‘alish   bevosita  harakatlantiruvchi  neyronga  o ‘tkaziladi,  undan 
ishchi  a ’zo g a b erilad i.  B unday refleks y o y in i  m onosinaptik refleks yoyi  deyiladi 
(18-rasm). U chta yoki undan k o ‘p neyronlar ishtirokida hosil bo‘gan refleks yoylarini 
polisinaptik re fle k s y oylari d eb ataladi. D ey arli  ko‘p hollarda q o ‘z g ‘alish afferent 
neyrondan  e ffe re n t  neyronga  oraliq  n e y ro n la r  orqali  o ‘tadi.  O raliq  neyronning 
m avjudligi  tu fay li  b itta   efferent  neyron  tu rli  afferent  neyronlardan  axborotlam i 
qabul q ilib  o lish i  m um kin. Shu sababli b itta  refleksni turli retseptor m aydonlarini 
q o ‘z g ‘atib  keltirib  chiqarish mumkin. A fferent neyronni efferent neyron bilan ikkita 
va undan k o ‘p  o ra liq  neyronlar orqali b irik ish i m urakkab o ‘zaro aloqalam i am alga 
oshiradi.  Bu o ‘z  n av b a tid a b ir butun o rg an iz m n i uzluksiz o ‘zgarib turuvchi tashqi 
m uhit sh a ro itlarig a m o sla sh ish in i ta ’m inlaydi.

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish