Muskul hujayrasining qisqartiruvchi apparatining funksional birligi sarkomer
hisoblanadi. Sarkom erlar bir-biridan Z-plastinkalar yordam ida ajralib turadi.
Sarkomerlar mioflbrillada ketm a-ket joylashgan, shuning uchun sarkomerlaming
umumiy qisqarishi miofibrillalam ing qisqarishiga va mushak tolalarining umumiy
qisqarishiga olib keladi. Diam etri 1
mkm va diametri 6 -8
nm chamasidagi muskul
to lasin in g m iofibirillalari o ‘rta hisobda 2500 protofibrillalardan tuzilgan.
Protofibrillalar esa
aktin (m olekular og‘irligi 42000) va
miozin (molekular og‘irligi
500000)oqsillaridantashkiltopadi. Miozin iplari aktin iplarigaqaragandaikkibaravar
y o ‘g ‘ondir. Muskul tolasi tinch turganda m iofibrillalardagi tolalar shunday
joytashadiki, ingichka uzun aktin ¡planning uchlari yo‘g‘onroq miozin iplari orasidagi
yoriqlarga kirib turadi.
A ktin spiralining b o ‘y lan m a ariqchasida
tropom iozin oqsili molekulasi
joylashadi. Har 40
nm oraliqda tropomiozinga boshqa oqsil
troponin birikkan
bo‘ladi. Troponin va tropomiozin aktin vamiozinlamingmuloqotida katta ahamiyat
kasb etadi.
K o 'n d a la n g - ta r g 'il m u s k u ld a g i m io flb ritla la r b irin -k e tin kelg an
polyarizatsiyalangan (yorug‘likni turli ravishda sindiradigan) disklardan iborat.
YorugMikni ikki marta sindiradigan disklar oddiy mikroskopda qoramtir ko‘rinadi.
B ular
anizatrop d isk lar d ey ilad i. Tolaning bu disklarga yondosh qism lari
yorug‘liklami bir yuzada sindiradi, mikroskopda tiniq ko‘rinadi va
izotrop disklar
deyiladi. Anizotrop disklar A harfi bilan, izotrop disklar esa I harfi bilan belgilanadi.
Anizotrop disk o ‘rtasida yoru g ‘lik N harfi bilan belgilangan hoshiyani ko‘ramiz.
Elektron mikroskopda N hoshiyasi o ‘rtasidan M-chiziq o ‘tganligini ko‘ramiz. Bu
M-chiziqni miozin ipchalari birikib turadigan membrana hosil qiladi. Izotrop disk
o ‘rtasidan qoramtir Z chiziq yupqa membrana o ‘tgan, miofibrillalar shu membranaga
birikadi.
M ikroelektrodlaryordamidaZ plastinka sohasigaelektrikta’sirberilsa, sarkomer
qisqarishi kuzatiladi. Bunda A disk sohasi o‘zgarmaydi, lekin N va I sohalar
kichrayadi. Ko‘rinib turibdiki, qisqarish paytida miozin ipchasining uzunligi
o ‘zgarmas ekan. Shunga o ‘xshash holat muskut cho‘zilganda ham kuzatiladi, ya’ni
aktin va miozin ipchalari uzunligi o ‘zgarmaydi. Tajribadan olingan natijalarga ko‘ra,
muskul qisqarganda aktin va miozin ipchalarining bir-biri orasiga kirib turgan sohasi
o ‘zgarar ekan.
Shularga asoslangan holda, G. Xaksli va A. Xakslilar muskul qisqarish
mexanizmining oqsil ipchalari sirpanish nazariyasini yaratdilar. Bu nazariyaga asosan
muskul qisqarganda aktin ipchalarining miozin ipchalari bo‘ylab sirpanishi hisobiga
sarkomeming kichrayishi sodir bo‘ ladi.
M u sku ln in g q isq a rish m exa n izm i. H arakatlantiruvchi m otoneyrondan
qo‘zg ‘alish muskul tolasiga atsetilxolin (AX) mediatori yordamida o ‘tadi, AX ni
xolinoretseptorlar bilan m u loqoti, oxirgi plastinkada atsetilxolinni sezuvchi
kanallaming faollashuvi va 60 mv kattalikdagi oxirgi plastinka potensialini yuzaga
chiqaradi. Oxirgi plastinkada hosil bo‘lgan potensial, shu qismga tegib turgan
muskul tolalari membranasi uchun ta’sir etuvchi elektr toki manbayiga aylanib
qoladi. S olngra bu potensial 36°C haroratda 3 -5
m/s tezlikda tarqaladi. Shunday
42
www.ziyouz.com kutubxonasi
ferm entlam ing faollashuviga va inozitoltrifosfot hosil bo‘lishiga olib keladi.
Inozitoftrifosfot sistemalardan kalsiy chiqishini tezlasht jradi va natijada Ca*2 hujayra
ichidagi konsentratsiyasi I0 7dan 105 M gachaortadi.
Hujayra ichida C a+2 ionlarining ortishiga yo'naltirilgan jarayonlar majmuasi
muskul qisqarish mexanizmida uchinchi bosqichni tashkil qiladi. Hujayra ichida
Ca*2 ionlar konsentratsiyasining ortishi, tropomiozinni aktin iplari yuzasida siljishiga
olib keladi, bu vaqtda aktin iplarining faol markazi ozod bo‘ladi va bu qism bilan
miozionning ko‘ndalang ko'prikchalari birlashadi. Tropomiozinning bunday siljishi
troponin m oiekulasining konformatsion o ‘zgarishi bilan bog‘Iiqdir. Bundan shu
narsa ma'lum bo‘ldiki, aktin va miozinni o‘zaro munosabatida Ca"2 ionining ishtiroki
troponin va tropom iozin orqali ro'yobga chiqar ekan. M uskulning qisqarish
mexanizmida kalsiy ionining ahamiyati ekvorin oqsilidan foydalanib o ‘tkazi!gan
tajribalarda isbotiangan, bu oqsil kalsiy ioni bilan birikmasi o ‘zidan nur chiqaradi.
Shunday qilib, Ca*2 ionlarining troponin bilan muloqoti muskul
qisqarishining
to'rtinchi bosqichini tashkil qiladi.
Muskul qisqarishining beshinchi bosqichida miozin boshchasi o ‘z o ‘qi atroflda
aylana boshlaydi va u aktinning bir necha faol markazlari bilan o ‘zaro birikadi.
Miozin boshchasining aylanm a harakati k o ‘ndalang ko‘prikning tarangliligini
oshiradi. M uskul q isqarishi rivojlanishining har b ir lahzasida, k o ‘ndalang
ko'prikning boshchasi aktin filamenti bilan bog'langan boMadi, boshqasi esa erkin
b o la d i, shu tariqa, ulam ing aktin filamenti bilan bunday bog‘lanishi ketma-ket
ravishda ro‘yobga chiqaveradi. Bu esa muskul qisqarishini bir me’yorda kechishini
ta’minlaydi.
Ko‘ndalang ko'priklam ing boshchasi ketma-ket bunday aktin filamenti bilan
bogManishi va uzilishi, nozik va yo‘g‘on oqsil iplarini bir-biriga nisbatan sirpanib
siljishini ta ’m inlaydi, bu o‘z navbatida sarkom er o'Ichamining kichrayishiga, oxir-
oqibat muskul uzunligining qisqarishiga olib keladi va bu holat muskul qisqarishining
oltinchi bosqichini tashkil qiladi. Y uqorida bayon etilgan bosqich jarayonlar
majmuasi, oqsil iplarining sirpanish nazariyasi mohiyatini ko‘rsatib beradi.
M uskulning bo'shashishi sust jarayon bo‘lib, kalsiy ionlari mioflbrillalar
orasidan chiqib ketgandan so'ng, aktin va miozin iplari muloqoti to‘xtaydi, natijada
muskul tolalari elastiktigi tufayli dastlabki holatiga qaytadi.
Shunday qilib, mushak tolasining qisqarishi va bo‘shashishiga olib keluvchi,
ketma-ket ro ‘y beruvchi jarayonlam i quyidagicha tasvirlash mumkin: ta’sirlash >
harakat potensialiningyuzaga chiqishi > uni hujayra membranasi bo'ylab va muskul
tolasining ichkarisiga o ‘tkazilishi > sarkoplazmatik retikulumningyon sistemaiaridan
Sa+2 ajralib chiqishi va mioflbrillalar tom on diffuziyasi > aktin va miozin oqsil
iplarining bir-biriga «sirpanib» harakat qilishi > kalsiy nasoslarining faollashuvi >
s a rk o p la z m a d a e rk in Sa*z io n la rin i k o n s e n tra ts iy a s in in g p a sa y ish i >
mioflbrillalaming bo‘shashi.
Do'stlaringiz bilan baham: