O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/243
Sana07.07.2021
Hajmi13,57 Mb.
#112049
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   243
Bog'liq
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.) (1)

K ic h ik   p o s ts in a p tik   p o te n sia lla r.  H arak atlan tiru v ch i  nerv  o x irlarid a 
qo‘zg‘algandagina emas, balki tinchlik holatida ham atsetilxolin ajralib turadi. Farqi 
shuki, tinchlik  holatida sinaps yorig‘iga ozgina atsetilxolin chiqadi.  Ayni  paytda 
ajralib chiqadigan  ozgina mediator-atsetilxolin  «kvantlari» ta ’sirida postsinaptik 
membrana kuchsiz depolyarizatsiyalanadi,  buning natijasida kichik (miniatyura) 
potensiallar yuzaga keladi. Bu kichik potensiallar amplitudasi qariyb 0,5 mv, ya’ni 
harakat potensialining amplitudasiga nisbatan taxminan 50-80 baravar kam. Kichik 
potensiallar  faqat  nerv-muskul  sinapsidagina  emas,  balki  M NT  dagi  boshqa 
sinapslarda ham  kuzatilgan.
38
www.ziyouz.com kutubxonasi


Nerv-muskul sinapsiga kurarening ta'siri.  Shunday m oddalar ham borki, ular 
xolinoretseptorlar bilan atsetilxolindan ham mahkamroq bog1 hosil qiladilar. Ularga 
kurare va boshqa ba’zi birikmalar (d-tubo-kuranin, diplatsin, flaksedil va b. ) kiradi. 
Ular muskulga ta’sir etgach,  xolinoretseptiv  substansiya blokadalanib qoladi  va 
natijada nerv impulsi ham,  sun’iy  y o ‘l  bilan  quyilgan  atsetilxolin  ham  muskul 
tolasini qo‘zg‘ataolmaydi.
Yaqingacha nerv-muskul sinapsiga kurarening ta’sir etishini o ‘rganish faqatgina 
nazariy ahamiyatga ega edi, xolos. Biroq, jarrohlikning tez rivojlanishi munosabati 
bilan  tabiiy  nafas  olishni  to‘xtatib  qo'ygan  holda  operatsiyalar  qilish  imkonini 
beradigan vositalami qidirish zaruriyati tug‘ildi.  Shundan so‘ng,  kurare va uning 
hosilalaridan keng va samarali foydalanila boshlandi.
Hozir ko‘krak va qorin bo‘shlig‘idagi ko'pgina operatsiyalar klinikada kurarega 
o'xshash ta’sir etuvchi preparatlar bilan nerv-muskul blokadasi fonida sun’iy nafas 
oldirish sharoitida o ‘tkazilmoqda.
Xolinoretseptorlar  bilan  yanada  kuchli  bog‘  hosil  qiluvchi  toksin  -   bu  ilon 
zaharí toksinidir.
Nerv-muskul sinapsi  charchaganda  o'tkazilishning  buzilishi.  Nerv  tolalari 
uzoq  ta’sirlanganda  muskul,  ayniqsa,  nerv  charchashi  tufayli  q o ‘zg‘alishlami 
o ‘tk a z ish   q o b iliy a tid a n   m ah ru m   b oM ishidan  an ch a   o ld in   n e rv -m u sk u l 
birlashmasining  impuls  o ‘tkazishi  buziladi.  Buning  sababi  shundaki,  nerv  uzoq 
ta ’sirlanganda nerv oxirlaridagi zaxira keskin darajada kamayadi, shu sababli har 
bir impulsga ajralib chiqadigan atsetilxolin miqdori kamayadi va shunga yarasha 
postsinaptik potensiallar ham b o ‘sag‘adan  past darajasigacha kamayadi.  Bundan 
tashqari, nerv uzoq vaqtta’sirlansa, postsinaptik membranani atsetilxolinga bo'lgan 
sezgirligi kamayadi.
M u sk u llar fiziologiyasi.  Inson tanasining fazodagi harakatini, ko‘z harakatini, 
qon-tomirlar  va  yurak  faoliyatini  ham da  hazm  qilish  trakti  faoliyatini  amalga 
oshirishda  ikki  asosiy  turdagi  m uskullam ing  ahamiyati  kattadir.  Bular  silliq  va 
ko‘ndalang targ‘il (skelet va yurak  k o ‘ndalang targ'il muskullari) muskullaridir. 
Ularbir-biridan tuzilishi va fiziologik xossalari jihatidan farq qiladilar, lekin bu ikkala 
turdagi muskullarda, qisqarishning m olekular mexanizmida umumiy o ‘xshashliklar 
juda ko‘p.
Yurak  muskullarining  funksiyasi  «Yurak  va  qon  aylanish»  bobida  ko‘zdan 
kechiriladi.  Bu bobda  faqat skelet m uskullar bilan  silliq m uskullam ing tuzilishi. 
funksiyasi va fiziologik xossalarini k o ‘rib chiqish bilan chegaralanamiz.
S k e le t  m uskullari.  S k e le t  m u s k u l  to la la rin in g   sin fla n ish i.  U m u rtq ali 
hayvonlarda vajumladan insonlarda skelet muskuli, o'zining tuzilishi va funksional 
jihatidan bir-biridan farq qiluvchi m uskul tolalarining bir necha turlaridan tashkil 
topgan. Hozirgi kunda 4 turdagi muskul tolalari tafovut qilinadi:
1. Sekin davriy oksidlanuvchi turdagi muskul tola. Bu tolalar mioglobin oqsiliga 
juda boy boMadi, u 0 2  biriktirib olish xususiyatiga ega (o‘zining xususiyatiga ko‘ra 
gemoglobinga yaqindir).  Agar  mushak  asosan  shunday tolaiardan  tashkil  topsa, 
uning to‘q qizil rangi hisobiga qizil ko‘rinadi va bunday muskullami qizil muskullar
39
www.ziyouz.com kutubxonasi


deb ham ataydilar.  Bu muskullar inson  va hayvonlaming holatini ushlab turishda 
ahamiyatlidir. Bunday muskul tolalarining charchashi sekin yuzaga chiqadi, buning 
sab ab i  shuki  m azkur  tolalar  m io g lo b in   va  m itoxondriyalarga  ju d a   boydir. 
Charchashdan keyingi tiklanish ham  tez ro ‘yobga chiqadi.
2.  Tez  davriy  oksidlanuvchi  tu rdagi  muskul  tola.  Bunday  tolalardan  tashkil 
topgan m uskullar tez qisqarish xususiyatiga ega bo‘ladi, charchash esa uzoq vaqt 
deyarli  sezilm aydi.  Bu  holat  quyidagicha  izohlanadi:  birinchidan,  tolalarda 
m itoxondriyalarko‘pligi bo‘lsa, ikkinchidan esaoksidlanish fosforlanishyoMi bilan 
k o ‘p m iqdorda ATF ning hosil  boMishidadir.  Bunday tolalaming asosiy vazifasi 
tez va kuchli harakatlami yuzaga chiqarishdagi ishtirokidir.
3.  Tez davriy glikolitik oksidlanish  turidagi muskul tola.  Bunday tolalaming 
xarakterli tomoni shundaki, ulardagi ATF glikoliz hisobiga hosil b o ‘ladi. Boshqa 
tolalarga  nisbatan  kamroq  m itoxondriya  ushlaydi.  Bu turdagi  tolalardan  tashkil 
topgan m ushaklar tez va kuchli qisqaradí,  lekin tez charchaydi.  Bunday tolalarda 
m ioglobin boMmaydi, shu sababdan bunday tolalar oqish rangda bo ‘ladi, shuning 
uchun bunday muskullami oq m uskullar deb ham ataydilar.
4. Tonik tolalar. Yuqorida ko‘rsatilgan tolalardan farqi shundaki, tonik tolalarda 
harakatlantiruvchi akson ju d a k o ‘plab sinaptik aloqalami hosil qiladi. Tolalaming 
qisqarishi  sekin  amalga oshadi,  chunki  miozin  ATF azasining  faolligi juda  past 
boMadi. T olaningbo‘shashishi ham o ‘z navbatida sekin amalga oshadi. Bu turdagi 
muskul tolasi  izometrik tartibda ju d a  yaxshi ishlaydi.  Bu mushak tolalari harakat 
potensialini generatsiyalamaydi va «bor yoki yo‘q» qonuniga ham bo‘ysunmaydi. 
Insonlarda  bunday  turdagi  m uskul  tolalari  ko‘zning tashqi  muskullari  tarkibida 
ko‘p b o ‘ladi.
M uskul  tolalarining  tuzilishi  va  funksiyasi  o'rtasida  b o g ‘!anish  mavjud. 
T adqiqotlarda  ko‘rsatilishicha,  te z  davriy  tolalarda  sarkoplazmatik  to‘r  yaxshi 
riv o jla n g a n ,  T-tizim   ham  yaxshi  tarm oqlangan.  Sekin  davriy  tolalarda  esa 
sarkoplazm atik to ‘r unchalik rivojlanm agan, T-tizim ham yaxshi tarmoqlanmagan. 
Bundan tashqari, sarkoplazmatik to ‘rdagi kalsiy nasoslarining faolligi ham har xil: 
te z   to la la rd a   uning  faolligi  a n c h a   y u q o ri,  bu  esa  m ushak  to lalarin in g   tez 
bo‘shashishini ta’minlaydi. Ko‘pIab skelet muskullarida bajaradigan funksiyasidan 
kelib chiqib, u yoki bu muskul tolasi k o ‘p b o ‘ladi.
S kelet  muskullarining fu n ksiy a la ri  va  xossalari.  Insonlarda  skelet  muskuli 
tayanch-harakat apparatning asosiy qismini tashkil qiladi va bunda skelet muskullari 
quyidagi funksiyalami bajaradi:
1.  Inson gavdasini  muayyan holatda ushlab turishini ta’minlaydi.
2. Tananing fazodagi harakatida ishtirok etadi.
3. Gavdaningayrim  a’zolarini bir-biriga nisbatan siljishini ta’minlaydi.
4. M uskullarenergiya manbayi b o ‘libxizmatqiladi.
Skelet muskullarining fiziologik xossalari.
1.  Q o 'zg ‘aluvchanlik -  berilgan ta ’sirlarga ion o ‘tkazuvchanligi va membrana 
potensiali  o ‘zgarishi  bilan ja v o b   berish  xossasiga  aytiladi.  Tabiiy  sharoillarda, 
motoneyrondan sinaps yorig'igaajralib chiqadigan atsetilxolin mediatori ta'sirlovchi
40
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo‘lib, hisoblanadi.  Laboratoriya sharoitida k o ‘pincha ta'sirlovchi sifatida elektr 
tokidan foydalaniladi. Elektr bilan ta’sirlanganda avvaliganerv tolalari q o ‘zg ‘aladi 
va nerv oxirlarida atsetilxolin mediatori ajralib chiqadi, bu holda muskulni vositali 
ta ’sirlanish  kuzatiladi.  Bundan  k o ‘rin ib   tu rib d ik i,  m uskulga  n isb atan   n e rv  
qo‘zg‘aluvchandir.
2.  O 'tkazuvchanlik -  muskul tolasi b o ‘ylab harakat potensialini o'tkazishidir.
3.  Q isq a ru v c h a n lik   -   m uskul  q o ‘z g ‘a lg a n d a ,  uning  k a ltalan ish i  y o k i 
taranglanishi  tushuniladi.
M uskuining qisqarish mexanizmi.  Skelet m uskuli shunday murakkab tizim ki, u 
kimyoviy  energiyadan  mexanik  energiya  va  issiqlik  hosil  qiladi.  Hozirgi  kunda 
bunday «hosil» qilishning molekular m exanizmi yaxshi o'rganilgan.
Skelet  m uskullarinm g tuzilishi.  Muskul  tolasi  o ‘zida  maxsus  qisqartiruvchi 
apparat-m iofibrillalam i ushlovchi membrana bilan o'ralgan ko‘pyadroli tuzilmadir. 
Mushak tolasining muhim tarkibiy kom ponentlari: mitoxondriya, sarkoplazm atik 
retikulum va ko‘ndalang naycha T-tizimdir.
*  

A  

A
I
Sarkomer
Boihathisti
 
Q«oan«h
■ 

.   -  
/  
A
T-
*----
MlQZin
xi'W//// 
w w w
IV 
W tS L  
JÄPSSt
;x;>k;3ic;

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish