Yukstaglomerulyar aparatning donador hujayralarida hosil bo'tuvchi renin,
proteolitik ferment b o ‘lib, qon plazmasidagi D2-globuIin-angiotenzinogenni
parchalaydi va angiotenzinogen I hosil bo'ladi. Angiotenzin 110 ta aminokislota
qoldig‘idan iborat peptid. Ferment ta’sirida undan ikkita aminokislota qoldig‘i ajralib
chiqadi. Natijada qon tom irlarini toraytiruvchi angiotenzin II hosil bo‘ladi.
A ngiotenzin II tom irlam i to ra y tirib , arterial b o sim n i oshiradi. Aldesteron
sekretsiyasini kuchaytiradi, natriy reabsorbsiyasini oshiradi, chanqoq hosil bo‘lib,
suyuqlik ichishga ehtiyoj ortadi.
Angiotenzin II aldesteron va renin bilan birg atik d a organizmdagi asosiy
boshqaruvchi sistemalaridan b in renin-angiotenzin sistemasini hosil qiladi.
Bu tizim
buyrak qon aylanishini,
aylanib yurgan qon hajmini, suv-tuz balansini boshqarishda
qatnashadi. Agar buyraklami koptokchalarida olib keluvchi arteriolalarida bosim
ortsa renin ishlab chiqarilishi kamayadi va aksini N aS l ning miqdori distal
kanalchalarda ko‘p bo‘!sa renin sekretsiyasi torm ozlanadi. Donador hujayralarda
ß-adrenoretseptorlarqo‘zg‘alsa, renin sekretsiyasi kuchayadi, a-adrenoretseptorlar
qo‘zg‘alsa tormozlanadi. Araxidon kislotasi va PGI - 2 tipidagi prostoglandinlar
renin sekretsiyasini kuchaytiradi.
Eritropoetin ishlab chiqarilib, suyak ko‘migidaeritropoezni kuchaytiradi. Buyraklar
qonning fabrinolitik aktivligida ishtirok etadi. Plazminogen aktivatori-urokinoza sintez
qiladi. Buyraklar mag‘iz moddasi prostoglandinlar sintezlanadi. Ular buyraklar va
umumiy qon aylanishini boshqarishda qatnashadi. Siydik bilan natriy chiqishini
kuchaytirib, kanalchalar hujayralarini ADG ga sezgirligini kamaytiradi.
Buyraklarda kininlar sintezlanadi. Ulardan brodikinin qon tomirini kuchli
kengaytirib, buyraklarda qon oqishini va natriy ajralishini boshqarib turadi.
B uyraklarning m etabolitik funksiyasi. Buyraklam ing metabolitik funksiyasi
organizm ichki muhiti metobolitlar miqdorini bir xilda ushlab turishda ishtirok
etishdan iborat. Buyraklar metabolizm natijasida hosil bo'lgan moddalami chiqarib
yuboribgina qolm ay, uning o 'z id a m etabolizm ja ra y o n la rid a sodir bo 'lg an
moddalami ham chiqarib yuboradi. Buyraklar kanalchalari filtrlanib o‘tgan past
molekular og‘irlikka ega bo'lgan peptidlar va denaturatsiyaga uchragan oqsillami
parchalaydi. Aminokislotalami qonga qaytarib. bu peptidlar va gormonlami qondagi
miqdorini ushlab turadi.
Buyrak to ‘qimalari glukoneogenezda ishtirok etadi. A gar a ’zo og‘irligiga
nisbatan olinsa, buyraklarda bu xususiyat jigarga nisbatan yuqori. Uzoq vaqt och
qolganda qonga tushayotgan glukozaning yarm i b u yraklarda hosil b o ia d i.
Buyraklar inozitolni oksidlanuvchi katabolizmida ishtirok etuvchi asosiy a’zolardan
biri hisoblanadi. Bu yerda qonga tushgan hujayra mem branasining asosiy qismi
bo‘lish fosfatidilinozitol, glyukuron kislota, triatsiIglitserinlar va fosfolipidlar
sintezlanadi.
Buyraklar yog‘laralmashinuvida ham ishtirok etadi. Erkin yog4 kislotalari uning
hujayralarida triatsilglitserinlar va fosfolipidlar tarkibiga q o ‘shilib, qonga tushadi.
Buyraklar faoliyatining boshqarilishi
Do'stlaringiz bilan baham: