chiqariladi. Androgenlarga bir necha steroid gormonlar kiradi, ulardan eng
muhimi testosterondir. Bu gormonning qonga o ‘tishi erkaklarda birlamchi
va ikkilamchi jinsiy belgilami adekvat rivojlanishini ta ’minlaydi.
53-rasm.
U ru g 'd o n gorm onlari va ularning vazifalari.
Testosteron ta ’sirida o ‘g ‘il bola balog‘atga yetganida jinsiy a ’zo va
moyaklar kattalashadi, soqol, past ovoz, qorinning o ‘rta chizig‘i b o ‘ylab
k o ‘tariluvchi chov junlar paydo b o ‘ladi. Bundan tashqari,,
testosteron
oqsillar sintezini kuchaytiradi, bu esa o ‘sish va jism oniy rivojlanishga,
m u sk u llar m assasin in g o rtish ig a olib k elad i. T esto stero n suyak
skeletining shak llan ish ig a ham t a ’sir k o ‘rsatad i, u suyakda oqsil
m atritsalari hosil b o ‘lishini tezlashtiradi va unda kalsiy tuzlarining
to ‘planishini ta’minlaydi. Buning natijasida suyak eniga va bo‘yiga o‘sadi
va pishiqligi ortadi. Testosteron ko‘p ajralganda m oddalar almashinuvi
tezlashadi va qondagi eritrotsitlar soni ham ortib ketadi. Testosteronning
ta ’sir etish mexanizmi taxminan quyidagicha amalga oshadi:
u hujayra
ichiga kirib, faollashadi (degidrotestosteron), keyinchalik u hujayra
yadrosi va organellari bilan bog‘lanadi, bu esa oqsil va nuklein kislotalar
s in te z in in g o 'z g a r is h ig a o lib k e la d i. T e s to s te ro n s e k re s iy a s i
adenogipofizning lyuteinlovchi gormoni orqali idora etiladi, bu gormon
esa jin siy balog‘atga yetishni tezlashtiradi. A gar qonda testosteron
gormoni
miqdori ortib ketsa, qaytar bogTanish mexanizmi b o ‘yicha
lyuteinlovchi gorm on sekresiyasi torm ozlanadi. Ikkala gonadotrop
221
g o rm o n la r - fo llik u lo stim u llo v c h i v a ly u te in lo v c h i g o rm o n la r
k o n s e n tra ts iy a s i q o n d a p a s a y ib k e tg a n d a , sp e rm a to g e n e z
jarayonlarining tezlashuviga olib keladi.
0 ‘g ‘il bolalarda 10-11 yoshgacha urug‘donda
androgenlar ishlab
chiqaruvchi faol glandulotsitlar bo'lm aydi. Biroq, bu hujayralardan
te s to s te ro n g o rm o n i se k re siy a si, h o m ila d o rlik d a v rid a v a b o la
tu g ‘ilgandan so‘ng bir necha haftagacha davom etadi.
Bu sekresiya
y o ‘ldosh tom onidan ajralib chiqqan gorm on gonadotropin ta ’sirida
yuzaga chiqadi. Erkak jin siy gorm onlarining sekresiyasi yetarlicha
bo‘lmasa, yevnuxoidlik rivojlanishiga olib keladi. Bunda birlamchi va
ikkilam chi jin siy belgilarning rivojlanishi kechikadi,
suyak skeleti
noproporsional b o ‘lib qoladi, k o ‘krak va qorinning pastki sohalarida
yog‘ to ‘planadi, ba’zida esa sut bezlari ham kattalashadi (ginekomastiya),
erkak jin siy gorm onlarining kam ishlab chiqarilishi asab va ruhiy
o ‘zgarishlarga ham olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, qarama-qarshi
jinsga bo'lgan qiziqish y o ‘qoladi va boshqa erkaklarga xos b o ‘lgan
psixofiziologik harakatlar ham y o ‘qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: