naqdina
(naqt pul) bilan to’la ta’min etadi. Shu bilan birga
Ulug’bek tashqi savdodan kelgan daromadni oshirish maqsadida “
tamg’a
” ni birmuncha
oshirdi.
Ulug’bek o’tmishdoshlari Axmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy,
Muso Xorazmiy va Ibn sino asarlarini batafsil o’rganadi. Ulug’bek Movarounnahr
shaxarlarini xususan Samarqand va Buxoroni ilm-ma’rifat dargoxiga aylantirishga intiladi.
Uning farmoni bilan 1417 yilda Buxoroda, 1417-1420 yillarda Samarqandda va 1433 yilda
G’ijduvonda madrasalar qad ko’taradi. Xatto Buxoro madrasasining darvozasiga “Bilim olish
xar bir musulmon ayol va erkakning burchidir” degan kalima o’yib yozib qo’yiladi.
Samarqand madrasasi zamonasining dorulfununi edi. Ushbu madrasalarda ilohiyot ilmlari:
Qur’on, Hadis, tafsir, fikx (din va shariat, qonun va qoidalari) bilan bir qatorda riyoziyot
(matematika), xandasa (geometriya), ilmi-xay’at (astronomiya), tibiyot, tarix, jo’g’rofiya,
ilmu-aruz (poetika), arab tili va uning morfologoyasi (qofiya) kabi dunyoviy ilmlar xam
o’qitilardi. Ulug’bekning Samarqanddagi madrasasi ikki qavatli, 50 xujrali bo’lgan. Xar bir
xujra uch xonaga:
qaznoq
(omborxona), yotoqxona va darsxonalarga bo’lingan. Madrasada
100 dan ortiq talaba istiqomad qilgan va ta’lim olgan. Madrasa o’sha zamonning iqtidorli
olimlaridan
Mavlono Shamsuddin Muxammad Havofiy ye
takchi mudarris bo’lgan. O’rta
asrlarning mashxur olimlari
Qozizoda Rumiy
,
G’iyosuddin Jamshid Koshoniy
, Mirzo
Ulug’bek va uning shogirdi
Alouddin Ali Qushchi
lar turli fanlardan dars berganlar. XVІ
asrning mashxur adibi Zaynuddin Vosifiyning yozishicha, 1420 yilda madrasa ochilgan kuni
birinchi darsni Shamsuddin Muhammad Havofiy o’qigan ekan. Darsdan tolibi ilmlardan 90
nafari qatnashgan, lekin darsning ma’nosiga Ulug’bek va Qozizoda Rumiydan boshqa xech
kim tushunmagan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda madrasada ilmi hay’at (atsronomiya) dan
darsni Qozizoda Rumiy bergan. Xatto Abdurahmon Jomiy yoshlik chog’ida Samarqandga
kelib, Qozizoda Rumiydan bir necha marta astronomiya fanidan saboqlar olgan. Madrasada
kamida 15-16 yil taxsil ko’rib, uning dasturi bo’yicha fanlarni to’la o’zlashtirgan va imtihinli
saboqlarda o’z bilimini anmoyish qila olgan tolibi ilmlarga “
sanad
” ― shahodatnoma yozib
berilgan. Manna shunday shahodatnomalardan biri Ulug’bekning Samarqanddaga
madrasasida qariyb 16 yil taxsil ko’rgan balxlik Shamsuddin Muhammad nomiga hijriy 838
(1435) yil rajab oyining o’rtalarida Qozizoda Rumiy imzosi bilan yozib berilgan. Rasadxona
xali qurilib ishga tushirilgunga qadar osmon yoritgichlarining holatini kuzatish ishlari ma’lum
darajada mana shu madrasada va Ulug’bek tomonidan qurdirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |