Sherg`ozixon davrida (1714-1728 ) g`oyatda kuchaydi. Birinchi bo`lib Xivaga
o`zining bosqinchilik hamlasini Rus podshosi Pyotr I boshlab berdi. U 1714-1717 yillarda
Knyaz Bekovish-Cherkasskiy boshchiligida Xiva xonligiga 6655 kishilik qo`shin jo`natdi.
Sherg`ozixon Shohniyozxonga qaraganda millatparvarlik, vatanparvarlik his-tuyg`usi
o`lmagan xon bo`lib chiqdi va u ayyorlik ishlatib bosqinchi rus askarlarini bo`lib-bo`lib
batamom qirib taShladi. Sherg`ozixon Shohniyozxon tufayli Xiva bilan Buxoro o`rtasidagi
keskinlashgan vaziyatni yumshatish maqsadida bosqinchi rus zobiti knyaz Bekovish-
Cherkasskiyning boshini ShamShir bilan olib Buxoro xonligiga yubordi. Ammo bundan hech
qanday foyda chiqmadi. Bu voqeadan so`ng Rossiyaning Xiva xonligiga qarshi urush
boshlash havfi kuchaydi. Ana shunday og`ir va murakkab bir sharoitda Xiva va Buxoro
xonlikninglari o`zaro til topib horijiy mamlakatlarning havfli hujumiga qarshi yagona jabxa
tashkil qilish o`rniga bir-birlariga qarshi raqobatni avjiga mindirdilar. Jumladan, Buxoro xoni
Abulfayzxon Sherg`ozixonga qarshi orolliklarni qayradi. Orolliklar Buxoroda yashovchi
shahzoda Temur Sultonni o`zlariga xon qilib ko`tardilar. Xivada o`zaro urush-janjallar va
nizolar avjiga mindi. Bu hol Sherg`ozixon vafotiga qadar ham tinmadi. Temur Sulton esa
butun xonlikningni o`ziga bo`ysundira olmadi. Sherg`ozixondan so`ng xonlikningka qozoq-
chingiziylar avlodidan
Elbarsxonni (1728-1739 ) taklif qiladilar. Ana shu davrdan boshlab
qozoq-Chingiziy xonlarni dashtdan muayyan muddatga olib kelib qo`yish, keyin zarurat
qolmagach, uni bo`shatib, boshqasini olib kelish odat tusiga kirib qoldi. Bu tarixga “xonlar
o`yini” nomi bilan kirdi. Lekin ahvol ijobiylikka tomon o`zgarmadi. Elbarsxon vaziyatni
yanada chigallashtirdi. Nodir shohning Eronda yo`qligidan foydalanib (Nodirshoh
Afg`oniston va Hindistonga qo`ahin tortib ketgan edi) Elbarsxonning Buxoro tomonida turib
Nodirshoh qo`shinlariga qarshi urushga kirishi, Eronga qaramlikdan bosh tortishi Xivani og`ir
ahvolga solib qo`ydi. Nodirshoh Buxoroni tobe etgach 1740 yilda Xiva xonligini ham
batamom o`ziga tobe etdi. U Xivada “Xonlar o`yini”ni bartaraf qilishga har qancha urinmasin,
bu ishning uddasidan chiqa olmadi. Xonlikda vaziyat shunday bebosh bir tus olgan ediki,
go`yo amalda Xiva yo`q qilingandek bir manzara kasb etgandi. Bu manzara 1770 yilgacha
hokimiyat tepasiga qo`ng`irotlar urug`ining yo`lboshchisi Amin kelgunga qadar davom etdi.
U xonlikda turkmanlarning qarshiligini yengib, qattiq yo`l siyosat orqali mamlakatda tinchlik
va osoyishtalikni o`rnatdi.