161
Shundan so‘ng xonlik hududlarini Janubiy Turkmaniston va Xuroson viloyatlari hisobiga
kengaytirish harakati boshlandi. Ammo, bu masalada Xiva bilan Buxoro o‘rtasida kurash
boshlanib ketdi. 1817 yilgi Chorjuy qal’asi yaqinidagi birinchi to‘qnashuvda Xiva qo‘shinlari
mag‘lubiyatga uchradi. Shunga qaramasdan Muhammad Rahimxon I Buxoro hududlariga
1820, 1823, 1824 yillarda talonchilik urushlari qilib turdi.
Janubiy
Turkmaniston
va
Xuroson
viloyatlariga
harbiy
yurishlar
Muhammadrahimxondan keyin taxtga o‘tirgan o‘g‘li Olloqulixon (1825-1842 yy.) va nabirasi
Rahimqulixon (1842-1845 yy.) davrida ham davom etdi. Olloqulixon Janubiy Turkmaniston
va Xuroson viloyatlarida o‘z hukmronligini mustahkamlash uchun ular ustiga besh marotaba
yurish qildi. 1826 yilda Xiva qo‘shinlari Shimoliy Xurosondagi Oqdarband qal’asini zabt
etdilar. 1828-1829 yillarda bu hududdagi Jalqon qal’asi egallandi.
Olloqulixon zamonida
Buxoro va Xiva o‘rtasida Marv viloyati uchun to‘qnashuvlar bo‘lib turdi.
Olloqulixon 1842 yilda vafot etgach taxtga uning o‘g‘li Rahmonqulixon (1842-1845
yy.) o‘tirdi. Taxtni egallagan yangi xon ham Janubiy Turkmaniston yerlariga hujum boshladi.
Bu yurishlarga hujum qilib, Xazoraspni qamal qildi. Ammo, mag‘lubiyatga uchrab orqaga
chekinishga majbur bo‘ldi. Bu orada Rahmonqulixon Chorjo‘yni qamal qilib, uning atrofidagi
qishloqlarni taladi. Rahimqulixon Xuroson uchun bo‘lgan janglarning birida halok bo‘lgach
taxtga uning ukasi Muhammad Aminxon (1845-1855 yy.) o‘tirdi.
Muhammad Aminxon hukmronligi davrida ham Janubiy Turkmaniston va
Xurosonda tinchlik hukm surmay, xonga qarshi isyonlar davom etdi. Ayniqsa, Marv va
Seraxs shaharlarida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar hokimiyatni larzaga keltirdi. Qo‘zg‘olonchilar
Xiva xoniga bo‘ysunishdan bosh tortib, xon amaldorlari va soliq yig‘uvchilarni
tutib qatl
qildilar. Ogahiy ma’lumotlariga ko‘ra, Muhammad Aminxon Marv va Seraxs uchun o‘n
marotaba yurish qilgan, faqatgina 1854 yilda Marv qo‘zg‘oloni qiyinchilik bilan bostiriladi.
1855 yil Seraxs ostonasida turkmanlar bilan Xiva lashkarlari o‘rtasida bo‘lgan jangda Xiva
qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchrab, Muhammad Aminxon, uning o‘n to‘rt nafar shahzodalari
va saroy amaldorlari fojeali halok bo‘ldilar.
1855 yil Said Abdullaxon (besh yarim oy – 1855 yil 20 mart – 27 avgust) Xiva
taxtiga o‘tirdi. Ammo, bir guruh saroy amaldorlari Said Abdullaxonni tan olmasdan unga
qarshi fitna uyushtirib, yovmut turkmanlari bilan aloqa o‘rnatdilar
hamda ularni isyonga
chorladilar. Yovmutlar isyon ko‘tarib G‘ozovot va Ilonli atroflarida qishloqlarni talay
boshladilar. Said Abdullaxon Xivadagi fitnachilarni fosh qilib, uning ishtiroqchilarini qatl
ettirgach, isyonchilarga qarshi kurash boshladi. Dastavval, Xiva qo‘shinlari bilan bo‘lgan
jangda yovmutlar mag‘lubiyatga uchrab dasht ichkarisiga chekingan bo‘lsalar-da, avgustning
oxirida yovmutlar Xiva navkarlari qarorgohiga (Ilonli yaqinida) to‘satdan tunda hujum
qildilar. Bu hujumda Xiva navkarlari mag‘lubiyatga uchrab, Said Abdullaxon o‘ldirildi.
Bu voqyeadan keyin saroydagi vazir Muhammad YOqub mehtar boshchiligidagi bir
guruh amaldorlar Sayid Abdullaxonning o‘n yetti yashar ukasi Qutlug‘ Murodni xon qilib
ko‘tardilar, YOqub mehtar va Ibrohim qo‘shbegi davlat boshqaruvida
xonning eng yaqin
kishilari edilar. Bu orada xonlikdagi siyosiy vaziyat yana keskinlashib ketdi. Qutlug‘
Murodxonga bo‘ysunmagan turkman yovmutlari Ota Murodni, qozoq va qoraqalpoqlar Jorliq
To‘rani o‘zlariga xon deb e’lon qildilar. Qutlug‘ Murodxon ularning isyonlarini qiyinchilik
bilan bostirdi. Ammo, uning hukmronligi ham uzoq cho‘zilmadi (to‘rt yarim oy). Qutlug‘
Murodxon o‘z ukasi Niyozbek Muhammad tomonidan hiyla ishlatilib uyushtirilgan fitna
(yovmut turkmanlari yordamida) natijasida o‘ldirildi.
162
Qutlug‘ Murodxon o‘limidan so‘ng Xiva taxtiga Sayid Muhammadxon (1856-1864
yy.) xon qilib ko‘tarildi. U hokimiyatga kelgan paytda xonlikda siyosiy vaziyat
keskinlashgan, iqtisodiy ahvol nihoyatda og‘ir bo‘lib, ko‘pchilik viloyatlarda ocharchilik
hukm surgan, yuqumli kasalliklar tarqalgan edi. Vaziyatni to‘g‘ri baholay olgan Sayid
Muhammadxon yuz berayotgan isyonlarni tinch yo‘l bilan hal qilish,
tinchlikni qaror
toptirish, iqtisodiyotni tiklash choralarini ko‘rdi. U avvalambor Buxoro va Rossiya bilan
savdo aloqalarini yaxshiladi. Dehqonchilik, obodonlashtirish va qurilish ishlarida qator
tadbirlar o‘tkazildi. Ammo, xonlikdagi ichki notinchlik to‘xtamadi. Xonlikda faqat o‘zbek
urug‘larigina emas balki, yarim ko‘chmanchi va chorvador aholi bo‘lgan turkman, qozoq,
qoraqalpoq va boshqa xalqlar og‘ir soliqlar va turli to‘lov hamda majburiyatlarga tortilganligi
bois xonlikning turli shahar va viloyatlarida noroziliklar, isyonlar bo‘lib turdi.
Sayid Muhammadxon 1864 yil 10 sentyabrda kasallanib vafot etgach taxtga uning
o‘g‘li Sayid Muhammadxon Rahimxon II (1864-1910 yy.) o‘tirdi.
Soniy va Feruz nomlari
bilan ham ma’lum bo‘lgan bu hukmdor Xiva xonlari orasida eng adolatparvar va
ma’rifatparvar hukmdor bo‘lganligi bois ham 47 yil davomida mamlakatni idora qilgan.
Uning zamondoshlari bo‘lgan Ogahiy va Bayoniylar asarlarida Sayid
Muhammadxon Rahimxon II (Feruz) faoliyatida adolatparvarlik va haqgo‘ylik, qattiqqo‘llik
va talabchanlik bilan, ma’rifatparvarlik esa tashabbuskorlik bilan uyg‘unlashib ketganligi
haqida ma’lumotlar beradilar. Bu xon o‘zining butun hukmronligi davrida el-yurt farovonligi,
tinchlik-osiyishtaligi uchun kurashdi. Xonlikda dehqonchilik, sug‘orish ishlari, savdo-sotiq va
hunarmandchilik taraqqiy etdi. Bu davrda Xorazmda ayniqsa ilm-fan, adabiyot va san’at,
me’morchilik yuksaldi. Xonning o‘zi “Feruz” taxallusi bilan ijod qilib o‘zbek mumtoz
adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shdi.
Zamonaviy Xorazm tarixchilari Sayid Muhammadxon
Rahimxon II hukmronligini
ikki bosqichga ajratadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: