1. XV-XVI asrlarda nima bo’lgan? A) yirik dostonchilik maktablari paydo bo’ldi B) dostonchilik rivojlangan davr C) 150 ta doston kuylangan D) ustoz-shogirdlik an’analari paydo bo’ldi
2. “Kuntug’mish” dostonini kim kuylagan? A) Po’lkan baxshi B) Ergash Jumanbulbul o’g’li C) Xodi Zarif D) Saidmurod Panoh o’g’li
3. “Kuntug’mish”da Shoir va Tohir vazirning vatani? A) No’g’ay B) Zangar C) Mug’ul D)Dog’iston
4. “Mantiq ut-tayr” asarining muallifi? A) A. Navoiy B) F. Attor C) Sheroziy D) Lutfiy
5. Xolbeka deb kelgan odamni tutib qatl qildirishga farmon bergan kim?
A) Avliyo Qoraxon B) Shoir vazir C) Azbarxo’ja D) Buvraxon
6. H. Boyqaro Navoiyga “Muqarrabi shohiy” unvonini berganda bu lavozim qanday imtiyozga ega? A) shohga bir masala yuzasidan uch marta murojaat qila oladi B) shohga bir masala yuzasidan ketma-ket yetti marta murojaat qila oladi C) shohga fuqaro holatini arz qila oladi D) shohga turli masala yuzasidan fikr bildira oladi
7. Kim nomsiz, poyonsiz tog’ darasidan vataniga boradigan yo’lni rosa izlaydi?
A) Azbarxo’ja B) Kuntug’mish C) Mohiboy D) Xolbeka
8. Tokio, Moskva, Bokuda kimning haykali qad ko’targan?
A) Navoiy B) I. Karimov C) Lutfiy D) H. Boyqaro
9. “Kuntug’mish”da biroz shaddod, quv yigit kim?
A) Mohiboy B) Gurkiboy C) Kuntug’mish D) cho’pon
10. Fors adabiyotida ruboiy dastlab kimlar ijodida uchragan? A) Navoiy, Lutfiy B) Rudakiy, Shahid Balxiy C) U. Hayyom, Bobur D) Mashrab, Lutfiy
11. “Kuntug’mish”da bosiq, vazmin, aql bilan ish ko’radigan kim?
A) Mohiboy B) Gurkiboy C) Kuntug’mish D) Buvraxon
12. “G’aroyib us-sig’ar”da nechta ruboiy bor? A) 130 ta B) 145 ta C) 123 ta D) 133 ta
13. Dostonda o’ziga bino qo’ygan, qahri qattiq inson kim?
A) Xolmo’min B) Gurkiboy C) Kuntug’mish D) Buvraxon
14. Payg’ambarimizning kuyovlari hazrati Alining so’zlari jamlangan asar?
A) “Xazoyin ul-maoniy” B) “Nasr ul-laoliy” C) “Nazm ul-javohir” D) “Devoni Foniy”
15. Dostonda nima qilsa, olti oy zindonda boqtirish, suyagini toshga chaqtirish, ikki ko’zini o’yib, tepasiga moy qo’yish haqida farmon berilgan? A) bolalarni topmasa B) Kuntug’mishni dardini topmasa C) Azbarxo’jani topmasa D) Xolbekani nomini tilga olsa
16. Navoiyning qaysi asari faqat ruboiy janridan iborat bo’lib, 270 satrni tashkil etadi?
A) “Xazoyin ul-maoniy” B) “Nasr ul-laoliy” C) “Devoni Foniy” D) “Nazm ul-javohir”
17. Dostonda chiltonlar to’y qilishi kimning tushida yuz beradi?
A) Xolmo’min B) Buvraxon C) Xolbeka D) Mohiboy
18. Navoiyning qaysi ruboiysi hasbu hol xarakteriga ega? A) “Gardun gah manga..” B) “Ahbob, yigitlikni..” C) “Ey umri aziz” D) “G’urbatda g’arib”
19. Xolbekaning kanizi kim? A) Oyqiz B) Bahragul C) Suluv D) Bahranur
20. Navoiyning “Mahbub ul-qulub”ga kirgan qaysi ruboiysining har bir satrida o’git ilgari surilgan? A) “Gardun gah..” B) Ahbob, yigitlikni..” C) “Ey umri aziz” D) “G’urbatda g’arib”.
21. Dostonda Kuntug’mishni kim qoqib davolaydi? A) baxshi B) qushnoch C) mulla D) eshon
22. Navoiyning qaysi ruboiysi hayotsevarlik haqida? A) “Ahbob, yigitlikni” B) “Ey umri aziz” C) “G’urbatda g’arib” D) “Gardun gah manga..”
23. Dostonda kim Kuntug’mishni halqa qilib davolamoqchi bo’ldi? A) baxshi B) mulla C) qushnoch D) eshon
24. Dostonda Kuntug’mishni davolash uchun yig’ilgan qaysi soha vakillaridan biri ayyor chiqdi?
A) baxshilardan biri B) mullalardan biri C) qushnochlardan biri D) eshonlardan biri
25. Navoiy qaysi ruboiysini musofirchilikda yozgan? A) “G’urbatda g’arib” B) “Ey umri aziz” C) Ahbob, yigitlikni D) “Garduni gah manga”
26. Dostonda “qoshini kerib, labini burib, bellari buralib” deya kim ta’riflangan?
A) Xolbeka B) Bahragul C) Mohiboy D) Kuntug’mish
27. Navoiyning “Barmog’in” tajnisli tuyuqidagi shakldosh so’zlar ma’nosi?
1) bormagin 2) hech 3) barmog’ini A) 3,2,1 B) 1,2,3 C) 2,1,3 D) 2,3,1
28. Dostonda “Musofirchilikda yo zar yarar, yo zo’r yarar kuningga” deb kim aytgan?
A) Xolmo’min B) Kuntug’mish C) Buvraxon D) Qoraxon
29. Toshkentda Shayx Xovand Tahur qabri yonida qurib qolgan qaysi daraxt saqlangan?
A) chinor B) tut C) archa D) sarv
30. Dostonda bazzoz qiyofasiga kirgan obraz?
A) Xolmo’min B) Kuntug’mish C) Xolbeka D) Gurkiboy
31. Dostonda “osib o’ldirdingiz- ko’rdik,to’pga solib otdingiz-ko’rdik, bosib o’ldirdingiz-ko’rdik, minordan tashladingiz-ko’rdik ” deb kim aytgan?
A) Xolmo’min B) cho’ponlar C) qirq yigit D) arkoni davlat
32. Navoiyning “Butmagan” tajnisli tuyug’idagi shakldosh so’zlarning ma’nosini izohlang?
1) unib chiqmagan 2) tugatmagan 3) tuzalmagan A) 3,2,1 B) 1,2,3 C) 2,3,1 D) 1,3,2
33. Dostonda qancha vaqtda baytalga boylangan tulup uzilib tushadi?
A) 3 kun B) 6 kun C) bir oy D) 7 kun
34. Dostonda jaziraning haybatidan badanida nam qolmay,ko’zlari tinib, giyohlarning tomirini qazib so’rib yurgan qahramon kim? A) Gurkiboy B) Mohiboy C) Azbarxo’ja D) Kuntug’mish
35. Navoiyning 86 ta fardi qaysi asarga kiritilgan? A) “G’aroyib us-sig’ar” B) “Favoyid ul-kibar” C) “Badoye ul-vasat” D) “Navodir ush-shabob”
36. Dostonda kim bir qultum suvning gadosi bo’ldim deb falakdan shikoyat qilgan?
A) Xolbeka B) Azbarxo’ja C) Kuntug’mish D) Gurkiboy
37. Navoiyning qaysi janrdagi she’rida hech kimning aybini aytmaslik g’ayasi ilgari surilgan?
A) ruboiy B) qit’a C) tuyuq D) fard
38. Dostonda kim mening kasofatimga shuncha ranjlar ko’rding, qattiq mashaqqat ko’rding, mendan rozi bo’l deydi? A) Xolbeka B) Kuntug’mish C) Azbarxo;ja D) Buvraxon
39. Dostonda kim baxtim qora deb, taqdirimga ko’ndim,-deydi?
A) Mohiboy B) Xolbeka C) Gurkiboy D) Kuntug’mish
40. Dostonda Xolbeka va Kuntug’mish necha kunda qayerga yetib borishganidan xursand bo’lishadi? A) 6 kunda g’orga B) 3 kunda Mug’ul tog’iga C) 5 kunda Bujul eliga D) 7 kunda Bahra tog’iga
41. Kimning ijodi turkman, ozaybayjon, usmonli turk shoirlari ijodiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatgan? A) Navoiy B) Lutfiy C) Bobur D) Haydar Xorazmiy
42. Dostonda qayerda yovvoyi meva ko’p edi? A) Mug’ulda B) Bahrada C) Bujulda D) No’g’ayda
43. Lutfiy ijodining 75% ini nima tashkil etadi? A) ruboiy B) g’azal C) qit’a D) tuyuq
44. Dostonda Qur’oni karimni o’rtaga qo’yib Kuntug’mish bilan do’st tutingan kim?
A) Buvraxon B) Azbarxo’ja C) Qosim D) Xolmo’min
45. Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma Lutfiy g’azali aruzning qaysi bahrida bitilgan?
A) hazaji musammani mahzuf B) hazaji musammani solim C) ramali musammani mahzuf D) ramali musaddasi solim
46. Dostonda qayiqlarni cho’ktirib yuborgan kim?
A) Azbarxo’ja B) Mohiboy C) Qosim D) baliqchi
47. Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma”g’azalida guzar so’zining ma’nosi?
A) kelish B) ketish C) o’tish D) qaytish
48. “Kuntug’mish”dostonida to’raning ko’z yoshini kim Jayhunga qiyoslaydi?
A) Yunus pari B) cho’pon C) Xolbeka D) Mohiboy
49. Lutfiy g’azalidagi lirik qahramon yor ishqida yig’layverib, ko’zdan qolganini aytish uchun qaysi payg’ambar nomini tilga olib, talmeh yaratgan?
A) Yoqub B) Yusuf C) Sulaymon D) Dovud
50. “Kuntug’mish” dostonida “qarorim yo’q, turay desam, Madorim yo’q, yuray desam, uyim yo’qdir, boray desam, Vatanim yo’q, kiray desam” deb kim aytgan?
A) Gurkiboy B) Mohiboy C) Kuntug’mish D) cho’pon
51. Lutfiyning qaysi g’azaliga Mashrab tazmin bog’lagan?
A) “Bu ko’ngildur, bu ko’ngil” B) “Xoh inon, xoh inonma” C) “Ayoqingga tushar har lahza gisu” D) “Dog’I bor”
52. “Kuntug’mish”dostonidagi qatag’anlik obraz?
A) Xolmo’min B) Buvraxon C) Azbarxo’ja D) Olim sayyod
53. Meni shaydo qiladurg’on bu ko’ngildur, bu ko’ngil Lutfiyning ushbu g’azali aruzning qaysi bahrida yozilgan? A) ramali musammani mahzuf B) hazaji musammani mahzuf B) ramali musaddasi mahzuf D) hazaji musaddasi solim
54. “Kuntug’mish”dostonida kim itiga osh pisirgan obraz?
A) Qosim qabilaboshi B) Olim sayyod C) o’nta cho’pon D) Azbarxo’ja
55. Lutfiyning qaysi g’azalidagi barcha so’zlar turkiy? A) “Bu ko’ngil..” B) “Xoh inon..” C) “Ayoqingga tushar..” D) “dog’I bor..”
56. Dostonda chilimni beliga boylab, o’zini hech odamga o’xshatmay, janda kiyinib olgan obraz? A) cho’ponlar B) Gurkiboy C) Olim sayyod D) Kuntug’mish to’ra
57. Qorong’u kechada sochining tolasiga havasi kelib, jonni unga almashadigan, do’st-u dushman ichida g’ofil bandani boshsiz-oyoqsiz qiladigan nima deydi Lutfiy?
A) ko’z B) ko’ngil C) yor D) qismat
58. Dostonda qurib qolgan daraxtning ostiga borib, ko’mir qilmoqchi bo’lib, olov yoqib, nashaning taraddudiga tushgan obraz?
A) Azbarxo’ja B) Xolmo’min C) Gurkiboy D) Kuntug’mish
59. Lutfiyning “Bu ko’ngildur” radifli g’azaliga kim o’xshatma yozgan?
A) Mashrab B) Ogahiy C) Nodira D) Furqat
60. “Kuntug’mish”dostonida To’ra podshoh bo’lganda chiqargan birinchi farmoni?A) amaldorlar bir haftadan jilovxonada istiqomat qilishi B) amaldorlar bir lagandan xazinaga tillo berishi C) amaldorlarga soliqlarni o’z vaqtida to’lashi D) amaldorlarga bir hafta bazm uyushtirish
61. Lutfiyning qaysi g’azali Lutfiyga xos lutf bilan yozilgan? A) “Xoh inon..” B) “Ayoqingga tushar..” C) “Bu ko’ngildur..” D) “Dog’I bor..”
62. Dostonda tomdan o’zini tashlagan kim? A) Gurkiboy B) Mohiboy C) cho’pon D) Xolbeka
63. “Ayoqingga tushar..” deb nomlanuvchi Lutfiy g’azalidagi qaysi maqol umidvorlik ma’nosida qo’llangan? A) Charog’ tubi qorong’u B) Oqqan ariqqa oqar suv C) Kishining ko’zidur tarozi D) Tiloganni-tilogu
64. Dostonda bolalarga ot-ulov, qurol-yarog’ berib, kim No’g’ayga jo’natadi?
A) podshoh B) Xolbeka C) Qosim qabilaboshi D) Xolmo’min
65. Ko’nglima har yonki boqsam dog’I bor, Har necha dardimni desam, dog’I bor, Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori firoqing dog’I bor tuyuqdagi shakldosh so’zlar ma’nosi? 1) yana bor 2) yarasi bor 3) yuk A) 2,1,3 B) 1,2,3 C) 3,1,2 D) 2,3,1
66. Mohiboy va Gurkiboy Zangardan chiqayotganda kimni o’ldirishgan?
A) Azbarxo’jani B) cho’ponni C) ovchilarni D) darvozabon qo’rboshini
67.Charxi kajraftor elidin yozamen, Chiqmadim hijron qishidin yoza men, Bir meni yorliq bila yod etmas ul, Har necha shahg’a qulluq yozamen,- tuyuqdagi shakldosh so’zlar ma’nosi?
1) bitaman 2) yozga men (fasl) 3) shikoyat qilaman A) 1,2,3 B) 3,2,1 C) 2,1,3 D) 3,1,2
68. Dostonda o’n ming uyli qul qayerda yilqi boqardi?
A) Olatog’da B) Mug’ul tog’ida C) Zangarda D) Nog’ay tog’ida
69. Mumtoz adabiyotida barmoq vaznida ijod qilgan kimlar? A) Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy B) Mashrab, Navoiy C) Yassaviy, Navoiy D) Nodira, Sulaymon Boqirg’oniy
70. Dostonda lashkarlar Mohiboy va Gurkiboyni bandi qilib necha kunda Zangarga olib kelishgan? A) bir hafta B) 5 kun C) bir oy D) 10 kun
71. Ota-ona, qarindosh, qayon ketti, fikr qil, To’rt oyog’li cho’bin ot bir kun sanga yetaro. Bayt muallifini aniqlang? A) Navoiy B) Mashrab C) Lutfiy D) Yassaviy
72. Dostonda “Munkir kelsa, ozod bo’lar ekan, lekin mardlik qo’ldan ketadi”, “Qo’lingdan kelganin qil, ayama “deb kim aytgan? A) Gurkiboy B) Mohiboy C) Xolbeka D) Xolmo’min
73. Arab va fors she’riyatida yo’q janrni aniqlang? A) ruboiy B) g’azal C) qit’a D) tuyuq
74. Dostonda dorning og’ochiga salom bergan kim?
A) Xolbeka B) Xolmo’min C) Mohiboy D) Gurkiboy
75. Kechti umr-u, tushmadi ul yor ila, Qo’rqaram ko’nglim bu g’amdin yorila. Bu vafosizliqki, sendin ko’rmisham, E’tiqodim qolmadi hech yor ila. Tuyuqdagi shakldoshlikning ma’nolari? 1) do’st bilan 2) yoriladi 3) yor (sevgili) bilan A) 1,2,3 B) 2,3,1 C) 3,2,1 D) 1,3,2
76. Dostonda kim Xolbekaga, “qismati qattiq, deb, taqdiringga ko’n,” deydi?
A) Mohiboy B) Buvraxon C) Xolmo’min D) Gurkiboy
77. Dostonda kim”Podsho bo’lmay, bo’luvsiz qolgur”,-deb Kuntug’mishni qarg’aydi?
A) Xolmo’min B) Xolbeka C) Gurkiboy D) Olim sayyod
78. Dostonda Kuntug’mish “men do’stlik otini tutganim un yoniga bormayman, yuzini ko’rmayman” deb kimni nazarda tutadi? A) Olim sayyodni B) Buvraxonni C) cho’ponni D) Azbarxo’jani
79. Dostonda kim yurtga qiron keltirgan ajdarni yengadi, tosh bostirib qo’yilgan kigiz ostidan chiqib ketadi? A) Mohiboy B) Kuntug’mish C) Gurkiboy D) Buvraxon
80. “Mavlono Lutfiy o’z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo’q erdi” deb qaysi asarda aytilgan? A) “Nasoyim ul-muhabbat” B) “Majolis un-nafois” C) “Lson ut-tayr” D) “Mezon ul-avzon”
Do'stlaringiz bilan baham: |