IV semestr 1-mavzu. Xiva xonligi (XVI –XIX asrning birinchi yarmi) (2 soat) Reja: 1.
Temuriylar inqirozi va Xiva xonligining tashkil topishi.
2.
Shayboniylar davrida (1512-1770) Xiva – Buxoro – Eron munosabatlari.
3.
Abulg’ozixon va Anushaxon davrida Buxoro – Xiva o’rtasidagi urushlar.
4.
Shohiniyozxon va Sherg’ozixon davrida Xiva – Rossiya munosabatlari.
5.
Qo’ng’irot inoqlarining hokimiyatga kelishi (1770-1920).
6.
Muhammad Raximxon I davrida Xiva xonligining birlashtirilishi. Islohatlar.
Tayanch tushunchalar: Vazir, Elbarsxon, Chin So’fi, g’ozi, iqtisodiy inqiroz, Berka Sulton, Avaneshxon, Hoji Muhammad, Arab Muhammadxon, Abulg’oziyxon Yangi Urganch, Shajaraiy Turk, Shajaraiy tarokima, Amir Shohniyoz, Anushaxon, Erengxon, Bekovich-Cherkasskiy, Ivan Buxgols, Sherg’oziyxon, Nikita Muravyov, Xon navkarlari, yovmut, chovdur, inoq, xon kengashi, oliy kengash, kichik kengash, mehtar, qo’shbegi, devonbegi, begar, qazu, ichki va obxara qazu, xachi, salg’ut, axiya, adra, Qilich Niyozbiy, Lavzan 1505 yilda Xorazmning Shayboniyxon bosib oldi. Eron Shohi Ismoil Safaviy
Shayboniyxonni mag`lub etgash Xorazm Eron davlatiga qaram bo`lib qoldi. Biroq qizilbosh
eroniylar hukmronligi uzoq davom etmadi. Bir yil o`tar –o`tmas 1511 yilda Xorazm o`zbek
xonlari hukmronligida o`z mustaqilligini tiklab oldi. Xorazm aholisi orasida eroniylarga
qarshi fitna uyushtirildi. Ular dashtiqipchoqlik Berka Sultonning o`g`li Elbarsni
chaqiradilar.Dashtiqipchoqlik Elbarsxon 1511yilda taxtga ko`tariladi. Shundan so`ng Eron
askarlari Xiva, Hazorasp va Qiyotni tashlab chiqib ketdilar. Ana shu tariqa 1512 yilda
Elbarsxon boshchiligida Hiva xonligigaasos solindi. Elbarsxon tufayli Dashti Qipchoqdan
juda ko`plab ko`chmanchi o`zbek qabilalarining kela boshlashi va 1524 yilda Shoh
Ismoilning vafot etishi O`zbek sultonlarining Urganchda mustahkamlanib olishlariga
imkoniyat yaratib berdi. Ular hatto shimoliy Xurosonning anchagina qismini (hozirgi
Turkmanistonning Janubiy qismi), Saraxs tumani va uning shimoliy qismi bilan birga, Balxon
va Mang`ishloqdagi turkmanlarni ham bo`ysundirib oldilar.
Elbarsxon 1518 yilda vafot etgandan so`ng xonlar tez-tez almashib turadigan bo`lib
qoldi. Hiva xonlari o`z qo`l ostlaridagi xalqlarni itoatda saqlash uchun qabilalar o`rtasida
nizolarni kuchaytirdilar, ular o`rtasida urushlar keltirib chiqardilar. Bu xalqni xonavayron
qiladi.
Elbarsxonning beshinchi vorisi bo`lgan Avaneshxon davrida Shayboniylardan bo`lgan
Ubaydullaxon Xivani bosib olishga urinib ko`rdi (1538). Hatto Avanyeshxonni o`ldirib
Xorazm taxtiga o`z o`g`li Abdulazizni tayinladi ham. O`zbek oilalari Xorazmdan Buxoro
xonligini hududiga ko`chirildi. Biroq o`ldirilgan Avaneshxonning Shayboniylardan qutilib
qolgan urug`doshlari Din Muhammad avlodiga mansub Durun huzuriga qochib bordilar.
Durun turkmanning adak (adakli) qabilasi yordamida Xorazmga bostirib kirdi va Xivani
egallab Shayboniylar hokimini o`ldirdi. Abdulaziz zo`rg`a qochib qolishga ulgurdi. Din
Muhammad Xorazmga Ubaydullaxon yuborgan qo`shinlarni tor-mor keltirdi.
1575 yilda Shayboniylardan bo`lgan Abdullaxon Xorazmga yana qo`shin tortib bordi.
Bu davrda Xorazm xoni